126
ME‟MORIY ATAMALARNING IZOHLI LUG„ATI
Ampir – G„arbiy Yevropa arxitekturasidagi so„nggi
klassistizm uslubi
(X1X asrning birinchi choragi). Fransiyada Napoleon 1 imperiyasi davrida paydo
bo„lgan; bu uslubga klassik monumental shakllar xos;
Qadimgi Rimdagi
dekorativ elementlarga murojaat etiladi. Ba‟zida X1X asrning 20-30 yillaridagi
rus klassistizimining o„ziga xos bo„lgan variantini ham “ampir” deb atashadi.
Ravoq (arka) – devordagi o„yiq yoki ikki ustun oralig„ining
egri chiziqli
yopilmasi;
Atrium – Antik Rim turar joy binosidagi yuqoridan yoritiluvchi asosiy xona;
Baza – ustunning quyi qismidagi tayanchi;
Blok – seksiyali metod – uylarni industrial qurishning zamonaviy metodi.
Bunda detallarning komplekti butun uy uchun emas balki uning bir qismi bir
qancha kvartiralarni zinali –liftli tugun bilan birlashtiruvchi ya‟ni blok – seksiya
uchun tayyorlanadi. Turli blok – seksiyalarni
kombinastiyalar asosida
birlashtirish orqali murakkab konfiguratsiyali, har xil qavatga ega bo„lgan uylarni
qurish mumkin. Ularni berilgan uchastka sharoitlariga osongina moslashtirish,
ensiz to„rtburchak shaklidagi an‟anaviy uylardan ko„ra ko„proq
arxitekturaviy
badiiy sifatlarga ega.
Vitraj – shishadan yasalgan dekorativ kompozitsiya. Gotika soborlardan
inter‟er derazalarda rangli vitrajlar yorug„likni turli ranglarda tovlantirgan.
Zamonaviy arxitekturada “vitraj” so„zi bino tarzining shisha bilan to„liq
qoplanishini anglatadi. (Ko„p hollarda konstruksiyalarda metall panjaralar).
Interyer – binoning ko„rinishi.
Karkas – binoning yuk ko„taruvchi asosi, alohida sterjenlar –
tayanchlar
va to„sinlarni bir – birlariga bog„lash natijasida hosil bo„ladi.