O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 


34 
4.2. Hajmiy-rejali yechim 
Maktabgacha 
ta‟lim 
muassasalarining binolari turli sig„imlarda 
loyihalashtiriladi: 1 tadan 12 ta guruhgacha yoki muvofiq tarzda 25 tadan 220 ta 
joygacha. Binoning maksimal balandligi – 2 qavat (alohida sharoitlarda 3 qavatli 
bino qurishga yo„l qo„yiladi). 
Maktabgacha ta‟lim muassasalarining barcha xonalari uchta katta guruhga 
bo„linadi: 
bolalar guruhlarining har biri uchun xonalar – guruh yacheykalari (asosiy 
guruh xonasi va yotoqxona); 
umumiy xonalar – musiqiy va gimnastika mashg„ulotlari uchun zal; 
tibbiy, xizmat-maishiy xonalar, ovqat tayyorlanadigan blok, kir yuvish 
xonasi
Maktabgacha ma‟lim muassasalari maydonlarini bitta bolaga m
2
hisobidan 
quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi. 
Xonaning nomlanishi 
Umumiy turdagi MTM 
lari 
Ixtisoslashtirilgan MTM 
lari 
Yechinish-kiyinish xonasi 
0,9 
1,2 
Guruh xonasi, dam olish zonasi bilan 
4,3 
5,7 
Hojatxona 
0,8 
1,0 
Bufet 
0,15 
0,2 
Maxsus mashg„ulotlar o„tkaziladigan 
xona 

1,6 
Musiqa mashg„ulotlari o„tkaziladigan 
xona 
2,0 
4,0 
Gimnastika mashg„ulotlari 
o„tkaziladigan xona 
4,0 
5,0 
 
 
 


35 
Maktabgacha ta‟lim muassasasining funksional sxemasi 
 
1 – kichik yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 2 – maktabgacha yoshdagi bolaar uchun 
guruh yacheykalari; 3 – aralash yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 4 – guruh honalari 
(birinchi sinf bolalari uchun); 5 – musiqa mashg‘ulotlari uchun xona; 6 – badantarbiya 
mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xona; 7 – basseyn; 8 – maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona;
9 – tibbiy xona; 10 – ma’muriy-xo‘jalik xonasi; 11 – ovqat tayyorlanadigan blok; 12 – kir yuvish 
xonasi. 
Guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni: 2 oydan 1 yoshgacha – 10 ta bola; 1 
yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta bola; 3 yoshdan 7 yoshgacha – 20 ta bola. 
Derazalarning eng maqbul yo„naltirilishi – J., J. – Sh., Sh. 
Turli yosh guruhlarining guruh yacheykalari alohida joylashtirilishi lozim. 
Bunda MTM lari binolarida vertikal-gorizontal funksional zonalashtirish keng 
qo„llaniladi: maktabgacha yoshdagi bolalarning guruhlari ikkinchi qavatda, 
kichik yoshdagi bolalarning guruhlari birinchi qavatda joylashtiriladi. Ikkinchi 
yoki uchinchi qavatda joylashgan maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlarining 
yechinish-kiyinish xonalari 1-qavatda joylashtirilishi mumkin. Har bir guruh 
yacheykalarida kamida ikkitadan chiqish yo„llari bo„lishi kerak. Kichik yoshdagi 
bolalarning ikkita guruhi yoki maktabgacha yoshdagi bollarning to„rtta guruhli 
uchun bitta umumiy chiqish yo„li bo„lishiga ruxsat etiladi. Musiqa va gimnastika 
mashg„ulotlari uchun mo„ljallangan zallar, odatda, 1-qavatda joylashtiriladi, 
zarurat tug„ilganida ikkala zal birlashtiriladi.


36 
Zallarga qo„shimcha qilib inventar saqlanadigan xonalar ham ko„zda 
tutilishi lozim. Bugungi kunda maktabgacha ta‟lim muassasalaridagi xonalar 
joylashtirilishida quyidagi yangi tendensiyalarni kuzatish mumkin: 
- maktabgacha yoshdagi bolalari uchun guruh xonalarining boshlang„ich sinf 
xonalari bilan birlashtirilishi; 
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun qisqa muddat mashg„ulot 
o„tkaziladigan turar-joylar qoshidagi xonalarning (har bir bola uchun 4 m
2
hisobida) joylashtirilishi; 
Guruhida 10 ta boladan ko„p bo„lmagan oilaviy bolalar bog„chalari ikki 
tomonida ham chiqish yo„llari bo„lgan, 2-qavatdan yuqorida bo„lmagan va 
olovbardoshlikning kamida II darajasiga ega binolardagi xonadonlarda 
joylashtiriladi. Bunda xonadonlar avariya chiqish yo„llari bilan ta‟minlanishi va 
bino yaqinida bolalar maydonchalarini tashkil qilish ko„zda tutilishi kerak. Bu 
kabi muassasalardagi xonalar tarkibi quyidagilardan iborat bo„lishi zarur: 
yechinish-kiyinish xonasi, dam olish zonasi bo„lgan bolalar o„ynashi uchun xona, 
hojatxona, bufet xonasi, xodimlar uchun sanitariya bloki. Ixtisoslashgan 
MTM larda 3x7 m o„lchamli vannasi bo„lgan basseyn loyihalashtiriladi. Basseyn 
xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- vanna xonasi; 
- yechinish-kiyinish xonasi; 
- dushxona; 
- hojatxona; 
- murabbiy xonasi; 
- tibbiyot hamshira xonasi; 
- texnik xonalar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta‟lim muassasalarining tibbiyot 
xonalari quyidagilardan iborat bo„lishi zarur: 
- tibbiyot xonasi; 
- muolajalar xonasi; 
- izolyator (qabuxona, palata va hojatxona). 
Tibbiyot xonasi yo„lakdan alohida kirish eshigiga ega bo„lib, izolyator 
palatalarining biri bilan yondosh bo„lishi kerak. Izolyator palatalari 1-2 kishilik, 
maydoni 4-6 m
2
qilib, alohida, bosib o„tilmaydigan tarzda loyihalashtiriladi. 
Xizmat-maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- mudir xonasi; 
- xo„jalik mudirining xonasi; 
- xodimlar uchun dushxonalari va sanitariya bo„lmalari bo„lgan garderob xonasi; 
- metodik xona; 
- xo„jalik omborlari; 


37 
Xodimlar uchun alohida kirish eshigi ko„zda tutilishi lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta‟lim muassasalarining binolarida 
xomashyo yoki yarim fabrikatlarda ishlovchi ovqat tayyorlanadigan blok 
loyihashtiriladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- oshxona, tarqatish bo„lmasi bilan; 
- oshxona idish-tovoqlarini yuvish xonasi; 
- quruq oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxona; 
- yuklash xonasi; 
- xodimlar xonasi; 
- xodimlar uchun dushxona va sanitariya bo„lmasi. 
Kompozitsion 
yechim 
maktabgacha 
ta‟lim muassasalari xonalari 
joylashtirilishining zichlashtirilgan, blokli va pavilon ko„rinishidagi uchta asosiy 
turini belgilab beradi. 
Zichlashtirilgan 
(markazlashtirilgan) 
tur – muassasa 
sig„imi kichik 
bo„lganida qo„llaniladi, undagi barcha funksional xonalar bitta binoda 
joylashtirilishi ko„zda tutiladi. 
Blokli turga mansub binolarda turli funksional guruhlar turli bloklarda 
joylashtiriladi. Sig„imi 140 o„rindan 220 o„ringacha bo„lgan MTM larini 
loyihalashtirishda qo„llaniladi. 
Pavilon ko„rinishidagi MTM loyihalari, asosan, janubiy hududlarda 
qo„llaniladi. Bunda har bir guruh uchun alohida bino loyihashtiriladi. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish