10.5.Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo„yilgan talablar




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

105 
10.5.Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo„yilgan talablar 
Muzeyga kirish zonasidagi xonalar guruhi 
Vestibyul muzeyning me‟moriy tuzilmasi boshlanadigan muhim 
kommunikatsion uzel hisoblanib, aynan shu yerda tomosha marshrutlari 
boshlanadi va yakunlanadi. Tashrif buyuruvchilar mana shu yerda muzey 
to„g„risidagi birinchi taassurotlarga ega bo„ladilar. Ta‟kidlash lozimki, muzey 
binosi yoki kompleksining kirish guruhi bir vaqtning o„zida ham ommaviy (rejali 
ekskursiyalar), ham yakka tartibdagi tashriflar uchun xizmat ko„rsatishga 
mo„ljallangan bo„lishi lozim. Shu sababdan vestibyul funksional va rejaviy 
jihatdan o„z tarkibida quyidagilarga ega bo„lishi zarur: garderobxona, ekskursiya 
guruhlari va yakka tartibda tashrif buyuruvchilar to„planadigan joy, axborot 
xizmatlari ko„rsatiladigan xona, dam olish va nazorat xonalari, chipta sotiladigan 
kassalar, bufet va ktalog, kitob, esdalik sovg„alari sotiladigan savdo 
shaxobchalari, sanitariya bloklari. Vestibyulda navbatchi ekskursvodlar uchun 
alohida xonani nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Vestibyuldan 
ekspozitsiya zallari, ko„rgazma va kino zallariga, ma‟muriyat xonalari va 
to„garak xonalariga qulay o„tish yo„llari tashkil etilishi lozim. Muzeylarda, 
odatda, tashrif buyuruvchilarga mo„ljallangan bosh vestibyuldan tashqari 
xodimlar uchun ham xizmat vetibyuli loyihalashtiriladi. Vestibyul guruhining 
o„lchamlari muzeyning bir vaqtning o„zida qancha tashrif buyuruvchi sig„dira 
olishiga (ularning maksimal soniga) bog„liq qabul qilinadi. Odatda, bu 
ko„rsatkich bir kundagi tashrif buyuruvchilarning 1/5 qismini tashkil qiladi. Agar 
vestibyul bir vaqtning o„zida faoliyatning boshqa turlari uchun ham xizmat qilsa, 
undagi xonalar maydoni ham kattalashtirilishi lozim. 
Vestibyul va garderob maydoni quyidagicha qabul qilinadi, m
2

bitta tashrif buyuruvchi uchun garderob maydoni - 0,08 
bitta sumka yoki portfel saqlash uchun
- 0,04 
bitta tashrif buyuruvchi uchun vestibyul maydoni - 0,2-0,4 
Garderob, odatda, binoga kirishning bosh eshigi sathida, vestibyul va zallar, 
kommunikatsiya uzellari, zinapoyalar, liftlar (ekspozitsiya ko„p qavatli tuzilmaga 
ega bo„lgan holatlarda) o„rtasidagi bog„liqlikni buzmaydigan tarzda 
joylashtiriladi. 
Nazorat 
xonasi 
vestibyulni 
ikkita: 
nazoratgacha 
va 
nazoratdan 
keyingizonalarga ajratadi. Nazoratgacha bo„lgan zonada garderob, kassalar, 
axborot xizmatlari, kiosk yoki do„konlari, chekish xonalari va sanitariya bloklari 
bo„lgan taqsimlovchi garderob, nazoratdan keyingi zonada esa – muzeyning 
asosiy xonalari: ko„rgazma va ekspozitsiya zallari, fondlar saqlanadigan xonalar, 
laboratoriyalar va ustaxonalarga kirish yo„llari joylashtiriladi.


106 
Katta bo„lmagan muzeylarda kassa, kiosk va nazorat birlashtirilishlari 
mumkin. Vestibyulda, shuningdek, qo„riqlash postlari, jumladan o„t o„chirish 
postlari ham lohilashtiriladi. Yirik muzeylarda tibbiy punktlar ko„zda tutiladi. 
Tashrif buyuruvchilar va muzey xodimlariga xizmat ko„rsatishga mo„ljallangan 
bufet bino vestibyuli bilan eng qisqa bog„lanishga va yuk tushirib olish uchun 
qulay maydonchaga ega bo„lishi kerak. Bufet xonalari tarkibiga ovqatlanish zali 
(taom tarqatish peshtaxtasi bilan), yordamchi xona va idish-tovoq yuvish xonasi 
kirishi lozim. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  10.5.Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo„yilgan talablar

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish