O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 


51 
VI BOB. MEHMONXONA BINOLARI 
Insoniyatning ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan belgilab berilgan bugungi 
hayot tarzining sur‟ati ilm-fan, biznes, hordiq chiqarish va madaniyat kabi 
sohalardagi integratsion jarayonlar yanada kuchayishini taqozo etadi. Bu esa, o„z 
navbatida, belgilangan maqsadlarga eng samarali ravishda etishish uchun imkon 
qadar qulay yashash sharoitlari yaratilishini talab qiladi. Bugungi kunda bu 
funksiyani turli qulayliklar va sig„imga ega, turli vazifalar uchun mo„ljallangan 
mehmonxona komplekslari bajarmoqda. Xizmat ko„rsatish darajasi yuqori 
bo„lgan yangi mehmonxonalardagi reprezentativ va maishiy xonalar hajmining 
ortishi – ular tarkibining sifatiy o„zgarishi – odatiy holat sifatida qabul 
qilinmoqda, natijada, aksariyat mehmonxonalar ko„p funksiyali konglomeratlarga 
aylanib bormoqda. 
Bu kabi konglomerat tarkibiga kiruvchi umumfoydalanish uchun 
mo„ljallangan turli xonalar kongress, majlis va shunga o„xshash ommaviy 
tadbirlarni o„tkazish uchun zarur bo„lgan barcha sharoitlari yaratilgan to„plam 
sifatida qabul qilingan. Ushbu to„plam tarkibiga quyidagilar kiradi: konferens-
zallar yoki universal turdagi zallar va ular atrofida shakllanuvchi umumiy 
foydalanish uchun mo„ljallangan xonalar, shuningdek restoran va barlar, ko„ngil 
ochar xarakterga ega xonalar, qo„shib qurilgan va ochiq basseynlar, dam olish, 
ko„ngil ochar, savdo, maishiy xizmat ko„rsatish bilan shug„ullanuvchi 
muassasalar uchun ko„plab xonalar va, albatta, bugungi kun talablaridan kelib 
chiqqan holda, axborot sohasida xizmat ko„rsatishga mo„ljallangan alohida 
majmualar . Bu kabi konglomeratni o„z ichiga olgan mehmonxonalarning 
namunasi sifatida “kongress-otel” yoki “konferens-otel”, shuningdek ishbilarmon 
kishilar uchun mo„ljallangan “biznes-otel” deb nomlanuvchi mehmonxonalarni 
keltirish mumkin. Ulardagi jamoat qismning o„ziga xos xususiyatlaridan biri, bu 
majlislar, simpoziumlar va konferensiyalar o„tkaziladigan zallar, aloqa bo„limlari 
va bank, teletayp, teleks va kompyuter xonalari, shuningdek basseyn, sauna, 
kegelban kabi hordiq chiqarish va ko„ngil ochar xonalarning mavjudligidir. 
Mamlakatimizdan mehmonxonalar fondi bir turda emas. Turli davrlarda qurilgan 
mehmonxonalar arxitekturasi, sig„imi, qavatliligi, jihozlanishi va uskunalari, 
xonalar fondining tarkibi va sifati, xonalar to„plami va maydoni bo„yicha 
farqlanadi. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish