O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 
Moskvadagi (Rossiya) Xalqaro musiqa uyi, arxitektorlar Yu.Gnedovskiy, 
V.Krasilnikova, D.Solopov, M.Gavrilova, S.Gnedovskiy,
2000-2002. 
 


81 
9.1. Kinoteatr binolari 
Kinoteatrlar yil bo‘yi faoliyat ko‘rsatuvchi (bitta zalli, ko„p zalli) va 
mavsumiy (yozgi ochiq va yozgi yopiq) bo„lishi mumkin. 
Kinoteatrning asosiy xonasi – tomoshabinlarga film ko„rish uchun qulay 
sharoitlarni ta‟minlab beruvchi tomosha zalidir. Zalning shakli – to„g„ri 
to„rtburchakli, trapestiyasimon yoki yarim aylana. Kinoteatrlar tarkibida kafe va 
klub faoliyatini yuritish hamda bolalar bilan ishlash uchun mo„ljallangan 
universal zallar mavjud bo„lgan kompleks shaklida ham loyihalashtirilishi 
mumkin. Bugungi kunda, ya‟ni kinoga bo„lgan qiziqishning yangicha ko„rinishi 
qayd etilayotgan davrda, kinoteatr binolari xuddi boshqa jamoat binolari kabi, 
birinchi navbatda, yuqori darajada texnologik jihozlanganlik va universallik kabi 
xususiyatlarga ega bo„lishi lozim. Tomosha zalining bosh fasadga nisbatan 
joylashuvi – kinoteatrlarni kompozitsiyasi bo„yicha tasniflashning umumiy 
alomatidir. Chuqur, ya‟ni tomosha zali binoning chuqur ichkarisida joylashgan 
kompozitsion yechimda zalning bo„ylama o„qi fasad tekisligiga perpendikulyar, 
frontal kompozitsion yechimda esa – parallel bo„ladi. Bu kompozitsion yechimlar 
tomosha zalining birinchi yoki ikkinchi qavatda joylashishiga qarab gorizontal va 
vertikal yechimlarga ajratiladi. Ta‟kidlash zarurki, bunday klassifikatsiya 
umumlashtirilgan bo„lib, turlicha ifodalangan kompozitsion yechimlarni tuzish 
uchun asos bo„lib xizmat qiladi. 
 
Tomosha zali va kinoekran parametrlariga bo„lgan talablar 
Kinoplyonka parametrlariga bog„liq ravishda proeksiyalashning to„rtta turi 
mavjud bo„lib, kinoekran proporstiyalari (balandlikning uzunlikka nisbati) aynan 
proeksiyalash turlariga qarab belgilanadi: 
- oddiy ekran (0) 1 : 1,37; 
- keng ekranli (k) 1 : 2,35; 
- keng formatli (f) 1 : 2,2; 
Kinofilmlarni namoyish qilishda tomosha zallaridagi tomoshabinlar uchun 
o„rinlarni quyidagi rasmda keltirilgan zona chegarasida loyihalashtirish tavsiya 
etiladi, bunda: 
- D – kinoekrandan so„nggi qatordagi kreslo suyanchig„igacha masofa 
(tomosha zalining o„qi bo„yicha); 
- G – kinoekrandan birinchi qatordagi kreslo suyanchig„igacha masofa 
(tomosha zalining o„qi bo„yicha), 0,36 D ga teng; 
- K – kinoekran (xorda bo„yicha egri chiziqli) ishchi maydonining kengligi; 
- B – ekran ishchi maydoning balandligi. 


82 
Ekran ishchi maydonining kengligini (Sh) quyidagicha qabul qilish tavsiya 
etiladi: 
- K
f
= 0,6 D; 
- K
k
= 0,43 D; 
- K
kash
= 0,34 D; 
- K
o
= 0,25 D; 
Ekrandan birinchi qatordagi kreslo suyanchiqlarigacha bo„lgan masofa (G) 
ekran kengligiga (K) bog„liq ravishda quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi: 
- G
f
– 0,6K
f
dan kam emas; 
- G
k
– 0,84K
k
dan kam emas; 
- G
o
– 1,44K
o
dan kam emas. 
Kino proeksiya uskunalarini o„rnatishda tomosha zalining parametrlari 
rasmda ko„rsatilgan, bu yerda: 
- P – proekstion masofa, 0,85D dan kam emas; 
- φ – kinoproektor optik o„qining kinoekran markazidagi normaldan og„ish 
burchagi; 
- φ
g
– 7
0
dan katta emas (klub va teatrlarda 9
0
dan kam bo„lmasliliga yo„l 
qo„yiladi); 
- φ
v
– 8
0
dan katta emas; 
- φ
n
– 3
0
dan katta emas. 
K – proekstion nurning yuqori qismidan shipning eng yaqin yuzalarigacha 
bo„lgan masofa – 0,6 metrdan kam bo„lmasligi lozim; 
L – proekstion 
nurning 
pastki 
qismidan 
tomoshabinlar 
o„rni 
zonasidagi polgacha bo„lgan masofa –
1,9 metrdan kam bo„lmasligi lozim; 
T – ekran 
orti 
bo„shliqning 
chuqurligi: keng ekran bo„lganida – 0,9 
metr, keng formatli ekran bo„lganida –
1,5 metr; 
R – ekran 
chekkasidan 
devorgacha masofa: yassi ekran uchun –
0,985 metrdan, egri chiziqli ekran 
uchun – 0,1K dan kam bo„lmasligi 
kerak. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish