O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 
 
 
Nijniy Novgorod shaҳridagi “Oktyabrskaya” meҳmonxonasi. Arxitektorlar 
A.Xaritonov, V.Kovalenko, A.Gelfond, konstruktorlar N.Leporskaya, G.Kutuzov, 
1987. 1-қavat rejasi, Namunaviy қavat rejasi. 


54 
 
1 xonadan iborat 
1 kishilik nomer. 
2 xonadan iborat 
2 kishilik nomer. 
 
 
3 xonadan iborat 2 kishilik nomer. 
Mehmonxona nomerlarining rejalash variantlari (o„lchamlar millimetrda berilgan). 
 
 
 
 
 


55 
6.2. Mehmonxona binolarining funksional bloklari 
Mehmonxonalarning barcha xonalari funksional vazifalariga bog„liq holda 9 
ta funksional guruhga bo„linadi: 
- qabulxona-vestibyul guruhi; 
- turar joy-yotoq xonalari (nomerlar) va ularga qo„shilgan xonalar guruhi; 
- ovqatlanish xonalari guruhi; 
- savdo va maishiy xizmat ko„rsatish guruhi; 
- turistik-sog„lomlashtirish vazifalari uchun mo„ljallangan xonalar guruhi; 
- dam olish va anjumanlar o„tkazilishi bilan bog„liq turizm guruhi; 
- ma‟muriyat va boshqaruv xonalari guruhi; 
- yordamchi va xo„jalik vazifalar uchun mo„ljallangan xonalar guruhi; 
- kommunal (muhandislik) ta‟minot va vertikal transport guruhi. 
1. Qabulxona-vestibyul guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- qabul xizmati va dam olish zonalari joylashgan vestibyul; 
- porte va ma‟murlar xonasi; 
- hujjatlar saqlanadigan xona; 
- garderob; 
- saqlash kamerasi; 
- bagajlarni tushirish va saralash xonasi; 
- navbatchi xodimlar uchun dam olish xonasi; 
- valyuta ayirboshlash punkti bo„lgan bank bo„linmasi; 
- pochta bo„linmasi, telefonlar, teletayp; 
- hojatxona; 
- bar peshtaxtasi; 
- turli vazifalar uchun mo„ljallangan kiosklar; 
- do„konlar. 
2. Turar joy xonalari guruhi – yotoq xonalari (mehmonxona nomerlari) va 
ularga qo„shilgan xonalar guruhi. 
Mehmonxona razryadiga bog„liq holda nomerlar 1 yoki 2 kishilik, 3 
kishilik – ota-ona va bola uchun mo„ljallangan oilaviy nomer ko„rinishida; bir, 
ikki va uch xonali qilib rejalashtirilishi mumkin. Bir xonali mehmonxona nomeri 
yotoq xonasi, eni kamida 1,4 m bo„lgan va shkaf o„rnatilgan yo„lak, sanitariya 
bo„lmasi va yozgi xona: balkon, lodjiya, ochiq ayvondan iborat bo„ladi. Ikki 
xonali nomerda yotoq xonasidan tashqari mehmonxona, u xonali nomerda esa –
mehmonxona va kabinet ham rejalashtiriladi, bunda yo„lakdan faqat 
mehmonxonaga kirish mumkin bo„ladi. Oliy va birinchi razryadli 
mehmonxonalardagi ikki kishi uchun mo„ljallangan 2 xonali va 3 xonali 


56 
nomerlarda yotoq xonasi yonida tarkibida unitaz va qo„l yuvgich va vanna, qo„l 
yuvgich, unitaz, bide mavjud bo„lgan ikkita sanitariya bo„lmasi loyihalashtiriladi. 
Nomerlar yonida qo„shimcha xonalar: ko„rpa-to„shak saqlanadigan xona, 
navbatchi xodimlarning xonalari, dazmollash xonasi, qavatlar bo„yicha xollar 
joylashtiriladi. 
Quyidagi jadvalda mehmonxona razryadiga bog„liq ravishda nomerlarning 
maydonlari keltirilgan, m
2

Xonalar/o„rinlar 
soni 
Oliy 

Oliy 


II 
III 
1 / 1 
14 
12-14 
12-14 
12 
10 
1 / 2 
18 
14-18 
14-18 
14 
14 
2 / 2 
24 
24 
24 
24 

3 / 2 
40 
40 
40 


1 / 3 
(oilaviy) 

20-24 
20-24 
18 
18 
Mehmonxona binolari turar joy qavatlari uchun rejaviy tuzilmalarning 
quyidagi turlari mavjud: 
- yo„lakli; 
- galereyali; 
- ikki yo„lakli; 
- yo„lakli-halqali; 
- minorali; 
- uzelli; 
- atriumli. 
3. Ovqatlanish xonalari guruhi quyidagiardan iborat: 
- restoran; 
- Yevropa taomlari restorani – oliy razryadli mehmonxonalar uchun; 
- milliy taomlar restorani – oliy razryadli mehmonxonalar uchun; 
- kafe; 
- ekspress-kafe, kafeteriy; 
- qavatdagi bufet; 
- nonushtalar zali, “shvedcha stol”. 
4. Savdo va maishiy xizmat ko„rsatish xonalari guruhi tarkibiga quyidagi 
savdo xonalari kiradi: gazeta va jurnallar, suvenirlar, tamaki mahsulotlari, 
parfyumeriya, gul, dori-darmon, qandolat mahsulotlari sotiladigan do„konlar yoki 
kiosklar. 
Maishiy xizmat ko„rsatish xonalariga quyidagilar kiradi: 
- sartaroshxona; 
- sport anjomlarini ta‟mirlash xonalari; 
- har bir qavatdagi dazmollash xonalari; 



Download 5,56 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish