O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

67 
 
Nijniy Novgorod shahridagi “Garantiya” bankining binosi, Rossiya, arxitektorlar 
E.Pestov, A.Xaritonov, N.Pestova, 1999. 
 
7.4. Hajmiy-rejali yechim 
Bank binosidagi qavat balandligi – 3,3 m (osma shiftlar uchun – 2,8 m, 
osma shipning pastki qismigacha). 
Bank xonalari kirish zonalari bo„yicha quyidagi guruhlarga bo„linadi: 
1-guruh – mijozlar va bank xodimlari kirishi mumkin bo„lgan xonalar; 
2-guruh – bank xodimlari kirishi mumkin bo„lgan xonalar; 
3-guruh – bank xodimlarining cheklangan kontingenti kirishi mumkin 
bo„lgan xonalar. 
1-guruhga 
mijozlar uchun mo„ljallangan xonalar kiradi: axborot-
ma‟lumotnoma, operastion va kassa zallari, kredit bo„limi, aholidan omonat 
qabul qilish bo„limi, bank rahbariyati bo„limi. 
2-guruhga boshqa bo„limlarning xonalari, bankka tegishli axborotni ishlash va 
saqlash bilan bog„liq bo„lgan xonalar va aloqa apparaturasi uchun xonalar kiradi. 
3-guruhga – kassa, qo„riqlash bloki va xavfsizlik xizmati xonalari kiradi. 


68 
Bu guruhlarni bir-biridan rejali va konstruktiv tarzda, buzishga qarshi 
muayyan darajadagi mustahamlikka ega devorlar bilan ajratish lozim. 
 
7.5. Bank binosining funksional bloklari 
Bank binosi normal faoliyat yuritishi uchun uning tarkibida quyidagi 
funksional bloklar bo„lishi lozim: 
- hisob yuritish-operastiyalar bloki; 
- kassa bloki; 
- qo„riqlash bloki; 
- ofis xonalari bloki; 
- hisoblash markazi; 
- yordamchi xonalar. 
Bank binolari uchun turli funksional, rejaviy va tipologik sxemalar mavjud. 
Ularning har birida bir tomondan – mijoz uchun, ikkinchi tomondan esa – bank 
xodimi uchun yaratilganeng qulay sharoitlar asos bo„lib xizmat qiladi
1. Hisob yuritish-operastiyalar bloki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- axborot-ma‟lumotnoma zali; 
- operastiyalar zali; 
- buxgalteriya xonasi; 
- operastiyalar zali qoshidagi elektron-hisoblash texnikasi uchun xona. 
Axborot-ma’lumotnoma zali bank binosida vestibyul funksiyasini bajaradi, 
uningvazifasi – bank binosida mijozlarni saralashdan iborat, bu yerda turli vizual 
axborot va chaqiruvchi tablo joylashtriladi. Bankning asosiy xonasi, ya‟ni 
operastiyalar zalibar‟ervositasida maydoni deyarli bir xil bo„lgan ikki: mijozlar 
zonasi va hisob yuritish-operastion xodimlar zonasigaajratiladi. Operastiyalar 
zalining maydoni bar‟er yonidagi xodimlar zonasida joylashadigan bitta hisob 
yuritish-operastion xodimga 12 m
2
dan to„g„ri keladigan qilib belgilanadi. Bar‟er 
poldan 115 sm balandlikdagi gorizontal panelga ega bo„lishi lozim. Operastiyalar 
zali, odatda, jismoniy va yuridik shaxslar uchun alohida qilib loyihashtiriladi. 
Hisob yuritish-operastiyalar xonalarining maydoni bir xodim uchun 6 m
2
to„g„ri 
keladigan qilib qabul qilinadi. Operastiyalar bloki qoshida hisoblash texnikasi 
uchun alohida xonalar loyihalashtiriladi. 
2. Kassa bloki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- kassa zali; 
- kassa uzeli. 
Kassa zali mijozlar zonasi va mijozlar pulni qayta hisoblashi uchun 
mo‘ljallangan zonaga bo„linadi.


69 
Funksional vazifalariga ko„ra kassa uzeli takribiga kiruvchi kassa kabinalari 
(operastion kassalar)ning fronti mijozlar zonasiga qaratiladi. Mijozlar zonasining 
maydoni bitta operastion kassa uchun 12 m
2
dan qilib, mijozlar pulni qayta 
hisoblashi uchun mo„ljallangan zonalar maydoni esa – bitta operastion kassa 
uchun 4 m
2
dan qilib qabul qilinadi. 
Kassa uzeli tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- operastion kassalar; 
- kassirlarning xonalari; 
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan blok; 
- inkassastiya xonalari. 
Operastion 
kassalarning 
maydoni, 
odatda, 
6 m
2
ga 
teng 
qilib 
loyihalashtiriladi. Operastion kassa kabinasining eshigi kengligi 1400 mm dan 
kam bo„lmagan kassa orti maydoniga chiqishi kerak. Har bir kassa yonida mijoz 
pulni qayta sanashi uchun xona ko„zda tutilgan bo„lishi zarur. 
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan blok quyidagilardan iborat: 
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xona (ombor); 
- individual seyflar joylashgan xona. 
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xonaning to„suvchi konstruksiyalar 
(devorlari, poli va shipi) qobig„i qalinligi 300 mm dan kam bo„lmagan yaxlit 
fibrobetondan bajarilishi lozim. Bunda yondosh xonalar o„rtasidagi devorlar va 
ushbu qobiq oralig„ida ombor oldi xonasidan ko„rish mumkin bo„lgan eni 
800 mm dan kam bo„lmagan ko‘rik yo‘lagi bo„lishi lozim. Qobiqning yuqori 
yuzasi va orayopma o„rtasida 250 mm dan kam bo„lmagan zazor (oraliq) 
qoldirilishi lozim. Inkassastiya mashinalarini yuklash-tushirish boksining 
o„lchamlari – 10x6x3,5 m. Bevosita boks yonida qimmatbaho buyumlarni 
inkassastiya mashinalaridan ushbu buyumlar saqlanadigan omborga tushirish-
yuklash xonasi joylashtiriladi .Kassa uzelining barcha xonalari juda ixcham 
(kompakt) va boshqa xonalardan funksional ajratilgan bo„lishi lozim, bunda 
kassa uzeli xonalarning quyidagicha o„zaro bog„liqligi ta‟minlanishi kerak: 
- qimmatbaho buyumlar olib kelinganida kassa uzeliga kirish inkassastiya 
mashinalarini yuklash-tushirish boksida amalga oshirilishi lozim; 
- boksdan kirish inkassastiya mashinalaridan qimmatbaho buyumlarni qayta 
yuklash xonasida bajarilishi va bu xona qimmatbaho buyumlar ombori bilan 
bog„langan bo„lishi shart; 
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborga kirish faqat ombor oldi 
xonasidan amalga oshirilishi kerak; 
- pul mablag„larini qayta sanash xonasi ombor oldi xonasi va operastion 
kassalar bilan yaqindan bog„langan bo„lishi lozim. 
 


70 
3. Qo‘riqlash bloki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- nazorat markazi xonasi; 
- qo„riqchilar xonasi; 
- qurol o„qlash va tozalash xonasi; 
- qurol saqlanadigan xona. 
4. Ofis xonalari bloki tarkibiga bo„limlar va bank rahbariyati uchun 
mo„ljallangan xonalar kiradi. 
Tajriba shuni ko„rsatayaptiki mamlakatimizdagi ofislar – ixtiyoriy 
rejalashtirilgan amerikacha ofis-park yoki yo„lakli sxema bo„yicha tashkil etilgan 
ana‟anaviy Yevropacha ofislar emas, balki xonalari anfilada tizimida o„zaro 
birlashtirilgan, ya‟ni ma‟lum darajada bir-biridan ajratilib qurishga asoslangan 
ofislardir: 
a) bo„limlardagi xonalar: 
- kredit bo„limi; 
- aholidan omonat qabul qilish bo„limi; 
- yuridik bo„lim; 
- qimmatli qog„ozlar bo„limi; 
- audit bo„limi; 
- valyuta bo„limi; 
- kartochkalar bilan ishlash bo„limi; 
- iqtisodiy bo„lim; 
- xo„jalik bo„limi; 
- pensiya bo„limi. 
B) bank rahbariyati xonalari: 
- qabulxona; 
- bank boshqaruvchisining kabineti; 
- uning o„rinbosarlari kabinetlari. 
5. Yordamchi xonalar: 
- arxiv; 
- blanklar saqlanadigan xona; 
- xizmat ko„rsatuvchi xodimlar xonasi; 
- dam olish xonasi; 
- xo„jalik anjomlari saqlanadigan omborlar; 
- sanitariya bloklari; 
- texnik va muhandislik xonalari. 


71 
Yordamchi xonalar har bir blok qoshida tanlangan rejalashtirish sxemasiga 
bog„liq ravishda joylashtiriladi. Bank binosining badiiy obrazi ijtimoiy omillar, 
bank joylashgan hududdagi mavjud shaharsozlik vaziyati, hajmli-fazoviy va 
konstruktiv yechimlarga bog„liq holda shakllantiriladi. Mamlakatimizdagi 
zamonaviy bank qurilishida bank binosi tashqi ko„rinishining ikkita yo„nalishini 
kuzatish mumkin: an‟anaviy, tarixiy merosga murojaat qilish va muayyan 
me‟moriy uslub alomatlari bo„lmagan rastional yo„nalish, ya‟ni bank ofis yoki 
biznes-markaz sifatida qabul qilinadi. Odatda, birinchi yo„nalish qo„llanilganida 
salobatli va hashamdor qiyofaga ega binogavdalanadi, ikkinchi yo„nalishda esa –
soddaroq, xalq ommasiga yaqinroq bo„lgan bank binolari tasavvur qilinadi. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish