O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
Kino va leksiya zali 
Kino va leksiya zali tarkibidagi xonalar bloki quyidagilardan iborat: kino va 
leksiya zali, estrada va uning qoshidagi xona, kinoapparatlar xonasi, kinozal 
qoshidagi foye (u vestibyul bilan birlashtirilishi mumkin). Ekspozitsiyaning ish 
rejimidan mustaqil ravishda foydalanish maqsadida kino va leksiyalar zalini 
vestibyulga yaqin qilib joylashtirish lozim. Kino va leksiyalar zali tematik 
kinofilmlar namoyishi, seminarlar va maktab o„quvchilari hamda katta 
yoshdagilar uchun konferensiyalar o„tkazish uchun xizmat qiladi. Zalda, 
kinoproeksiya qurilmalaridan tashqari, eksponatlarni namoyish qilish uchun 
kichikroq sahna, doska va kartinalar, ko„rgazmali qo„llanmalarni osish uchun 
moslama, diapozitiv va videofilmlarni namoyish qilish uchun sharoitlar 
yaratilgan bo„lishi zarur. 
 
Ma‟muriy, ishchi, yordamchi xonalar, kutubxona 
Bu xonalar guruhi doimiy ekspozitsiya zonasidan alohida joylashtirilishi va 
alohida xizmat kirish eshigi va vestibyulga ega bo„lishi lozim. 
To‘garaklar va studiya xonalari turli mashg„ulotlarni o„tkazish uchun 
mo„ljallangan bo„lib, ularda turli guruhlar ishlashi uchun tezkor o„zgartishlarni 
bajarish imkoniyatlari ko„zda tutilishi lozim. Muzey to„garaklari va 
studiyalarining ishi muzey fondlari materiallari va muzey laboratoriyalari 
texnologiyalarini o„rganishga asoslangan. Bu holat to„garak xonalari aynan 
muzey fondlari va laboratoriyalari yonida joylashishini shartlamaydi, aksincha, 
bu xonalarda odamlar ko„p yig„ilishi, shu sababdan shovqin darajasi ortgani 
sababli, ularni imkon qadar alohida joylashtirish lozim. 
Ishchi xonalar – bu muzey ma‟muriyati va xodimlar uchun ajratilgan 
kabinet va xonalar bo„lib, ular, aksariyat hollarda, bosh va xizmat kirish eshiklari 
yonida joylashtiriladi. Ilmiy xodimlarning ishchi xonalari bir joyda jamlanishi 
yoki asosiy ish olib borilayotgan bo„limlar yoniga joylashtirilishi mumkin. 


110 
Muzeyning ilmiy kutubxonasida nafaqat joriy ilmiy adabiyotlar, balki 
kollestiyalar tarkibiga kiruvchi nodir nashrlar ham saqlanadi. Kutubxona, asosan, 
muzey xodimlariga xizmat ko„rsatadi. Ilmiy ishlarni yuritish uchun kutubxona 
yonida maxsus xonalar ajratiladi. Ilmiy ishlar uchun mo„ljallangan xonalar 
maydoni bitta ilmiy xodim uchun 4,5 m
2
va bo„lim yoki sektor rahbari uchun 9 
m
2
qilib qabul qilinadi. 
Kutubxona o„z fondlarini muzey spestifikasiga muvofiq shakllantiradi, 
muzey xodimlari va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko„rsatadi. Aytish lozimki, 
zamonaviy muzeylardagi ilmiy kutubxonalarning funksiyalari quyidagi ikki 
parametr: 
- axborot saqlashning zamonaviy vositalari ilmiy kutubxonada kompyuter 
zallari bo„lishini, jumladan Internet tarmog„idan erkin foydalanish 
imkoniyatlari mavjudligi; 

ilmiy kutubxona o„zining alohida qismlarida tashrif buyuruvchilar 
foydalanilishiga ham mo„ljallanganligihisobiga sezilarli darajada 
kengaygan. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish