Kinoapparatlar o„rnatilgan xonalar rejasi




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
Kinoapparatlar o„rnatilgan xonalar rejasi: 
A – keng formatli kinoteatr uchun; B – keng ekranli kinoteatr uchun;
V – mavsumiy kinoteatr uchun; 1 – kinomexanik xonasi; 2 – apparatlar xonasi; 
3 – kinoproektor xonasi; 4 – plyonkani qayta o„rash xonasi; 5 – ustaxona;
6 – yo„lak. 
 
Kinoapparatlar kompleksi 
Kinoapparat xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- kinoproektor xonasi (odatda, uchta kinoproektor joylashtiriladi) va 
yordamchi xonalar; 
- kinoproektorlarni sovutish agregati joylashgan xona; 
- kinomexanik xonasi. 
Kinoapparat xonalari majmuasida bevosita ko„chaga olib chiquvchi alohida 
evakuastiya yo„li ko„zda tutilishi lozim. 
 
9.2. Teatr binolari 
Teatr binosi, yuqorida qayd etilganidek, o„z strukturasi bo„yicha sahna va 
tomoshabinlar uchun mo„ljallangan qismlarga bo„linadi. Birinchi qism tarkibiga 
sahnaga xizmat ko„rsatuvchi barcha xona va inshootlar, ikkinchi qism tarkibiga 
esa – tomosha zali, foye, kuluarlar (teatr zalining yon tomonidagi yordamchi 
xonalari va yo„laklari), tomoshabinlarni taqsimlovchi va kassa vestibyullari 
hamda tomoshabinlarga xizmat ko„rsatuvchi xonalar majmuasi kiradi. Teatr 
binosining sahna qismi teatr binosi umumiy hajmining taxminan 60-70% ni, 
tomoshabinlarga xizmat ko„rsatuvchi qismi esa – 40-30% ni tashkil qiladi. Bu 
kabi bo„linish teatr binosining mohiyati haqida umumiy tasavvurga ega bo„lish 
imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham teatr binosini uning strukturasini 
quyidagi sxema bo„yicha tabaqalashtirgan (differensiyalashtirgan) holda ko„rib 
chiqish maqsadga muvofiqroq bo„ladi: 
- tomoshabinlar uchun mo„ljallangan kompleks xonalari; 
- tomoshalarni namoyish etish kompleksi xonalari (tomosha zali, sahna; 
sahnani texnologik ta‟minlash xonalari); 


85 
- sahnaga xizmat ko„ratish xonalari (ijodiy va texnik xodimlar uchun
omborxonalar): 
- ma‟muriy-xo„jalik xonalar; 
- ishlab chiqarish xonalari. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kinoapparatlar o„rnatilgan xonalar rejasi

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish