O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
9.4. Klub binolari 
Klub binolari tomosha ko‘rsatiladigan va klub faoliyati yuritiladigan 
qismlarga bo„linadi. 
Klublarning tomosha namoyish etiladigan qismiga quyidagilar kiradi: 
- estrada yoki sahna va unga xizmat ko„rsatuvchi xonalari mavjud ko„p 
maqsadli tomosha zali (bitta tomoshabin uchun 0,65 m
2
); 
- foye – bitta tomoshabin uchun 0,4 m
2
hisobidan, raqs zallari bilan; 0,6 
m
2
– raqs zallarisiz; 
- o„yin maydonchasi; 
- kinoapparat xonasi; 
- hajmli dekoratsiyalar saqlanadigan omborlar; 
- artistlar xonalari. 
Klublardagi tomosha zallarining asosiy o„ziga xos xususiyatlari: 
- universallik, transformatsiyalarni bajarish imkoniyatlari; 
- klub zali sig„imi kam bo„lganida ham leksiya va majlislarni o„tkazish 
uchun tabiiy yoritilishi lozim (klub xonalari tarkibida maxsus leksiya zali 
bo„lmagan hollarda), bunda zalni qorong„ilashtirish tez amalga oshirilishi zarur; 
- klub zali sig„imi kam bo„lsada, gorizontal polga va yig„iladigan estradaga 
ega bo„lishi lozim. 
O„rinlarning yon chegaralari portaldan chiquvchi 30
0
gradusli gorizontal 
burchak chegaralarida belgilanadi; o„rinlarning orqa chegarasi sahna “qizil 
liniyasi” (parda liniyasi)dan 27 metrdan uzoq bo„lmasligi zarur. Klub foyesi 
tabiiy yoritilganlikka ega bo„lib, shuningdek universallik talablariga javob 
berishi, ya‟ni: turli ko„rgazmalar, raqs kechalarini o„tkazishda foydalanilishi, 
vestibyul funksiyalarini bajarishilozim. Klublardagi o„yin maydonchasi ikki turda 
bo„lishi ko„zda tutiladi: tomosha zali bilan birlashtirilgan estrada yoki zaldan 
portal devor bilan ajratilgan sahna. 
Klub faoliyati yuritiladigan xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- leksiya klublar arxite zali yoki auditoriyasi; 
- kutubxona; 
- turli to„garaklar xonalari; 
- mehmonxonalar; 


95 
- sport zali; 
- raqs zali; 
- dam olish xonalari. 
Ko„p funksionallik, ikki qismga bo„linganlik, moslashuvchan tarzda 
rejalashtirilganlik, ikkala qismining alohida faoliyat ko„rsata olishi klublar 
arxitekturasining o„ziga xos tipologik jihatlaridan biridir. Ana shu o„ziga xos 
xususiyatlar klublarni jamiyatning ijtimoiy hayotida doimo zarur va talab etilgan 
hamda ommabop jamoat binolari sifatida e‟tirof etilishiga xizmat qiladilar. Ko„p 
funksiyali bino sifatida zamonaviy klubga quyidagi tipologik jihatlar xos: 
- ijtimoiy nuqtai nazardan bu binolar, birinchi navbatda, odamlarning 
o„zaro muloqot qiladigan joyi hisoblanadilar; 
- funksional dasturda, klub faoliyati bilan bog„liq xonalardan tashqari, ofis, 
savdo do„konlari, axborot markazi, restoranlar ham bo„lishi lozim; 
- ichki va tashqi kommunikatsiyalarga alohida e‟tibor berilishi lozim; 
- kompozitsion jihatdan ikkita yondoshuv yaqqol ko„zga tashlanadi: 
kompleksning ko„p funksiyali elementlari avtonom tarzda mavjud bo„lishini 
ta‟minlovchi rivojlangan ko„p hajmli kompozitsiya; barcha xonalarni 
joylashtirishdagi yaqqol vertikal zonalashning ustuvorligi; 
- aksariyat hollarda sfera, parallelopiped, piramida kabi “toza” geometrik 
shakllarga murojaat qilinishi; 
- tashqi kompozitsiya rejalashtirish tuzilmasi orqali ifodalanishi; 
- bo„shliqlardan samarali foydalanish; 
- badiiy obrazning yuqori darajadagi ifodalilikni va ramziylikni ta‟minlab 
berishi. 
Bugungi kunda klub binolarining yangi turi – ishbilarmonlar klubi –
shakllanmoqda. Ishbilarmonlar klubi madaniy hordiq chiqarish maskani sifatida 
o„zining ikki asosiy: ishbilarmonlar uchun dam olish va o„zaro muloqot muhitini 
yaratish funksiyalarini mujassamlashtirish natijasida shakllanadi. Shunday qilib, 
bu turdagi klub binolarining tarkibida, tomoshalarni namoyish qilish va an‟anaviy 
klub faoliyatidan tashqari, ishbilarmonlik bilan bog„liq faoliyat uchun xonalar 
zonasi ham ko„zda tutiladi. Bunday zonalarda ofis xonalari guruhi, muzokaralar 
uchun alohida xonalar, majlislar zali, shuningdek universal vazifali bir qator 
xonalar loyihalashtiriladi. 



Download 5,56 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish