O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
Xo„rrandalar uchun xonalar 
Xo„randalar uchun xonalar, odatda, birinchi qavatda, bosh kirish joyi yoki 
yon fasadlar tomonida joylashtiriladi. Sababi, aynan shu xonalar binoning 
hajmiy-fazoviy kompozitsiyasini shakllaydi va uning badiiy ko„rinishiga ta‟sir 
qiladi. 
Qavat balandligini 3,3 metr qilib, agar savdo zalining sig„imi katta bo„lsa –
4,2 metr qilib qabul qilish lozim. 
Ovqatlanish zallari va ularga xizmat ko„rsatuvchi issiq va sovuq taom 
sexlarini, shuningdek oshxona idish-tovoq xonalarini yuvish xonasini, qoidaga 
ko„ra, bir sathda joylashtirish kerak. 


118 
Umumiy ovqatlanish korxonlarining kompozitsion (A) va texnologik (B) sxemalari. 


119 
Xo„randalarga xizmat ko„rsatishni shakli va umumiy ovqatlanish 
korxonasining tavsifi ovqatlanish zallarini loyihalashtirishdagi prinsipial 
omillardan hisoblanadi. O„ziga o„zi xizmat ko„rsatish korxonalari (oshxona, 
yemakxona, tezkor xizmat ko„rsatishga ixtisoslashgan kafelar), odatda, 
ovqatlanishdagi utilitar (tor doiradagi) ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladilar; 
xizmat ko„rsatish ofistiantlar yordamida amalga oshiriladigan ovqatlanish 
korxonalari (restoran, bar, razryadli kafelar)da xo„rrandalar tomonidan tanlangan 
so„rov va ehtiyojlar qondiriladi hamda ularni dam olishi uchun ham muayyan 
sharoitlar yaratilib beriladi. Xo„randalarga xizmat ko„rsatish ofistiant orqali, 
bufetchi yokibarmen orqali yoxud taom tarqatish peshtaxtalari va rastalari orqali 
o„ziga o„zi xizmat ko„rsatish prinsipiga asoslangan holda amalga oshirilishi 
mumkin. 
O„ziga o„zi xizmat ko„rsatish korxonalaridagi ovqatlanish zallari tarkibiga 
taomni olish va taomni tanovul qilish zonalari kiradi. Taomlar assortimenti 
cheklangan yoki taomlarning kompleks to„plamlarini taklif qiladigan tezkor 
xizmat ko„rsatish korxonalarida xizmat ko„rsatish barmen orqali amalga 
oshirilishi mumkin, ya‟ni taomni olish zonasi taom tarqatish peshtaxtasi yonida 
shakllanadi. Taomlar assortimenti kengaytirilgan korxonalarda (oshxona, kafe va 
h.k.) taom olish zonasi tarkibida patnis va ovqatlanish anjomlari, gazaklar, 
birinchi va ikkinchi taomlar uchun modullashtirilgan uskunalarning elementlari 
va shu kabilar uchun mo„ljallangan peshtaxtalar joylashtirilgan taom tarqatish 
liniyasi bo„ylab shakllanadi. 
O„ziga o„zi xizmat ko„rsatishda taom tarqatish liniyalari (zonalari) ishlab 
chiqarish xonalar guruhi (issiq taom tayyorlash sexi) va ovqatlanish zali o„rtasida 
bog„lovchi bo„g„in vazifasini bajaradilar, ular issiq sex bilan funksional 
bog„lanishga ega bo„lib, ovqatlanish zali maydonida joylashtiriladilar. Issiq sex 
va zal orasida joylashtiriladigan taom tarqatish liniyalari ustida, agar ular orasida 
to„siq bo„lmasa, yonmaydigan yoki qiyin yonadigan materialdan tayyorlangan va 
balandligi shiftgacha bo„lgan ekran o„rnatilishi ko„zda tutiladi. Bu ekranning 
pastki qismi poldan 2 metr balandlikda bo„lishi lozim. Taom tarqatish liniyalari 
ovqatlanish zalidan to„siqlar, dekorativ orayopmalar va ekranlar, guldonlar 
vositasida ajratilishi lozim. 
Texnologik tarqatish liniyasidan chegaralovchi ekranning to„sig„igacha 
bo„lgan masofa: xo„randalar bir qator bo„lib o„tganida 0,9 m; xo„randalar ikki 
qator bo„lib o„tganida 1,2 m bo„lishi kerak; texnologik tarqatish liniyasi 
orqasidagi ishchi zona kengligi 1 metr qilib qabul qilinadi. Tarqatish liniyasiga 
kirayotgan va undan chiqib ketayotgan xo„randalar oqimi kesishmasligi zarur. 
Restoran va kafelar zallarida uchta zonani ajratish mumkin: kirish, 
ovqatlanish zali va estrada-raqsga tushish. 


120 
Ovqatlanish zalining (taom tarqatish zonasini hisobga olmaganda) maydoni 
zaldagi bitta o„rin hisobidan quyidagi jadvalda berilgan ko„rsatkichlarga asosan 
qabul qilinadi [43]: 
Restoranlarda 
1,8 
Umumiy foydalanishdagi va oliy o„quv muassasalaridagi oshxonalarda 
1,6 
Kafe, gazakxona va pivoxonalarda 
1,4 
Kafe-avtomat, tezkor xizmat ko„rsatish korxonalari va alkogolsiz ichimliklar 
barlarida 
1,2 
Bolalar sog„lomlashtirish maskanlari (yozgi) va yuqori sinf o„quvchilarining 
sog„lomlashtirish maskalarida 
1,0 
Sanatoriy turidagi bolalar sog„lomlashtirish maskanlarida 
1,4 
Maktablar va maktab-internatlarda: 
zaldagi o„rinlar soni 80 tagacha bo„lganida 
zaldagi o„rinlar soni 80 tadan ko„p bo„lganida 
0,75 
0,7 
Kasb-hunar kollejlarida 
0,8 
O„rta maxsus ta‟lim muassasalarida 
1,3 
Sanatoriylar, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish maskanlari (pansionatlar)dam 
olish bazalari, yoshlar lagerlari, turistik bazalarda: 
o„ziga o„zi xizmat ko„rsatishda 
1,8 
ofistiantlar xizmat ko„rsatganida 
1,4 

Download 5,56 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish