Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong„in xavfsizligi




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
8.3. Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong„in xavfsizligi 
bo„yicha talablar 
Musobaqalarni 
tomoshabinlar 
ishtirokida 
o„tkazishga 
mo„ljallangan 
inshootlarda tribunalar – tomoshabinlar o„tiradigan joylar bo„lishi ko„zda tutiladi. 
Tribunalar qiyaligi – 1:1,5 dan ortiq bo„lmasligi kerak. Agar binoda tomoshabinlar 
evakuastiyasi uchun qo„shimcha xavfsizlik sharoitlari ko„zda tutilgan bo„lsa, 
tribunalarni 1:1,25 qiyalikda loyihalashtirishga yo„l qo„yiladi. Tomoshabinlar 
o„tiradigan o„rinlar ko„ndalang o„tish yo„llari bilan ajratilishi lozim. 
Tribunaning bir qatoridagi o„rinlar soni: 
- ikki tomondan to„ldirilganida – 50 tadan ko„p emas; 
- bir tomondan to„ldirilganida – 25 tadan ko„p emas. 
Tomoshabinlarning tribunalardan evakuastiya qilinishi bir xil qadamda 
joylashtirilgan lyuklar orqali amalga oshirilishi zarur. Evakuastiya chiqish 
yo„llarning kengligi sport zallaridagi chiqish yo„llari kengligining yig„indisidan 
kam bo„lmasligi lozim. 
Evakuastiya yo„lining kengligi: 
- gorizontal o„tish yo„llari, pandus va zinapoyalar uchun – 1 metrdan; 
- yopiq sport inshootlaridagi eshiklar va lyuklar uchun – 1,2 metrdan; 
- ochiq sport inshootlaridagi lyuklar uchun – 1,5 metrdan kam bo„masligi 
zarur. 
Eng uzoqda joylashgan tomoshabin o„rnidan chiqishgacha bo„lgan 
maksimal evakuastion masofa – 32 metr.
Tomoshabinlarni evakuastiya qilish yo„llarining yer uchastkasidagi kengligi 
500 tomoshabinga 1 metr hisobidan qabul qilinishi kerak. 
 
 


79 
IX BOB. TOMOSHALAR KO„RSATISHGA MO„LJALLANGAN 
BINOLAR 
Ma‟lumki, san‟at va madaniyatning jamiyat hayotidagi roli beqiyos va 
aynan shu jihat me‟moriy loyihalarni yaratishda madaniy hordiq chiqarish va 
ommaviy tomoshalarni namoyish etish uchun mo„ljallangan binolar, muassasalar 
va majmualar doimo alohida o„ringa ega bo„lganini shartlab beradi. Turli 
davrlarda inshootlarning turli shakllari va ko„rinishlari – qadimgi ibodatxonalar 
va imperatorlarning saroylari, ijodiy ustaxonalar va akademiyalar, xususiy 
kolleksiyalar va turfa yo„nalishli ko„rgazmalar, teatr, konstert zallari, ochiq 
arenalar va, nihoyat, shahar yoki qishloq muhiti va tabiiy landshaftining oddiy 
elementlari – san‟at markazlari vazifasini bajarib kelganlar. San‟atning kundalik 
faoliyatini ta‟minlash bilan bir qatorda, san‟atda yangi yo„llar, uslublar va 
yo„nalishlarni izlash, ularni targ„ib qilish va sintetik umumlashtirish asosida 
o„zaro boyitish imkoniyatlari san‟at markazlari rivojlanishining eng muhim 
jihatlaridan biri sifatida e‟tirof etiladi. Bugungi kunda, ya‟ni madaniy hayot 
serqirra va ko„p yo„nalishlarga ega bo„lgan hamda o„zining doimiy izlanishlari va 
nobarqarorlik holati bilan ajralib turuvchi davrda san‟at markazlarining barcha 
turlari, shu jumladan kompleksli shakl va ko„rinishlarining mavjud bo„lishi o„ta 
dolzarb hisoblanadi. Ularni yaratish va kelgusida rivojlantirishga faqat o„tmish va 
hozirgi davr tajribasini o„rganish, anglab etish va tizimlashtirish yo„li orqali 
erishish mumkin. 
Tomosha ko„rsatuvchi inshootlar qatoriga kinoteatrlar, konstert zallari, 
klublar teatrlar, sirk, muzey va ko„rgazmalar kiradi. Tomosha ko„rsatishga 
mo„ljallangan binolarning turli me‟moriy-rejali yechimlari bo„lsada, ularni 
yagona kompozitsion asos – bino yadrosida bosh zalning mavjudligi –
birlashtiradi. Bu turdagi binolarning ahamiyati va mavqei me‟moriy obrazni 
nafaqat tasavvurning muayyan shakli, balki shaharsozlik masalalarini yechimini 
topish uchun zarur bo„lgan ob‟yektning noyobligini belgilashdek o„ta muhim 
jihatga uzviy bog„liq ekanligini shartlab beradi. 
Tomosha ko„rsatishga mo„ljallangan binolar uchun yer uchastkasini 
tanlashda xonalarda zarur akustik sharoitlarni ta‟minlashni murakkablashtiruvchi 
shovqinli va vibrastion fonlarimavjud hududlarni istisno qilish lozim. Tomosha 
ko„rsatishga mo„ljallangan binolar uchun yer uchastkalarining maydonlari 
tasdiqlangan me‟yorlarga muvofiq belgilanadi: kinoteatrlar uchun – zaldagi bitta 
o„rin uchun 5 m
2
, konstert zallari va sirklar uchun – sig„imiga bog„liq holda 0,7-
1,5 gektar, teatr binolari uchun – 1,2-1,7 gektar.Tomosha binosining bosh kirish 
eshigi oldida maydonning, shuningdek yuk tushirish maydonchalari va xo„jalik 


80 
hovlisining mavjudligi yer uchastkasining rejaviy tashkil etilishidagi o„ziga xos 
xususiyat hisoblanadi. 
Yuqorida sanab o„tilgan tomoshalar ko„rsatishga mo„ljallangan binolarning 
har bir turini loyihalashtirishda hajmiy-rejali, funksional yechimlarni, va shu 
bilan birga, badiiylikni ta‟minlashga qaratilgan asosiy vazifa hisoblanuvchi 
tomoshabinlar kompleksi va qolgan xonalarning oqilona va eng maqbul 
mujassamligining tanlashdan iboratdir. Masalan, kinoteatr xonalari uchta guruhga 
bo„linadi: 
- tomoshabinlar kompleksi; 
- kinoapparatlar xonasi; 
- xizmat-xo„jalik xonalari. 
Teatrlarning xonalari tomoshabinlar va sahna qismlaridan, sirklarniki –
tomoshabinlar va ishlab chiqarish xonalaridan, klublardagi xonalar esa –
tomoshabinlar va klub faoliyatini yuritish bilan bog„liq xonalar guruhidan 
iborat.Tomosha ko„rsatishga mo„ljallangan binolarning har bir turi uchun xos 
bo„lgan xususiyatlar haqida qisqacha to„xtalib o„tamiz. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong„in xavfsizligi

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish