Universal tipdagi bank xonalarining funksional zonalashtirishi sxemasi




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

Universal tipdagi bank xonalarining funksional zonalashtirishi sxemasi: 
A – operastionchilar zonasi; B – mijozlar zonasi; 1 – axborot-ma’lumotnoma zali;
2 – operastiyalar zali; 3 – kassa zali; 4 – operastion kassalar; 5 – mijozlar pulni qayta hisoblashi 
uchun mo‘ljallangan kabinalar; 6 – kassa ortidagi maydon; 7 – ombor oldi xonasi №1;
8 – qimmatbaho buyumlar saqlanadigan ombor; 9 – ombor oldi xonasi №2; 10 – individual seyflar 
ombori; 11 – pullarni qayta yuklash xonasi; 12 – pullarni qayta hisoblash xonasi; 13 – pullarni qabul 
qilish-topshirish xonasi; 14 – Inkassastiya mashinalarini yuklash-tushirish boksi; 15 – kassir xonasi; 
16 – inkassator xonasi; 17 – qo‘riqchilar xonasi; 18 – qurol saqlanadigan xona; 19 – qurol o‘qlash va 
tozalash xonasi; 20 – ofislar.
 


72 
Fibrobeton 
qobiq 
Ko„rish 
yo„lagi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qimmatbaho buyumlarni saqlash bloki: 
1 – ombor oldi xonasi; 2 – qimmatbaho buyumlar saqlanadigan ombor. 


73 
VIII BOB. SPORT INSHOOTLARI 
 
8.1. Sport inshootlarining klassifikatsiyasi 
 
Sport inshootlari quyidagi turlarga bo„linadi: 
- ochiq va yopiq; 
- yozgi va qishki; 
- hajmli va yassi; 
- universal va ixtisoslashtirilgan. 
Asosiy vazifasiga ko‘ra: 
- o„quv mashg„ulotlari va mashqlar uchun; 
- namoyishlar uchun; 
- jismoniy tarbiya-sog„lomlashtirish uchun; 
- bolalar sporti uchun ixtisoslashtirilgan inshootlariga ajratiladi. 
Shaharsozlik alomati bo„yicha aholi yashaydigan hududda aholiga xizmat 
ko„rsatishning bosqichma-bosqich prinsipiga muvofiq sport inshootlari 
umumshahar, tumanlararo, mikrotuman inshootlariga ajratiladi. Undan tashqari, 
sanoat, shahar atrofi va ko„kalamzorlashtirilgan zonalardagi sport inshootlari ham 
bo„lishi mumkin. 
Tekis ochiq sport inshootlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
- sport inshootining markaziy yadrosi (asosi); 
- stadion; 
- sport o„yinlari uchun maydonchalar: 
- badminton uchun 15x8 m; 
- basketbol uchun 28x16 m; 
- voleybol uchun 24x15 m; 
- gorodki uchun 30x15 m; 
- tennis uchun 40x20 m; 
- yengil atlektika va konkida yugurish uchun yo„lakchalar. 
Sport inshootining markaziy yadrosi – atrofi yengil atletika yo„lakchasi 
bilan o„ralgan sport o„yinlari uchun maydon. Yugurish yo„lakchasi sektorlarida 
yoki uning to„g„ri uchastkalarining tashqi perimetridan tashqarida sakrash va 
sport snaryadlarini uloqtirish sektorlari joylashtiriladi. 
Stadion – o„quv mashg„ulotlari, mashqlar va sport musobaqalarini o„tkazish 
kabi murakkab funksiyalarga ega sport kompleksi; uning tarkibiga quyidagilar 
kiradi: tomoshabinlar uchun o„rinlari bo„lgan sport yadrosi, sport o„yinlari uchun 
maydonchalar, har xil sport turlari uchun yordamchi hududlar va xonalarga ega 
ochiq va yopiq sport inshootlari. Ochiq sport inshootlarini loyihalashda sport 
yadrosi va stadioni maydoni, shuningdek sport o„yinlari uchun mo„ljallangan 


74 
maydonchalarning bo„ylama o„qi janubdan shimolga yo„naltirilishiga qat‟iy rioya 
qilish zarur. 
Yopiq sport inshootlari: 
- sport zallari (tomoshabinlar uchun o„rinlarsiz) va sport korpuslari; 
- yopiq tennis kortlari; 
- yopiq basseynlar; 
- yaxmalaklar; 
- sport saroylari; 
- yopiq stadionlar; 
- tirlar. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Universal tipdagi bank xonalarining funksional zonalashtirishi sxemasi

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish