Kichik zallar sxemalarining namunalari




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

Kichik zallar sxemalarining namunalari: 
a – tomoshabinlar o‘rinlarining ko‘chma seksiyalari asosida bajariladigan zal 
transformatsiyasi; b – sahnasi transformatsiya qilinmaydigan zallar; v – kreslolari 
aylanadigan zallar. 


93 
Sahna turlari: 
1 – chuqur portal; 2 – chuqur uch portalli; 3 – chuqur portalsiz; 4 – panoramali; 
 5 – halqasimon; 6 – uch tomonli; 7 – markaziy. 
 
9.3. Sirk binolari 
Sirkning tomosha zali diametri 13 metrga teng manej, amfitetar, qubba, 
estrada, orkestr xonasi, yoritish lojalari va ko‘prikchalardan iborat. Qubba 
markazida, manejning qoq tepasida 20 metr balandlikda holqa o„rnatilgan bo„lib, 
gimnastik apparaturani osish va mahkamlash uchun kolosnikli panjara montaj 
qilinadi. Tomoshabinlar o„rinlari joylashtirilgan amfiteatr manejni uzluksiz halqa 
shaklida o„rab turadi. Amfiteatr nishabligi manej har bir joydan aniq ko„rinishi 
sharti bilan belgilanadi va tomoshalar uchun mo„ljallangan inshootlar orasida 
qiyaligi eng katta hisoblanadi Manej poli va amfiteatrning birinchi qatori bir 
sathda joylashgan. Orkestr uchun xona bosh o„tish yo„li tepasining artistlar o„tish 
yo„li qarama-qarshisidagi tomonida estrada ko„rinishida loyihalashtiriladi. 
Orkestr uchun xona tepasida yoritish lojasi joylashtiriladi. Bu artistlarning 
manejga chiqish yo„liga yo„naltirish bilan izohlanadi. 
Halqasimon yoritish ko‘prikchasi manej va qubba osti yoritilishini 
ta‟minlovchi projektorlar o„rnatilishi uchun xizmat qiladi. Sirk tomoshalari 
texnologiyalarining o„ziga xos xususiyatlari mavjud bo„lgani sababli ishlab 
chiqarish xonalarining joylashtirilishida bir qator talablarga rioya qilish lozim. 
Hayvonlar saqlanadigan xonalar tabiiy yoritiladi, ular faqat manej poli sathida 
joylashtirilishi mumkin.


94 
Sirkning me‟moriy kompozitsiyasi ikkita asosiy yo„nalishdagi tuzilmaga 
ega: tomoshalar namoyish etiladigan asosiy hajm va bosh kirish yo„li tomonidan 
unga yondosh qilib qurilgan ishlab chiqarish xonalari bloki; yagona ixcham 
hajmli yechim. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish