Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,61 Mb.
bet124/151
Sana25.11.2023
Hajmi0,61 Mb.
#105428
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

+


( − ℎ ℎ






ℎ ℎ





= +

Aytaylik, A aksiyalarini xarid qilib, dividend komponenti 3% ni, narx komponenti 7% ni tashkil etadi, deb hisoblaymiz, bunda kutil-gan daromadlilik stavkasi 10% ga teng bo‘ladi: r = 3% + 7% = 10%.

Aksiyalar aktivlarining riskliligini o‘lchashda keng qo‘llanila-digan birlik – bu o‘zgaruvchanlik (volatility). O‘zgaruvchanlik aksiyalarning ehtimoliy daromadlilik stavkalari diapazoni va ularni olish ehtimolligi bilan bog‘liq. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi diapazon qancha keng bo‘lsa, favqulodda qiymatlar olish ehtimolligi shuncha katta, aksiyalar o‘zgaruvchanligi ko‘rsatkichi ham shuncha yuqori.


Masalan, agar bizdan kelgusi yil uchun A aksiyalari daromadliligini “nuqtali baholash” so‘ralsa, u holda bizning javobimiz 10% bo‘ladi. Bunda real daromadlilik biz aytgandan ko‘proq yoki kamroq bo‘lib chiqishi bizni ajablantirmaydi. Daromadlilik juda past ham (-50%), juda yuqori ham (+50%) bo‘lishi mumkin. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, o‘zgaruvchanlik shuncha kuchli bo‘ladi.


O‘zgaruvchanlik mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun, A aksiyalar uchun turli daromadlilik darajalarini olish ehtimollikla-rining taqsimotini ko‘rib chiqamiz. Daromadlilikning barcha


162

ehtimoliy darajalariga noldan (ushbu darajaga erishish ehtimolli-gining to‘liq yo‘qligi) birgacha (ushbu daromadlilik albatta olinadi) bo‘lgan ehtimollik to‘g‘ri keladi.

Faraz qilaylik, kelgusi yilda daromadlilik 10% ni tashkil etishi bizga mutlaq ma’lum. Bu holatda daromadlilikning faqat bitta ehtimoliy darajasi mavjud va unga erishish ehtimolligi 1,0 ga teng.


Endi iqtisodiyot holatiga bog‘liq ravishda A aksiyalari har xil daromadlilik keltirishi mumkin deb taxmin qilaylik. Agar kelgusi yilda iqtisodiyot o‘ssa, kompaniyaning sotuv hajmi va foydasi ham o‘sadi, demakki, A aksiyalariga investitsiyalarning daromadlilik stavkasi 30% ga teng bo‘ladi. Agar iqtisodiyotda pasayish kuzatilsa, u holda daromadlilik stavkasi 10% ni tashkil qiladi, ya’ni, aksiyador zarar ko‘radi. Agar iqtisodiy holat shunchaki o‘zgarmay qolsa, haqiqatdagi daromadlilik 10% ni tashkil etadi. Bizning gipotetik misolimizdagi ushbu holatlarning har biri uchun ehtimollik bahosi 8.4.1-jadvalga keltirilgan va 8.4.1-rasmda tasvirlangan.


8.4.1-jadval


Aksiyalar daromadliligi stavkalarining


ehtimollik taqsimoti






Download 0,61 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   151




Download 0,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,61 Mb.