O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova
imtiyozlar, 2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar., Mashina mexdoc
Shaharsozlik omillari. 
Shaharsozlik omillari jamoat binolarini shaharning rejali tuzilmasidagi 
joylashuvini belgilab beradilar. 
Shahar hududi funksional foydalanishiga qarab istiqomat, ishlab chiqarish 
va landshaft-rekreatsiya zonalariga bo„linadi. Istiqomat hududi uy-joy fondini, 
jamoat bino va inshootlarini, shu jumladan ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning 
komplekslarini, shuningdek sanitariya-himoya zonalarini tashkil etishni talab 
etmaydigan alohida kommunal va sanoat ob‟yektlarini joylashtirish, shahar 
ichidagi qatnov yo„llari, ko„chalar, maydonlar, park va bog„lar, bulvar va 
umumiy foydalanishdagi joylar uchun mo„ljallanadi
Shahar va qishloq aholi punktlaridagi istiqomat hududlarining rejali 
tuzilmasini jamoat markazlari, turar-joy imoratlari, ko„cha-yo„l tarmog„i, 
umumiy 
foydalanishdagi 
ko„kalamzorlashtirilgan 
hududlarning 
o„zaro 
bog„lanishini va, shu bilan birga, umuman, aholi punktining maydoni va 
hududining tabiiy sharoitlariga bog„liq bo„lgan rejali tuzilmasini inobatga olgan 
holda loyihalashtirish lozim. Shaharlarda o„z tarkibida umumshahar markazi, 
rejalashtirilgan hududlar (zonalar) markazlari, turar-joy va sanoat zonalari, dam 
olish zonalari, kundalik ehtiyojlar uchun savdo-maishiy markazlari, shuningdek 
shahar yaqinida joylashtirilishi mumkin bo„lgan ixtisoslashtirilgan (tibbiy, o„quv, 
sport va boshqa) markazlar mavjud bo„lgan jamoat markazlari tizimini 
shakllantirish lozim.
Jamoat markazlarining soni, tarkibi va joylashtirilishi shaharning kattaligi, 
uning joylashuv tizimida tutgan o„rni va hududning funksional-rejali tashkil 
etilishini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Yirik va juda yirik shaharlar, 
shuningdek tuzilmasi qismlarga ajratilgan shaharlarning umumshahar jamoat 
markazi, odatda, shahar miqyosidagi kichik markazlar bilan to„ldiriladi. Kichik 
shaharlar va qishloq aholi punktlarida yagona jamoat markazi shakllantirilib, 
turar-joy imoratlari zonasida joylashtiriladigan kundalik foydalanishdagi 
ob‟yektlari bilan to„ldiriladi. 


11 
Umumshahar markazida, uning o„lchamlari va rejalashtirilishiga bog„liq 
ravishda, umumshahar yadrosini tashkil etuvchi o„zaro bog„langan jamoat 
hududlar (bosh ko„chalar, maydonlar, piyoda zonalari) tizimlarini tashkil etish 
lozim. Tarixiy shaharlarda umumshahar markazi yadrosini tarixiy imoratlar 
qurilgan hududda to„liq yoki qisman shakllantirishga qaror topgan tarixiy muhitni 
saqlab qolishni ta‟minlash shartiga rioya qilinganida yo„l qo„yiladi. Turar-joy 
imoratlarini qurish va aholiga madaniy-maishiy tizimini shakllantirishning 
shaharsozlik konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo„lib, unga muvofiq har bir 
shaharsozlik tuzilmasi uchun muayyan xizmat ko„rsatish bosqichi mos kelishi 
kerak: shaharga – epizodik xizmat ko„rsatish, turar-joy tumaniga – davriy xizmat 
ko„rsatish, mikrotumanga – kundalik xizmat ko„rsatish.

Download 5,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish