O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 


115 
11.2. Umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirishga qo„yilgan talablar 
Ovqatlanish korxonalarining yer uchastkasi ikkita aniq zonaga bo„linadi: 
xo‘rrandalar uchun zona (xo„rrandalar dam olishi va yozgi mavsum vaqtida 
ochiq havoda ovqatlanish uchun qo„shimcha o„rinlarni tashkil etilishi ham 
nazarda tutiladi) va xo‘jalik zonasi. Bunda xo„jalik hovlisi yuk avtomobillari 
uchun kirish yo„llariga hamda binoning omborxonalariga yondosh bo„lgan yuk 
tushirish maydonchasiga, shuningdek chiqindi yig„iladigan maydonchaga va 
xodimlar dam oladigan zonaga, xususiy avtotransport turadigan joylarga ega 
bo„lishi kerak. Qishloq joylardagi ovqatlanish korxonalarining xo„jalik hovlisida 
qattiq yoqilg„i saqlanadigan zona (ombor) ham ko„zda tutilishi lozim. Turar-joy 
binolari tarkibidagi yoki ularga qo„shib qurilgan umumiy ovqatlanish 
korxonalarining xo„jalik zonasi va yuk tushirish maydonchalarini ushbu 
binolarning deraza va eshiklari bo„lmagan qisqa yon tomonlarida joylashtirish 
kerak. Uchastkada avtomobillar turadigan joylar bo„lishi ham ko„zda tutilishi 
lozim. Avtomobillar turadigan joylar va umumiy ovqatlanish korxonasi 
joylashgan bino o„rtasidagi masofa 150 metrdan oshmasligi kerak. 
 
11.3. Hajmiy-rejali yechim 
Korxona (bino) tuzilmasidagi barcha asosiy funksional guruhlar aniq 
zonalanishi va ishlab chiqarish yo„laklari vositasida qulay funksional o„zaro 
bog„lanishga (odamlar va yuklar oqimi yo„nalishi bundan istisno) ega bo„lishi 
kerak. Bunda quyidagi ishlab chiqarish stikli amalga oshiriladi: yarim fabrikat va 
xom ashyoni qabul qilish, issiqlik bilan qayta ishlash va taomlarni bezash, 
mahsulotni sotish va xo„randalarga xizmat ko„rsatish. 
Bu stiklga quyidagi xonalar guruhlari muvofiq keladi: 
1. Xo‘randalar uchun xonalar: 
- garderobli vestibyul; 
- qo„l yuvish xonalari, hojatxonalar; 
- ovqatlanish zallari; 
- bufet; 
- uyga olib ketiladigan tushliklar va yarim fabrikatlar sotiladigan xona. 
2. Ishlab chiqarish xonalari: 
- ishlab chiqarish sexlari: issiq taomlar tayyorlash sexi (oshxona); sovuq 
sex: go„sht va baliq sexlari; qandolat sexi; sabzavot sexi; gumma (somsa) 
pishirish sexi; 
- tayyor taomlar tarqatish uchastkasi; 
- idish-tovoq yuvish uchastkalari; 
- non kesish xonasi. 


116 
3. Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash xonalari: 
- yuklarni tushirib olish xonalari; 
- obmborxonalar: quruq mahsulotlar ombori; sabzavotlar ombori; inventar 
va tara saqlanadigan ombor; 
- sovutiladigan kameralar. 
4. Ma’muriy-maishiy xonalar: 
- idoraviy xonalar; 
- direktor va buxgalter kabineti; 
- xodimlar xonasi; 
- tibbiy xona; 
- xodimlar uchun garderob, dushxonalar va sanitariya bloklari. 
Barcha turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari binolarining hajmiy-rejali 
yechimlariga quyidagi umumiy talablar qo„yiladi: 
- savdo va savdo bilan bog„liq bo„lmagan xonalarning bir-biriga nisbatan 
oqilona joylashtirish; bu xonalarning o„zaro joylashtirilishi ular o„rtasidagi uzviy 
bog„liqlikni ta‟minlashi, xo„randalar oqimining xodimlar yo„llari, toza va 
yuvilmagan idish-tovoq, yarim fabrikatlar, xom ashyo va chiqindilarni tashish 
yo„llari bilan kesishishini istisno qilishi lozim; 
- texnologik zarurat tug„ilgan holatlarda o„zgartirish (transformatsiya)ni 
amalga oshirish imkoniyati mavjud bo„lishi kerak; 
- bir nechta umumiy ovqatlanish korxonalari kompleks korxonaning bitta 
binosida birlashtirilganida, xizmat ko„rsatish xonalarining umumiy maydonini 
qisqartirish maqsadida, ulardan birgalikda foydalanish imkoniyatini ta‟minlash zarur. 
Umumiy ovqatlanish korxonalari binolarining hajmiy-rejali va konstruktiv 
yechimlari xo„randalarga xizmat ko„rsatishning turli shakllarini (o„ziga o„zi 
xizmat ko„rsatish va ofistiantlar yordamida xizmat ko„rsatish va hk.) tashkil qilish 
va taom tayyorlashning so„nggi bosqichiga ixtisoslashgan ovqatlanish 
korxonalariga 
yarim 
fabrikatlar 
va 
sovutilgan 
tayyor 
mahsulotlarni 
markazlashgan va kompleks tarzda 
yetkazib berish bo„yicha ilg„or 
texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlarini ta‟minlashi lozim. Bunda tayyor va 
yarim fabrikat mahsulotlarni yuklash-tushirish va shu kabi murakkab ishlarni 
mexanizastiyalashtirish va avtomatlashtirish maksimal darajada bo„lishiga 
alohida e‟tibor qaratish zarur. Umumiy ovqatlanish korxonalarining texnik 
jihozlanishi yuqori samaradorlikka ega zamonaviy texnologik uskunalar, ya‟ni 
xorijiy va mahalliy modulli uskunalar, funksional hajmlar, ko„chma stellajlar va 
yarim fabrikatlar hamda tayyor mahsulotlarni yetkazib berish uchun konteynerlar 
va shu kabilarni loyihalarda keng joriy etilishiga asoslanishi kerak. 
Konstruktiv yechim qurilish amalga oshiriladigan muayyan hududdagi 
mavjud industrial baza va qurilish materiallar turlari hamda zaxirasiga, 


117 
loyihalashtirilayotgan ob‟yektning turi, vazifasi, qavatlar soniva joylashtirilishi 
(alohida joylashtirilishi yoki mavjud turar-joy va jamoat binolari tarkibida yoki 
ularga 
qo„shib 
qurilishi)ga 
asoslangan 
holdatanlanadi. 
Ovqatlanish 
korxonalarining binolarini loyihalashtirish turli konstruktiv tizimlar va 
materiallarga (to„liq yig„iladigan temir-beton tizimlar, karkas-panelli va yirik 
panelli konstruksiyalar, monolit temir-beton, g„isht, mahalliy qurilish 
materiallari, yengil metall konstruksiyalar, shu jumladan katta oraliqli 
konstruksiyalar, ko„p qatlamli fasad panellari qo„llanilgan elimlangan yog„och 
konstruksiyalar, strukturali shisha, aralash konstruktiv tizim va materiallar) 
asoslangan holda amalga oshirilishi mumkin. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish