Muzeylarda tashrif buyuruvchilar harakatlanishi jadvallari (A-I) (V.I.Revyakin




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

Muzeylarda tashrif buyuruvchilar harakatlanishi jadvallari (A-I) (V.I.Revyakin 
bo„yicha) Muzey binosining ekspozitsiya qismi. 
 
 


107 
Ekspozitsiya zallari – binoning me‟moriy kompozitsiyasi va badiiy 
ko„rinishini shakllantiruvchi muzeyning asosiy xonalar majmuasi hisoblanadi. 
Zallarning me‟moriy-hajmiy tuzilmasi – ularning o„lchamlari, shakli, o„zaro va 
boshqa xonalar bilan bog„langanlik tizimi – ekspozitsiya maqsadi va spestifikasi 
bilan belgilanadi. Ekspozitsiya zallari uchun umumiy talablar V.I.Revyakin 
tomonidan quyidagicha ta‟riflanadi: 
- zallarning fazoviy-rejali va badiiy yechimlari ekspozitsiyalar tematik 
tuzilishiga mos bo„lishi lozim; 
- butun muzey bo„ylab marshrutni va tanlab turib yetakchi bo„limlarni 
tomosha qilish imkoniyati; 
- ekspozitsiyalar to„ldirilishi va yangilanishi munosabati bilan zallar 
tuzilmasiga o„zgartishlar kiritish imkoniyati; 
- ochiq ekspozitsiya bilan bog„liqlik; 
- ekspozitsiya zallari tuzilmasiga maxsus dam olish zonalari va 
ekspozitsiyalarni tayyorlash va inventar saqlash uchun xonalarini kiritish. 
Ekspozitsiya zallari fondlar saqlanadigan xonalar va ustaxonalar 
bilanfunksional va texnologik jihatdan bog„langan bo„lishlari zarur. Agar ular 
binoning turli qavatlarida joylashgan bo„lsalar, u holda eksponatlarni ko„chirish 
uchun yuk liftlari yoki yuk ko„targichlar ko„zda tutilishi lozim. Ekspozitsiyaning 
ikkinchi va uchinchi qavatlarda, markaziy kirish zali atrofida joylashtirilishi 
muzey binolari uchun eng ko„p tarqalgan kompozitsiya turi hisoblanadi. 
Ekspozitsiyani uchinchi qavatdan yuqorida joylashtirilishi doim ham maqsadga 
muvofiq emas (ko„p qavatli komplekslar qurilishida avvaldan loyihada ko„zda 
tutiladigan holatlar bundan istisno). Badiiy muzeylarning zallari, tabiiy 
yoritilishini nazarda tutgan holda, yorug„lik tushadigan derazalari shimol 
tomonga qaratib loyihalanadi; badiiy grafika eksponatlarini namoyish qilish 
shartlariga ko„ra, ular uchun maxsus zallar ajratilishi maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Bitta tashrif buyuruvchi uchun ekspozitsiya maydoni 3-4 m
2
ni 
tashkil qiladi. Katta bo„lmagan muzeylarda (ekspozitsiya maydoni 500 m
2
gacha) 
ekspozitsiya maydonlarida uchrashuvlar, kinofilmlar namoyishi, shuningdek 
muvaqqat ko„rgazmalar o„tkazilishini nazarda tutish lozim. Zallarni 
loyihalashtirishda deraza va eshik o„rinlarini, qayta rejalashtirish va 
ekspozitsiyalarni tashkil qilishni murakkablashtiruvchi muqim konstruktiv 
tayanchlar va orayopmalar sonini imkon qadar qisqartirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Bu talablarga rioya qilish uchun binoning umumiy sxemasini, 
qavatliligini, pol va ship sathlarini, hajmlar va maydonlar plastikasini tanlash, 
yorug„lik va ranglar uyg„unligi hamda kompozitsion yechimlarga urg„u berish 
kabi me‟moriy usul va vositalarning barchasidan foydalanish lozim. Qator 
joylashtiriladigan ekspozitsiya zallarining balandligi 4-5 metr, katta zallar 


108 
balandligi 6-8 metr, ekspozitsiya qatorining balandligi esapoldan 0,8-0,9 metr 
masofada 1,50-1,70 metrqilib qabul qilinadi. Ekspozitsiya qatorining uzunligi 20-
50 metrdan oshmasligi zarur. Ekspozitsiya qatoridagi maydonning eksponatlar 
bilan to„ldirilishi 50-60% ga teng qilib qabul qilinadi. Tomoshabin va eksponat 
o„rtasidagi masofa, odatda, eksponat balandligining ikki barobariga teng bo„ladi. 
Ekspozitsion hajmni tomoshabinlar qabul oladigan yaxlitligi 24 metr bilan 
cheklanadi.
Eksponatlarni tomosha qilish marshrutining majburiy, erkin yoki ularning 
birlashtirilgan varianti qo„llanilishi mumkin. Barcha bo„limlarga muayyan ketma-
ketlikda kirish bilan bajariladigan majburiy varianti ko„proq didaktik tusga ega 
ekspozitsiyalar uchun xosdir. Badiiy muzeylarda bunday variant kamdan-kam 
qo„llaniladi. Eksponatlarni tomosha qilish ketma-ketligini chapdan o„ngga, 
ekspozitsiya ko„p sathli qilib tuzilgan hollarda esa – yuqoridan pastga qilib 
tashkil qilish maqsadga muvofiq. Eksponatlarni ko„rish marshruti va yoritish 
tizimi kompozitsion sxemalarni tuzishda asosiy omillar bo„lib xizmat qilishi 
mumkin. Ekspozitsiya tashkil qilishning ilmiy, tarkibiy va funksional-texnologik 
masalalarini birlashtirish uchun kolleksiya turi va uning naturadagi individual 
mujassamligiga mos bo„lgan muzeyning yagona badiiy konsepsiyasini ishlab 
chiqish talab etiladi. Ekspozitsiyani ko„p qavatli binoning turli qavatlarida 
joylashtirilganida marshrutni yuqoridan pastga qarab tashkil etish maqsadga 
muvofiq bo„ladi. Zallar ichida ekspozitsiyani ko„rish chapdan o„ngga qilib tashkil 
qilinadi. Ekpozistiyani ko„rish jadvalini tuzishda markaziy joylar yetakchi 
eksponatlarni joylashtirish uchun ajratilishi lozim. Bunday eksponatlar yoritish, 
rang, fon kabi badiiy bezash vositalari yordamida boshqa eksponatlardan 
ajratiladi. Polni yirik eksponatlar va vitrinalar bilan yuklanishi 20-30%ni, bosh 
o„tish yo„lining kengligi – 2-3 metrni, ikkinchi darajali o„tish yo„linining 
kengligi – 1,5-2,0 metrni tashkil qiladi. Yetakchi eksponatlar oldida 10-15 
metrlik bo„shliq qoldirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ko‘rgazma zallari (muvaqqat ko‘rgazmalar zallari) – zamonaviy muzeyning 
ajralmas qismi.. Ko„rgazmada namoyish etiladigan ekspozitsiya mavzusi 
chegaralanib, bu ekspozitsiyalar, asosan, axborot tusiga ega bo„ladilar. Shuning 
uchun ham, agar muzeylarning doimiy ekspozitsiyasi 7-10 yilda bir marta 
o„zgartirilsa, ko„rgazmalar ekspozitsiyasi har 1-2 oyda o„zgarib turadi. 
Ekspozitsiyaning tez-tez o„zgartirilishi, unga nisbatan talablarning o„zgarib turishi 
ko„rgazma zallari ekspozitsiya zallariga qaraganda moslashuvchanroq (universal) 
bo„lishi talab qiladi. Ko„rgazmalar zali turli konstruksiyalar va uskunalar o„rnatilishi 
uchun moslashgan bo„lishi lozim.Ko„rgazma zali imkon qadar vestibyulga yaqin 
joylashgan yoki mustaqil kirish yo„liga ega bo„lishi kerak.


109 
Ko„rgazma zallari qoshida ekspozitsiyani tashkil qilishda ishlatiladigan 
uskunalarni saqlash uchun maxsus xona, eksponatlarni vaqtincha saqlash va turli 
tayyorgarlik ishlari uchun alohida xonalar ajratilishi maqsadga muvofiqdir. 
Muzeyning hajmiy tuzilmasi unga ta‟sir ko„rsatuvchi ko„pgina omillar sababli 
turlicha bo„lishi mumkin. Lekin, bu masalani hal qilishdagi eng zamonaviy va 
maqbul yechim – moslashuvchan rejaviy tuzilmaga va tezkor o„zgartirish 
imoniyatlariga ega universal maydondan foydalanishdir. Muzey zallari tashqi 
muhit uchun ochiq bo„lib, tabiat bilan ideal bog„lanishi (galereya usuli) yoki 
diqqat-e‟tibor faqat ekspozitsiya ob‟yektiga qaratilishini ta‟minlash maqsadida 
tashqi muhitdan ajratilgan bo„lishi mumkin. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muzeylarda tashrif buyuruvchilar harakatlanishi jadvallari (A-I) (V.I.Revyakin

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish