O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 
 


112 
10.7. Ko„rgazma zallari 
Ko„rgazmalar kommunikativ aloqalar, tajriba almashish uchun xizmat 
qiladilar. Ko„rgazmalarning asosiy vazifasi va o„ziga xosligi u yoki bu sohada 
erishilgan yangi yutuq va natijalarni aniqlash va namoyish qilishdan iboratdir. 
Rejalashtirish tuzilmasi bo„yicha ko„rgazma ekspozitsiyasi tuzilishining 
quyidagi turlarini ajratish mumkin: 

muntazam o„q bo„yicha; 
- radial-halqasimon; 
- erkin-manzarali. 
Ko„rgazma pavilonlarining o„lchami, odatda, katta bo„lmaydi, eksponatlar 
saqlanadigan xonalar maydoni namoyish etilayotgan material xususiyatlariga 
bog„liq tarzda belgilanadi. Ko„rgazmalar ekspozitsiyaning doimiy o„zgarib turishi 
bilan muzeylardan farqlanadi.
Ko„rgazma ekspozitsiyasini ko„rishga bo„lgan talablar muzeyning 
ekspozitsiya va ko„rgazma zallariga qo„yilgan talablar kabi belgilangan. 
Ko„rgazmalardagi xo„jalik xonalari bloki muzeylardagiga qaraganda ko„proq 
rivojlangan, bu blok tarkibiga ekspozitsiya montajini bajarish uchun yirik 
ustaxonalar (masalan: duradgorlik, chilangarlik) kiradi. 
Fazoviy tuzilmasi bo„yicha ko„rgazma zallarining quyidagi turlarini ajratish 
mumkin: 
- markazlashgan binolar, ular rejaning ixchamligi va funksional jihatdan 
erkin universal bo„shliqqa ega bo„lgani bilan ajralib turadilar; 

markazlashmagan binolar, ular ko„rgazmaning mavzu bo„yicha 
bo„limlarga tabaqalovchialohida bloklardan iborat bo„ladi. 
Ko„rgazmalarning 
hajmiy-rejali 
yechimi 
ko„rgazma 
tematikasi 
o„zgarishiga qarab pavilon va ekspozitsiyalar tezkor o„zgartirilishini, barcha 
pavilonlar, jumladan alohida tanlangan pavilonlar maydoni yangi yoki 
almashtirilayotgan eksponatlar o„lchamiga bog„liq ravishda o„zgartirilishini 
ta‟minlashi lozim. Ko„rgazmalarda, odatda, tashrif buyuruvchilarning qarama-
qarshi oqimlari to„qnashishini istisno qiluvchi harakatlanish jadvali joriy etiladi. 
Pavilon balandligi belgilanmaydi, xizmat ko„rsatuvchi xonalar balandligi – 3,3 
metrgacha bo„lishi mumkin. Ko„rgazma biron yo„nalishdagi yutuq va natijalarni 
namoyish etish vositasi sifatida turli sohaga oid yangiliklarni taqdim etadi. 
Pavilon ham ko„rgazma eksponati sifatida talqin etilishi mumkin – bunda 
ko„rgazmaning ichki va tashqi qiyofasi yechimini yagona me‟moriy asar 
yaratishga o„xshatsa bo„ladi. 



Download 5,56 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish