7.8. Geometrik o‘rtachaning matematik xossalari Geometrik o‘rtacha ham arifmetik o‘rtacha singari qator matematik xossalarga ega. Agarda o‘rtalashtirilayotgan ayrim miqdorlarning arifmetik o‘rtachadan musbat va manfiy ishorali tafovutlari o‘zaro yeyishsa, birinchi xossa , o‘rtacha geometrik uchun esa o‘zgaruvchan miqdorlarning bu o‘rtachadan nisbiy tafovutlari o‘zaro yeyishadi. Bu yerda nisbiy tafovut deganda muayyan o‘zgaruvchi qiymatining geometrik o‘rtachaga nisbati nazarda tutiladi.