|
Guruhiy indekslar va ularni iqtisodiyot samaradorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda qo‘llash
|
bet | 258/275 | Sana | 19.09.2020 | Hajmi | 7,16 Mb. | | #11452 |
12.11. Guruhiy indekslar va ularni iqtisodiyot samaradorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda qo‘llash
O‘rganilayotgan hodisalar to‘plami muhim iste’mol va boshqa xususiyatlari jihatidan bir jinsli bo‘lgan har xil turlardan iborat bo‘lsa, ularning sifat ko‘rsatkichlarini indekslashtirish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: biri joriy – va bazis davrlar uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblab taqqoslash, ikkinchisi - o‘zgarmas bir holatda qotgan vaznli agregat ko‘rsatkichlar tuzib, ularni solishtirish. Bu usullar odatda bir-biridan farq qiladigan natijalar beradi. Birinchi usulda tuzilgan indekslar o‘zgaruvchan tarkibli indekslar deb ataladi, chunki ular asosida yotgan o‘rtacha ko‘rsatkichlar to‘plamning tuzilishiga ham bog‘liq, u esa joriy va bazis davrlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zgaruvchan tarkibli baho indeksini olsak, u quyidagi shaklga ega:
 (12.38)
Agar ayrim mahsulotlar turlarining umumiy to‘plamdagi hissasini joriy davrda va bazis davrda belgilasak, u holda (12.38) formula yangicha shakl oladi:
(13.38a).
Demak, o‘zgaruvchan tarkibli indeks nafaqat baho(yoki boshqa sifat ko‘rsatkich) o‘zgarishiga bog‘liq, balki shu bilan birga unga joriy davrda to‘plam tuzilishida ro‘y bergan o‘zgarishlar ham ta’sir qiladi. Agar yolg‘iz baholar o‘zgarishini aniqlamoqchi bo‘lsak, u holda indeksda vazn ko‘rsatkichlarni o‘zgarmas, bir davr holatida qotgan holda olishimiz kerak:
Paashe usulida:
|
| |