• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Qo‘rg‘oshin, uning xossalari va ishlatilish sohasi Qo’rg’oshin xomashyosini metallurgik qayta ishlashga tayyorlash Qo‘rg‘oshinli aglomerati haqida




    Download 19,83 Kb.
    Sana22.11.2023
    Hajmi19,83 Kb.
    #103335
    Bog'liq
    asilbek og\'ir mustaqil


    Qo‘rg‘oshinli aglomeratni shaxtali pechda tiklab eritish
    Reja:

    1. Qo‘rg‘oshin, uning xossalari va ishlatilish sohasi

    2. Qo’rg’oshin xomashyosini metallurgik qayta ishlashga tayyorlash

    3. Qo‘rg‘oshinli aglomerati haqida

    Qo‘rg‘oshin – juda qadimdan qo‘llanib kelingan ba’zi metallardan biri. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, eramizdan oldingi 5-7-ming yilliklarda tanga va medalionlar yasashda qo‘rg‘oshindan foydalanishgan. Eramiz boshlanishidan sal oldin undan idishlar, quvurlar, tomga yopiladigan listlar, nashli quyma buyumlar va boshqa narsalarni yasashgan. Qadimgi Rimdagi qo‘rg‘oshinli suv quvurlari (vodoprovodlar) hammaga ma’lumdir.


    Bilishimizcha, qo‘rg‘oshindan foydalanishning boshlanishi uni kumushli rudalardan birgalikda ajratib olishdan boshlangan. Keyinchalik uning bir qancha qimmatbaho xossalari qo‘rg‘oshinga bo‘lgan talab ortishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi vaqtda qo‘rg‘oshinga bo‘lgan talab to‘xtovsiz ortib bormoqda va u xalq xo‘jaligining ko‘pgina sohalarida keng qo‘llaniladi.
    Qo‘rg‘oshin – D.I.Mendeleyev elementlar davriy sistemasining 6-davrdagi IV guruhining 6s26p2 elektron qobiqli tashqi ko‘rinishli elementi. Qo‘rg‘oshinning atom raqami 82, atom og‘irligi 207,2. Kimyoviy birikmalarda u ikki va to‘rt valentli holatda bo‘lishi mumkin.
    Qo‘rg‘oshin ozgina nim ko‘k rangli qoramtir-kulrang juda qayishqoq (plastik) metall hisoblanadi. U 327,4 0C da eriydi va 17450C da qaynaydi. Qo‘rg‘oshinning zichligi 200C da 11,336 g/sm3 ga teng, erish haroratida esa 10,686 g/sm3 ga teng, qo‘rg‘oshin issiqlik va elektrni yaxshi o‘tkazmaydi. Uning elektr o‘tkazuvchanligi kumushga qaraganda deyarli 10 martaga past.
    Qo‘rg‘oshin ko‘pgina metallar bilan ko‘p sonli qotishmalar hosil qiladi, ular toza qo‘rg‘oshinga qaraganda ancha qattiq va ko‘pincha ancha mo‘rt bo‘ladi. Ayrim qotishmalar qo‘rg‘oshin asosida juda oson eruvchan. Qo‘rg‘oshin temir bilan qotishma hosil qilmaydi, shuning uchun uni ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.
    Aglomeratsiyalovchi o‘tga toblab qizdirishda sulfidlar oksidlanishidan tashqari asosiy xossalarni namoyon etuvchi qo‘rg‘oshinning hosil bo‘lgan oksidlarining o‘zaro ta’siri, kislota oksidlari bilan bir qancha oson eruvchan birikmalarni, masalan, 2Pb*SiO2 turidagi silikatlar va PbO*Fe2O3 ferritlar va ularning evtektikasini hosil qilish bilan bo‘lishi mumkin. Aglomeratni keyingi sovutishda suyuq faza qotadi va shixtaning barcha massasini qattiq, g‘ovak, bo‘laklangan materialga payvandlaydi. Kimyoviy birikmalarning hosil bo‘lishi shu sababli foydaliki, ular qo‘rg‘oshin qismlarini bog‘laydi. Bu qo‘rg‘oshinning gazli fazaga uchib ketishini kamaytiradi.
    Aglomeratsiyalashda sulfidlar va oson eruvchan qo‘rg‘oshin hosil bo‘lishiga olib keluvchi qo‘rg‘oshin oksidi o‘rtasidagi reaksiya ham mumkin. Ushbu reaksiyaning borishi shart emas, chunki bunda qo‘rg‘oshin uchib chiqishi oqibatida uning talofati ortadi, shuningdek, sexda ekologik vaziyat yomonlashadi. Bundan tashqari, sizib chiqaradigan mashinalardan foydalanishda qo‘rg‘oshinli eritmani hosil qilish panjaralar o‘sishiga va so‘rish kamerasi (vakuumli kamera) tiqilib qolishiga olib keladi, pirovardida aglomashinalar unumdorligi pasayadi hamda jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashadi. Havo puflovchi aglomeratsiyali mashinalarda oldin shixtaning birlamchi yupqa qatlami orqali sizib o‘tadi, so‘ngra shixtaning to‘liq qatlamli 300-350 mm qalinlikdagi palletlari ostidagi ventilyator bilan puflovchi kameralarga haydaladi. Bunday mashinalarning barcha ishlovchi qismlari yuqoridan toblab qizdiruvchi gazlarni quyish uchun yashirin joy (qalpoq) bilan jihozlangan Yashirin joy ostidagi bo‘shliqni shartli ravishda ikkita zonaga bo‘lish mumkin: SO2 miqdori bo‘yicha qiymatdor va kam qiymatli gazlarga. Gazlar ushbu zonadan alohida so‘rib olinadi. Qiymatdor gazlar darhol sulfat kislota ishlab chiqarishga yuboriladi, kam qiymatlilar (2-2,5% va undan kam SO2) esa puflash bilan aralashtirilib va aralashma sulfidlarni jadal oksidlovchi zonaga berish bilan jarayon boshlanishiga qaytariladi. Bu ketuvchi gazlarda SO2 boyitmani va oltingugurtdan foydalanish darajasini oshiradi, shuningdek, atrof-muhit ifloslanishi darajasini kamaytiradi.
    Tiklab eritishda qo‘rg‘oshinli eritishning asosiy maqsadi asosiy qimmatbaho elementlar – qo‘rg‘oshinning yo‘ldoshlari ham boyitiladigan (to‘planadigan) xomaki metallga qo‘rg‘oshinni va nodir metallarni yuqori darajada ajratib olish, shuningdek, bo‘sh jinsni mumkin bo‘lgan yuqori darajada rux toshqoliga o‘tkazish bilan toshqolga aylantirish hisoblanadi.
    Xomaki qo‘rg‘oshinga tiklashli shaxtali eritish uchun flyuslangan o‘zi eriydigan aglomerat boshlang‘ich material bo‘lib hisoblanadi. Qo‘rg‘oshinli aglomeratning kimyoviy va fazali tarkiblari juda murakkab. Unda qo‘rg‘oshindan tashqari, odatdagidek, mis, rux, mishyak, surma, oltin, kumush, qalay, vismut, tellur va boshqa qator elementlar bo‘ladi. Aglomeratning asosiy massa erkin va murakab birikmalarda birikkan oksidlardan iborat.
    Aglomeratning asosiy komponenti bo‘lgan qo‘rg‘oshin unda kuchsiz tiklashli atmosferasidagi erish haroratida (›10000C) yetarlicha oson va to‘liq tiklanadi. Qo‘rg‘oshinli tiklashli eritish mexanizmi yonish reaksiyalari va qattiq uglerodning gazga aylanishi:
    C+O2=CO2 va C+CO2=2CO),
    shuningdek, qo‘rg‘oshinning kimyoviy birikmalarini tiklash reaksiyalari bilan ifodalanadi:
    PbO + CO = Pb + CO2;
    2PbO * SiO2 + 2CO = 2Pb +SiO2 + 2CO2;
    PbO * Fe2O3 + 2CO = Pb + 2FeO + 2CO2.
    Qo‘rg‘oshinning tiklashli eritish sharoitlarida misning oksidli birikmalari ham oson tiklanadi. Tiklangan mis erigan qo‘rg‘oshinda eriydi. Oltingugurtning yuqori miqdori mavjud bo‘lgan yetarlicha kuymagan aglomeratni eritishda mis sulfidi o‘zida qo‘rg‘oshin, temir, rux va b. sulfidlarni boyitgan (to‘plagan) sulfidli (shteynli) eritma hosil bo‘lishining asosi bo‘ladi. Qo‘rg‘oshinli eritishning shaxtali pechlari ish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, misni eritishda uni maxsus qayta ishlashni talab qiladigan shteynga emas, balki xomaki qo‘rg‘oshinga o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Xomaki qo‘rg‘oshinda erigan mis undan majburiy markalash bosqichidagi tozalashda ajralib chiqishi mumkin. Xomaki qo‘rg‘oshinda mis boyitilishining (to‘planishining) yuqori darajasi aglomeratsiyalovchi toblab qizdirishdagi yuqori sulfatsizlanish bilan misning qo‘rg‘oshinda erishi oshishiga yordam beruvchi eritish pechlaridagi yuqori harorat bilan ta’minlanadi.
    Tiklashli eritishda olinadigan xomaki qo‘rg‘oshin tarkibida 5% gacha Cu bo‘lishi mumkin. Qo‘rg‘oshindagi misning bunday miqdori faqat ≥850-9000C haroratda erishi mumkin. Harorat pasayishi bilan misning erishi kamayadi. Eritmadan uning kristallanishi shaxta pechi ichki gornining va chiqaruvchi sifonning odatdagicha ishlashini buzadi. Temir va rux oksidlarini tiklash uchun kuchli tiklovchi atmosfera zarur (6-rasmga qarang). Qo‘rg‘oshinni shaxtali eritish sharoitlarida, qachonki pechkali gazlarda ≥ 30% CO mavjud bo‘lsa, bu oksidlar deyarli to‘liq toshqolga o‘tadi. Ruxni toshqolga yuqori darajada o‘tkazish uchun qattiq qizdirishni yuqori darajada sulfatsizlantirish bilan olib borish lozim, aks holda pechlarda juda qiyin eriydigan ruxli shteyn hosil bo‘lishi mumkin.
    Mishyak, surma, oltin, kumush, qalay va vismut, asosan xomaki qorg‘oshinda boyitiladi (to‘planadi). Eritishda mishyak va surma miqdori yuqori bo‘lganda yana bitta mustaqil mahsulot – metall arsenidlari va antimonidlaridan (MexAsy va MexSby) qotishmalaridan iborat bo‘lgan shpeyza hosil bo‘lishi mumkin. Shpeyza qo‘rg‘oshin, oltin, kumush kabi qimmatbaho metallarning qo‘shimcha talofati manbasi hisoblanadi, qo‘rg‘oshinli eritishda uning hosil bo‘lmagani ma’qul.
    Qo‘g‘roshinli eritishning shaxta pechlari ko‘pincha mis eritish va nikel ishlab chiqarishning shaxta pechlariga o‘xshash. Uning asosiy ajralib turuvchi xususiyatlari uning pechdan uzluksiz chiqishi uchun qo‘rg‘oshin va sifonni tindiradigan ichki gornlar mavjudligidadir. Bundan tashqari, ularning nisbatan uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdaligi ham o‘ziga xosligidir. Furma sohasidagi ko‘ndalang kesimning eng katta maydoni 12-14 m2 .
    Pechlarning ichki gornlari doimo eritma bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Uning pastki qismida qo‘rg‘oshin to‘planadi, yuqorisida esa – toshqol. Eritishda shteyn va shpeyza hosil bo‘lish holatlarida ular ko‘pincha bir-biri bilan aralashgan holda joylashadi. Gornda to‘planishiga ko‘ra qo‘rg‘oshin uzluksiz chiqaruvchi novning 186 tashqi sifonli kosasiga va so‘ngra cho‘michga siqilib chiqadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar



    1. Og’ir metallar metallurgiyasi “ majmua

    2. Umumiy metallar metallurgiyasi “ A.V Tarasov N.I Utkin

    3. WWW.Wikepedia.uz

    4. WWW.arxiv.uz

    5. WWW.library.uz

    Download 19,83 Kb.




    Download 19,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘rg‘oshin, uning xossalari va ishlatilish sohasi Qo’rg’oshin xomashyosini metallurgik qayta ishlashga tayyorlash Qo‘rg‘oshinli aglomerati haqida

    Download 19,83 Kb.