O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 


104 
10.4. Hajmiy-rejali yechim 
Muzey binolari 1-3 qavatli (odatda, 2 qavatli)qilib loyihalashtirilib, bunda 
gorizontal funksional zonalash afzalroq hisoblanadi. Vertikal funksional zonalash 
qo„llanilganida ekspozitsiya, odatda, bosqichli shaklda joylashtiriladi. 
Kommunikatsiyalarga, ya‟ni zinapoyalar, panduslar, yo„laklar va galereyalarga 
alohida e‟tibor beriladi – ular ichki hajmni shakllantirishda va eksponatlarni 
tomosha qilishning davomi yoki dam olish joylari sifatida harakatlanish tartibini 
belgilashda faol qatnashishi lozim. Muzeyning yuqorida qayd etilgan faoliyat 
turlarini va muzey binosidagi barcha funksional jarayonlarni tashkil etishga 
quyidagi asosiy funksional bloklar mos keladi: 
- muzeyga kirish zonasidagi xonalar guruhi; 
- ekspozitsiya qismi; 
- kino va leksiya zali; 

ma‟muriy, ishchi va yordamchi xonalar, kutubxona; 
- laboratoriya va ustaxonalar; 
- fondlar saqlanadigan xonalar; 
- texnik xonalar. 
Ushbu funksional bloklarni vazifalari bo„yicha asosiy, yordamchi va xizmat 
ko„rsatish xonalariga ajratish. 
Bajaradigan 
vazifalari 
bo„yicha xona 
turi 
Muzeyning funksional zonalari 
A – tashrif buyuruvchilar zonasi 
B – xizmat ko„rsatish zonasi 
Asosiy
Doimiy ekspozitsiya, muvaqqat 
ko„rgazmalar 
Fondlar saqlanadigan xonalar 
Yordamchi
Kino va leksiya zali, to„garak xonasi, 
dam olish zonasi, axborot-
ma‟lumotnoma xonalari 
Xodimlar uchun ishchi xonalar, 
laboratoriyalar, ustaxonalar, 
kutubxona 
Xizmat 
ko„rsatuvchi 
Vestibyul, garderobxona, bufet, 
kiosk, chekish xonasi, sanitariya 
bo„lmalari 
Xizmat vetibyuli, xo„jalik 
omborlari, inventar saqlanadigan 
xonalar, sanitariya bloklari, texnik 
xonalar 
Xonalar tashrif buyuruvchilar yoki muzey xodimlari foydalanishiga qarab 
ikkita asosiy funksional zonalarga bo„linadi: A – tashrif buyuruvchilar zonasi 
(ochiq); B – xizmat ko„rsatish zonasi (yopiq). Maydonlar xonalarning asosiy 
guruhlari o„rtasida muzeyning ixtisoslashuvi, uning kattaligi va ahamiyatiga 
bog„liq ravishdataqsimlanadi. Xonalarning o„zaro nisbatlari taxminan 
quyidagicha qabul qilinadi : 
- ekspozitsiya zallari – 45-55%; 
- fondlar saqlanadigan xonalar – 20-25% 

yordamchi va xizmat ko„rsatish xonalari – 35%. 



Download 5,56 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish