Tomoshalarni namoyish etish komplek xonalari




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
Tomoshalarni namoyish etish komplek xonalari 
Teatr 
binosining 
funksional-rejali 
yechimining 
asosiy 
maqsadi –
tomoshabinlar spektaklni tomosha qilishi va o„zlashtirishi hamda ijodiy jamoa 
spektaklni tayyorlashi va namoyish etishi uchun qulayliklar kompleksini 
yaratishdan iboratdir. 
Tomosha zalining sig„imini, teatr turi va vazifalariga bog„liq holda, 
quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: 
dramatik teatr – 500-800 o„rinli; 
musiqa-dramatik teatr – 500-1000 o„rinli; 
musiqali komediya teatri – 800-1200 o„rinli; 
opera va balet teatri – 1200-1500 o„rinli. 
Teatrlarning boshqa sig„imlari loyihalash topshirig„i bilan belgilanadi. 
Tomosha zalining maydoni bir o„rin uchun 0,7 m
2
hisobidan qabul qilinadi. 
Tomosha zalining maydoni (balkon, loja va yaruslarni ham qo„shib hisoblaganda) 
sahna, sahna oldi yoki orkestr o„rasining to„suvchi konstruksiyalari chegarasi 
bilan belgilanadi. 
Teatr tarixida teatr tomoshalarini tashkil etishning ikkita tizimi shakllangan: 
ochiq va chuqur. Antik davrlarda shakllangan birinchi tizimda tomoshabinlar va 
sahnadagi voqealarni yagona zalda birlashtiriladi. Bunda tomoshabinlar 
sahnaning uch tomonida joylashadilar. Renessans va barokko davrlarida 
shakllangan ikkinchi tizimda sahnadagi voqealar tomosha zalidan portal ramasi 
bilan ajratiladi. Bugungi kunda sahnadagi voqealarni namoyish etishning yangi 
shakllarini yaratishga qaratilgan izlanishlar natijasida tezkor transformatsiyalarni 
bajarish texnikasiga asoslangan ko„plab uslublar qo„llanilmoqda. 
 
Portal yoki chuqur sahna 
Chuqur sahnada namoyish etilayotgan spektakl tomoshabin tomonidan 
aynan tomosha sifatida qabul qilinadi, sahnadagi voqealar boshqa muhitda, 
tomosha zalidan ajratilgan “boshqa dunyoda” kechadi. Portal sahna va tomosha 
zali o„lchamlari va shaklini belgilovchi parametr sifatida o„yin maydonchasining 
o„lchamlari xizmat qiladi.
Amaliyot shuni ko„rsatdiki, dramatik spektakllarning faol ko„rinishlari 
kengligi 8 metrdan 14 metrgacha, chuqurligi 5 metrdan 10 metrgacha bo„lgan 
maydonchada ro„y beradi.


86 
Balet ishtirokidagi musiqali teatrlarda o„yin maydonchasining o„lchamlari 
12x12 metrdan kam bo„lmasligi zarur. Dramatik teatrdagi portal kengligi 10-14 
metrga, opera va balet teatrda esa – 14-16 metrga teng bo„ladi. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tomoshalarni namoyish etish komplek xonalari

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish