O„quv kabinetlarini rejalashtirish variantlari




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova
imtiyozlar, 2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar., Mashina mexdoc
42 
O„quv kabinetlarini rejalashtirish variantlari. 


43 
Umumfoydalanishdagi INTERNET-markazi xonasidagi kompyuterlarni joylashtirish 
sxemasi. 
 
5.4. Ixtisoslashtirilgan maktablar 
Ixtisoslashtirilgan maktablarning namunasi sifatida bolalar san‟at 
maktablarini ko„rib chiqamiz: 
Bu maktablar, odatda, 4 ta bo„linmadan iborat bo„ladi: 
- tayyorlov; 
- musiqa; xoregrafiya; 
- tasviriy san‟at bo„linmasi. 
Tayyorlov bo„linmasi bolalar san‟at maktabining boshqa bo„linmalaridan 
alohida faoliyat ko„rsatishi va tarkibida quyidagi xonalar bo„lishi lozim: musiqa 


44 
sinfi, rasm va plastik materiallardan buyumlar yasash sinfi, omborxona, musiqa 
asboblari va badiiy fond saqlanadigan xona, universal zal, dushxonalar, sanitariya 
bloklari. 
Musiqa bo‘linmasi shunday rejalashtirilishi kerakki, vazifalari bo„yicha bir 
xil xonalar funksional, akustik, tovush izolyatsiyasi va konstruktiv talablardan 
kelib chiqqan holda alohida seksiyalarga jamlanib, vertikal va gorizontal 
bo„yicha boshqa xonalardan ajratilishi lozim. Yakka tartibda musiqa bilan 
shug„ullanishga mo„ljallangan xonalarni musiqa asboblari va qo„l yuvgich 
joylashtiriladigan tambur-shlyuzlar bilan loyihalashtirish kerak. Musiqa 
sinflarining devorlarini noparallel (chetlanishi 2-12
0
) qilib, tegishli akustik 
jihozlanishi bilan birga bajarish tavsiya etiladi [30].
Xoreografiya bo‘linmasi tarkibiga ritmika va raqs mashg„ulotlari uchun 
xona, klassik, sahna hamda xalq raqslari, shuningdek zamonaviy raqslar uchun 
zallar, nazariy fanlar sinfi, liboslar ustaxonasi, yechinish-kiyinish xonasi, 
dushxonalar, sanitariya bo„lmalari kiradi. Tasviriy san‟at bo„linmasi tarkibiga 
rasm, rassomlik, kompozitsiya va haykaltaroshlik ustaxonalari kiradi. Rassomlik 
va rasm ustaxonalarining har biri, odatda, yuqori qavatlarda joylashtiriladi va 
quyidagi zonalardan iborat bo„ladi: 
- o„qituvchi zonasi; 
- natyurmotlar zonasi; 
- o„quvchilar zonasi; 
- molbertlar saqlanadigan zona. 
Haykaltaroshlik ustaxonasi quyi qavatda joylashtiriladi. 
Ustaxonalarning balandligi chiqib turuvchi konstruksiyalarning pastki 
qismidan hisoblaganda 3,6-3,9 metr, eni 6 metr, uzunligi 9 metr qilib qabul 
qilinadi. Jismoniy va aqliy rivojlanishi zaif bolalar uchun maxsus maktab-
internatlarni loyihalashtirishda davolash muassasalari bilan tezkor bog„lanishni 
ta‟minlashga alohida e‟tibor qaratish zarur. Undan tashqari, bu kabi 
muassasalarni imkon qadar tinch va ko„kalamzor hududlarga joylashtirish kerak. 
Ana shu ikki asosiy talabga yirik ma‟muriy markaz bilan yaxshi aloqaga ega 
shahar yaqinidagi zona javob beradi. Maxsus maktablarni loyihalashtirishda 
davolashning o„ziga xos sikllari, ta‟lim-tarbiya va turmush tarzining shart-
sharoitlari albatta hisobga olinadi. Masalan, tayanch-harakatlanish apparati 
shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda panduslar ko„zda 
tutilishi lozim; sinf xonalarining parametrlari aniq talablardan kelib chiqqan 
holda o„zgartirilishi mumkin. Bunday maktab binolarining balandligi 2 qavatdan 
oshmasligi lozim. 



Download 5,56 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  O„quv kabinetlarini rejalashtirish variantlari

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish