• Opalubka
  • Plastika
  • Proporstiya
  • Quyoshga qarshi qurilmalar
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/70
    Sana30.11.2023
    Hajmi5,56 Mb.
    #108177
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
    Bog'liq
    Jamoat binolari. Qodirova

    Karniz – antablimentning eng yuqori qismi, devorning bo„rtgan gorizontal 
    qismi bo„lib, uni yomg„ir suvidan saqlaydi va bino tomini ko„tarib turadi. 
    Modul – Inshoot va uning qismlari o„lchamlarining karrali nisbatlarini 
    ifodalash uchun qabul qilingan boshlang„ich o„lchov birligi. Quyma beton 
    (temirbeton)–bevosta qurilish maydonida bajarilib, echiladigan formaga 
    (opalubkaga )quyilishi orqali bir butun holatda hosil qilinadigan konstruksiya. 
    Opalubka – betonli va temir betonli konstruksiyani hosil qilishda 
    ishlatiladi forma bo„lib, uning ichiga armatura va beton qorishmasi 
    joylashtiriladi. 
     
     


    127 
    Perspektiva – inson tomonidan ko„rish orqali predmetlarni qabul qilishga 
    muvofiq tarzda predmetli olamning tasviriy sistemasi (tizimi); arxitekturaviy 
    chizmalar va tasviriy san‟atda perspektivadan illyuzorli kenglikni qurish uchun 
    foydalaniladi. 
    Plastika – xush bichimlilik, inshootga hajmiy – fazoviy formalarning 
    elimlanishi, fasadning detallashtirilishi. 
    Portal – 1) binoning arxitekturaviy bezatilgan kirish qismi: 2) sahnani 
    tomosha zalidan ajratib turuvchi arxitekturaviy to„siq. 
    Proporstiya – o„lchamlarning muvofiqligi, bir butunlikni tashkil etuvchi 
    qismlarning bir- biri orasidagi nisbat va ularning butuniga nisbatan aniq bir nisbati. 
    Ritm – arxitekturaviy inshoot yoki inshoot elementlarining takrorlanishi, 
    qaytarilishi, ularning fazoviy kenglikda joylashish tarkibi. 
    Svod – fazoviy kenglikni yopuvchi konstruksiya bo„lib, undan inshoot 
    oraliq tom yopilmalari yoki tom yopilmalari sifatida foydalanadi. Svod qavariq 
    egri chiziqli chiziqli formaga (shaklga)ega bo„ladi. Stilindrik, krestsimon, 
    gumbazli svodlar uchraydi. 
    Quyoshga qarshi qurilmalar – quyoshdan himoyalovchi fazoviy panjara 
    tipidagi relefli to„siq (ko„p hollarda betondan tayyorlanadi) bo„lib, u binolarning 
    derazalariga to„g„ridan – to„g„ri tushadigan quyosh nurlarini to„sishga va 
    xonalarning isib ketishining oldini olishga mo„ljallanadi. Quyoshdan 
    himoyalovchi qurilmalar (o„rnatmalar) issiq iqlim sharoitlarida fasadlarni 
    arxitekturaviy ishlashning bosh elementlaridan biri hisoblanadi. 
    Textonika – inshootning konstruktiv sistemasiga tegishli yuklar va 
    tayanchlar orasidagi nisbat bo„lib, u tashkil etilish qonuniyatlarining badiiy 
    ifodasidir. 

    Download 5,56 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish