O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 


52 
6.1. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi 
Mehmonxona binolari bir nechta asosiy ko„rsatkichlar bo„yicha toifalandi: 
Sig‘imi bo‘yicha
- kam sig„imli – o„rinlar soni 100 tagacha; 
- o„rtacha sig„imli – o„rinlar soni 100 dan 500 gacha; 
- katta sig„imli – o„rinlar soni 500 dan 2000 gacha. 
Qavatliligi bo„ycha: 
- kam qavatli – 1-2 qavat; 
- o„rtacha qavatli – 3-5 qavat; 
- yuqori qavatli – 6-9 qavat; 
- ko„p qavatli – 10-40 qavat; 
- osmono„par – 40 va undan ko„p qavatli. 
Vazifasi bo‘yicha (mehmonxona binolari uchun asosiy tipologik belgi –
ularning vazifasi): 
- umumiy; 
- konferens-otel, kongress-otel; 
- sayyohlar uchun mo„ljallangan; 
- kurort; 
- kempinglar. 
Qulayliklar darajasi bo‘yicha: mehmonxonalarning Rossiyada qabul 
qilingan razryadlari xalqaro standartlar bo„yicha yulduzlar soniga mos keladi: 
oliy A - *****; 
oliy B - ****; 
I - ***; 
II - **; 
III - *. 
Xalqaro amaliyotda mehmonxonalar qulaylik darajasiga bog„liq ravishda bir 
nechta qurilish razryadlariga ajratiladi. Ularning soni turli mamlkatlarda 3 dan 7 
gacha o„zgarishi mumkin. Ispaniyada qulaylik darajasi yulduzchalar bilan 
belgilanadi; Gretsiyada – harflar bilan; Avstriyada – klasslar bilan; Polsha va 
Bolgariyada – toifalar bilan va hk. Bu kabi bo„linishlar uchun asosiy mezon 
sifatida nomerlar fondining sifatiy tarkibi xizmat qiladi: bir, ikki o„rinli va sig„imi 
ko„proq bo„lgan nomerlar – bir xonali, shuningdek ko„p xonali lyuks nomerlar va 
apartamentlarning foizda ifodalangan o„zaro nisbati. Nomerlar fondining sifati 
shuningdek apartamentlardagi nomerning pardozlanishi, mebellar bilan 
jihozlanishi va texnik uskunalanishi bilan ham tavsiflanadi . 
Ushbu daraja belgilanishining ikkita asosiy usuli mavjud bo„lib, birinchisida 
statistik ko„rsatkichlar, ya‟ni vannaxonasi va sanitariya bo„lmasi bo„lgan 


53 
nomerlarning aniq belgilangan nisbati, umumiy foydalanish uchun mo„ljallangan 
xonalarning funksional tarkibi (basseyn, sauna va shu kabilarning bor yoki 
yo„qligi) bo„yicha belgilanadi; ikkinchisida – material bazaning sifatiga emas, 
balki dinamik omillarga, ya‟ni servis xizmatining sifatiga qarab belgilanadi [26]. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish