O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 


63 
VII BOB. BANK BINOLARI VA KOMPLEKSLARI 
 
7.1. Bank binolari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari 
 
Bank binolarining tipologik shakllanishi bank ishi rivolanishidagi asrlar 
davomida ro„y bergan tarixiy o„zgarishlarga to„g„ridan-to„g„ri bog„liqdir. 
Ma‟lumki, banklar paydo bo„lishiga qadimdan mavjud bo„lib kelgan pul-tovar 
munosabatlar sabab bo„lgan. Antik va feodal davrlarda bank – to„lovlarni amalga 
oshirishda vositachi, pulni almashtirish, ya‟ni sarroflik funksiyalarini bajargan. 
U davrning tipologik banki – sarrof rastasi yoki do„koni (ital. Banko – do„kon, 
rasta). Bobil va Yunonistonda bank operatsiyalari bilan kohinlar korporatsiyasi 
shug„ullangan, pul saqlashning eng ishonchli joyi sifatida ibodatxonalardan 
foydalanilgan, ya‟ni bank funksiyalarini ibodatxonalar bajargan. Ma‟lumki, 
Delfadagi Appolon, Efesdagi Artemida ibodatxonalarida, shuningdek Afinadagi 
bir nechta yirik ibodatxonalarida omonat qabul qilish va qarz berish ishlari 
yuritilgan. Shunday qilib, bank binosi boshqa funksional vazifalar uchun 
mo„ljallangan jamoat binolari asosida shakllangan va bank qurilishidagi 
arxitekturaga ularning ta‟siri kuchli bo„lgan. 
Qadimgi bank ishi Rim imperiyasi emirilishidan keyin batamom tugatilgan, 
lekin, ta‟kidlash zarurki, aynan Rim imperiyasi davrida bu faoliyat o„zining eng 
yuksak cho„qqisiga ko„tarilgan edi. O„rta asrlarda bank ishining ijtimoiy 
o„zgarishlarga bo„lgan reaksiyasi kuchayib borishini kuzatish mumkin edi. Bu 
kabi munosabatlar yillar o„tib yanada rivojlandi va hozirgi kunlarga qadar 
saqlanib kelmoqda. Har bir asrlar almashinuvi, har bir o„zgarishlar davri 
banklarga bo„lgan ehtiyojni avvaliga keskin oshirib yuborgan, keyin esa kuchli 
pasayish ro„y bergan. O„rta asrlarda bank ishi yana rivojalana boshladi, banklarga 
bo„lgan ehtiyoj yana kuchayib ketdi. Nafaqat xususiy banklar ko„paydi, balki
shahar ma‟muriyati nazorati ostida faoliyat ko„rsatadigan banklar ham paydo 
bo„la boshladi. Bu banklar kapitalizm davrida aksionerlik korxonalar shaklidagi 
bankirlik firmalariga aylandi.
Bu davrda bank binosi ma‟muriy binolarga bo„lgan tipologik talablarga 
javob beruvchi binolarga aylandi. Aynan o„sha davrda bank pul mablag„larini 
saqlash, kredit berish, pul bilan bog„liq hisob-kitoblarni amalga oshirish, 
veksellar hisobini yuritish, pul va qimmatli qog„ozlar emissiyasi, oltin va xorijiy 
valyuta bilan bog„liq operatsiyalar kabi funksiyalar bilan shug„ullanuvchi 
muassasa sifatida to„liq shakllandi. Nihoyat, aniq funksional vazifaga ega bo„lgan 
yangi turdagi jamoat binosiga – bank binosiga bo„lgan ehtiyoj paydo bo„ldi. 
Universal turdagi tijorat banki esa, o„sha davrda Yevropadagi banklarning asosiy 
turi sifatida e‟tirof etilgan. 



Download 5,56 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish