O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova
imtiyozlar, 2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar., Mashina mexdoc
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2015 yil, 30 maydagi 191-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv qo‘llanma sifatida 
nashr etishga ruxsat berildi (gr.№ 191-062).
 
 
 
 
© TAQI-2015
KIRISH 



Jamoat binolari va jamoat funksiyalari so„nggi chorak asr davomida 
murakkab evolyutsion jarayonlarni boshdan kechirdilar. Ularning rivojlanish 
dinamikasi bir qator omillar, shu jumladan iqtisodiy omillar bilan belgilangan. 
Jamoat bino va inshootlar qurilishi quyidagi yo„nalishlar bo„yicha rivojlangan 
edi: alohida joylashtirilgan noyob jamoat binolari qurilishi; ko„p qavatli turar-joy 
binolariga yondosh (ularning ichida) xizmat ko„rsatish bloklarining qurilishi; 
mavjud binolar rekonstruksiyasi (bunda ob‟yektning tashqi qiyofasi minimal 
o„zgartirilgan holda amalga oshiriladigan funksiyalar va konstruksiya 
transformatsiyasi ko„zda tutilar edi). 
XX va XXI asrlar chegarasida qaror topgan ijtimoiy munosabatlarga 
muvofiq hajmlar, inshootlar, jamoat binolari qurilishini taqozo qildilar. Asrlar 
chegarasidagi polivalent ishbilarmonlikka o„tish byuro va ofislarning universal 
binolarini birinchi o„ringa olib chiqdi. 2000-yillarning boshida yirik savdo 
markazlar paydo bo„ldi, so„nggi yillarda ijtimoiy ahamiyatga ega ob‟yektlarni 
loyihalash va qurish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shaharlarning uzluksiz va 
barqaror rivojlanishi, nafaqat tarixiy-madaniy meros ob‟yektlarini, balki tarixiy 
qaror topgan muhitni saqlab qolinishi yangi iqtisodiy munosabatlar bilan 
birgalikda yangi tipologik tuzilmalar rivojlanishi uchun turtki bo„lib xizmat qildi. 
Jamoat bino va inshootlarini me‟moriy loyihalanishining tahliliga ko„ra, tarixiy 
markazlar rekonstruksiyasi ham juda muhim va alohida hal qilinadigan 
muammolar sirasiga kiritildi. Ushbu muammoni hal qilish uchun uning tarkibiga 
quyidagi prinsiplar kiradi: 
- mavzelarning tarixiy qaror topgan rejaviy tuzilmasini saqlab qolish; 
- har bir mavzeni yakunlangan ob‟yekt va yaxlit tuzilma birligi sifatida 
talqin qilish; 
- mavjud ob‟yektlarni yangi funksiyalar uchun rekonstruksiya qilishda 
shaharsozlik karkasi asosini tashkil qiluvchi binolarni saqlab qolish; 
- kompozitsiyani ochiq va yopiq bo„shliqlar mujassamligi asosida tuzish; 
- binolar qavatliligini cheklash, attik qavatni chuqurlashtirish; 
- imoratlar qurilishining modullash (o„zgartirish) va yagona masshtabda 
bajarish; 
- ichki hajmlarni yagona prinsip – yer osti sath bo„ylab savdo ko„chasi bilan 
birlashtirilgan atriumlar asosida tashkil qilish; 
- yer usti transporti faqat savdo muassasalari va umumiy ovqatlanish 
korxonalariga yer ostida xizmat ko„rsatishda qo„llaniladi; 
- binolar o„z mohiyatiga ko„ra ko„p funksiyali komplekslar bo„lib, ularning 
tarkibidagi turar-joy maydonlari taxminan 20% ni tashkil etadi. 



Ushbu metodga asoslangan holda tashkil etilgan tarixiy markaz hududning 
kompleks funksional zonalanishi hisobiga muvozanatlashgan universal, o„zini 
o„zi ta‟minlovchi avtonom tizimga aylanadi. Bu tizim, turli funksional bloklarga 
ega ob‟yekt kabi, davr taqozosi va talablariga muvofiq turli sharoitlarga oson 
moslashuvchi muayyan o„zgaruvchan tuzilmadir. Bunday tuzilmaning butun 
shaharga nisbatan va kelgusidagi kommunikativligi aynan uning universallikka 
asoslangan holda amalga oshiriladi. Biron bir, hattoki, eng dolzarb hisoblangan 
funksiyaga ko„proq e‟tibor berilishi shaharga xizmat ko„rsatish tizimiga salbiy 
ta‟sir o„tkazilishiga olib keladi. Ta‟kidlash zarurki, u yoki bu ijtimoiy funksiyaga 
bo„lgan ehtiyoj doim ham kuchli bo„lmaydi, lekin, yaxlitlik va to„laqonli faoliyat 
buzilishiga yo„l qo„ymaslik maqsadida u umumiy tuzilmada mavjud bo„lishi 
lozim. Ob‟yektlarning qo„shni bino va inshootlar funksiyalari, konstruksiyasi va 
shaklini inobatga olmasdan turib joylashtirilishi, ushbu tarkibiy qismlarning 
jamoat markazidagi mutanosibligiga rioya qilmaslik (nuqtali, ya‟ni alohida 
joylashtirish prinsipi) – tarixiy yadro va umuman shaharning buzilishiga sabab 
bo„ladi. Ijtimoiy funksiyalarning barchasi – diniy, ta‟lim, tomosha, moliyaviy-
kredit, axborot ta‟minoti, maishiy va transport xizmat ko„rsatish, boshqaruv, 
reabilitastiya, ovqatlanish, savdo-sotiq – ushbu yangilanish jarayonini aks 
ettiradilar. Aynan shunday o„zaro ta‟sir va o„zaro bog„liqlik shahar faoliyati 
to„laqonli bo„lishini, ya‟ni merosning o„z mohiyatiga ko„ra tarixiy-madaniy 
qiymatga ega ekanligini va aholi, ma‟muriyat, investorni qoniqtiradigan 
funksionallik darajasini ta‟minlab beradi. Jamoat binolarining arxitekturasi turli 
omillarga bog„liq holda shakllanadi, uning turi esa bino arxitekturasi 
rivojlanishini belgilab beruvchi dastlabki shart hisoblanadi.
Jamoat binosining me‟moriy tipologiyasi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-
madaniy omillar bilan bir qatorda, aniqrog„i, ular asosida me‟moriy asarning 
badiiy qiyofasini shakllantiradi. Oxirgi yillarda ob‟yektlarning tipologik qatori 
ma‟lum darajada o„zgardi: binolarning yangi tiplari paydo bo„ldi; ko„p 
funksiyalilik odatiy hol sifatida qabul qilindi; inshootlarda universal foydalanish 
uchun mo„ljallangan hajmlar loyihalash tatbiq etildi. Binolarning qaror topgan 
me‟moriy tipologiyasining ijtimoiy o„zgarishlarga bo„lgan munosabati doimiy 
dolzarblik kasb etdi. 
Tipologiya – turli bino va inshootlar arxitekturasining shakllanish prinsiplari 
to„g„risidagi fan. U kompleks, bir-biriga bo„ysunuvchi talab va parametrlarni 
ochib beradi, bino va inshootlar tiplarining tasniflanishi va nomenklaturasini 
yaratib beradi. Barcha jamoat bino va inshootlarining arxitekturasiga universal 
omillar: ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ekologik, shaharsozlik, funksional, 
kompozitsion, hajmli-rejali, konstruktiv, me‟moriy-badiiy omillar ta‟sir 
ko„rsatadi.



Jamiyat rivojlanishining, xususan, chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega 
arxitekturani rivojlanishining turli davrlarida yuqorida qayd etilgan omillarning 
o„sha davr uchun xos bo„lgan turlari ustuvor mavqega ega bo„lgan. Bu 
omillarning yetakchi roli to„g„risidagi bahs-munozaralar ana shu tarkibiy 
qismlarning o„zaro ta‟siri va oqilona mujassamligi binoning tugallangan tipini 
shakllantirishini isbotlab berdi. Har xil funksiyalar, konstruksiyalar va 
shakllarning yagona me‟moriy asarda birlashtirilishi to„g„risidagi fikr Vitruviy 
qalamiga mansub “Foydalilik. Mustahkamlik. Go„zallik” triadasida keltirilgan. 

Download 5,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish