Binolarning muhandislik uskunalari




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova
imtiyozlar, 2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar., Mashina mexdoc
 
2.5. Binolarning muhandislik uskunalari 
Me‟moriy loyihalashtirish – bino yoki inshootning ishchi loyihasini yaratib 
beradigan yagon 
kompleksli jarayonning faqat bir qismidir. Ishchi 
loyihalashtirish 
o„z 
tarkibiga 
ob‟yektning 
muhandislik 
uskunalariga 
bag„ishlangan bir qator yondosh bo„limlarni olgan. 
Jamoat binosi quyidagilar bilan ta‟minlanishi lozim: isitish tizimlari, havoni 
shamollatish va o„zgartirish tizimlari, suv ta‟minoti va suvni chiqarish tizimlari, 
gaz ta‟minoti, elektr uskunalari va elektr energiyasi ta‟minoti, shahar telefon 
aloqasi, radio va televidenie tarmoqlari, qo„riqlash va yong„indan saqlash 
signalizatsiyasi, lokal kompyuter tarmoqlari. 
 
2.6. Ekologik loyihalashtirish – binoning hajmiy-rejali tuzilmasini 
shakllantirishning zamonaviy usuli 
Ekotizimni shakllantiruvchi va zamonaviy binolar uchun eng muhim va 
tuzilma yaratuvchi hisoblangan bir nechta jihatlarni belgilaymiz: 
- bino yo„nalinishi va konfiguratsiyasini belgilash maqsadida loyihalash 
hududining iqlimiy sharoitlarining tahlili; 
- xonalarning, xususan, har bir ish joyining tabiiy yoritilganligi; 


23 
- xonalarning tabbiiy shamollatilishi; 
- energiya tejamkorligi: iqlimiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, isitish va, 
aksincha, sovutish nutqai nazaridan tejamkor rejalashtirish
- binoda mikroiqlim shakllantirish maqsadida o„simliklardan foydalanish 
imkoniyatlari; 
- dinamik adaptatsiya prinsipida qurilgan energo faol binolar. 
Quyida sanab o„tilgan jihatlarning har biri ustida to„xtalib o„tamiz. 
Xonalarning chuqurligi bilan shartlangan tabiiy yoritilganlik muammosi 
ayniqsa atriumli binolarda dolzarb hisoblanadi. An‟anaviy rejali tuzilmaga ega 
ma‟muriy binolarni loyihalashtirish amaliyotida shakllangan xonalar 
yoritilishining hisoblash usullari atriumli inshootlar uchun to„g„ri kelmaydi. 
Yo„lakli sxemaga ega binolar uchun qo„llaniladigan an‟anaviy usullar quyosh 
nurlari xonalarga to„g„ridan-to„g„ri tushishiga va xona ichida aks etishiga 
mo„ljallangan. Atriumli binolarda esa nurlar ishchi xonalarga etib borguncha turli 
yo„nalishlarda ko„p marotaba aks etadilar.
Shu nuqtai nazarda atriumli bo„shliqlardan ishchi xonalarni qo„shimcha 
tabiiy yoritilishi va, aksincha, ko„z dam olishi uchun foydalaniladi. Agar, atriumli 
sxemada qabul qilingan hajmiy-rejali yechim ishchi xonalarni faqat tabiiy 
yoritilishini taqozo etsa, “atriumga quyosh nurlarini tutuvchi va tarqatuvchi 
shaklini berish va uning atrofida tegishli bo„shliqni yaratish kerak” Bunda, 
R.Sakson bo„yicha, atriumga tutashadigan xonalar enini kichraytirish yoki 
balandligini oshirish lozim (tabiiy yoritilganlik talab etilgan darajaga ega 
bo„lishiga qadar). Xonalarning balandligi va derazalar turi odatdagicha 
bo„lganida kengligi 12 metrdan oshmaydigan xonalarni tashkil qilish mumkin. 
Qavat balandligini oshirib va ayrim aks ettiruvchi maxsus qurilmalarni qurish 
orqali bu parametrlarni kattalashtirish mumkin. Qavat balandligini 2,7 metrdan 
3,6 metrgacha kattalashtirib xonalarning qoniqarli hisoblangan yoritilishini 9 
metrga ko„paytirishni ta‟minlash imkoniyati yaratiladi. Chuqur bo„lmagan 
xonalar perimetr bo„ylab tashkil etilgan oraliqlar yordamida oson yoritilib, 
qo„shimcha yoritish vositalarini talab qilmaydilar. Bu holatlarda, agar qavatlar 
balandligi kichiklashtirilsa, atrium hajmi kattalashtiriladi. Qavatlar balandligini 
oshirilishi atriumning belgilangan balandligida ularning soni kamaytirilishiga, 
shuningdek ventilyatsiya kanallarini joylashtirish uchun qavatlararo bo„shliqning 
kattalashishiga olib keladi. Agar funksional nuqtai nazardan chuqur xonalarni 
tashkil qilish talab etilsa, u holda ushbu bo„shliqlarning atrium bilan 
bog„lanishlarini diqqat bilan o„rganib chiqish zarur bo„ladi. Agar kunduzida 
tabiiy yoritish talab etilsa, mo„‟tadil iqlim kengliklarida ham haroratni 
muvofiqlashtirish katta muammoga aylanishi mumkin.


24 
Atriumdan o„ziga xos isitish qurilmasi sifatida foydalanish yo„li bilan binoni 
sovutish uchun xarajatlarni kamaytirish, isitishni esa ancha soddalashtirish 
mumkin. Muqobil strategiya sifatida qisman tabiiy yorug„lik, qisman sun‟iy 
yoritgichlar bilan yoritiladigan tuzilmadan foydalanish qo„llaniladi. Bunda, 
optimal iqtisodiy samaraga erishish uchun tabiiy va sun‟iy yorug„liklar maxsus 
muvofiqlashtirish tizimi bilan o„zaro bog„lanishi zarur. Intergal yoritilishga 
mo„ljallanib loyihalashtirilgan binolarda qorong„i tushishiga yoki bulutli havoga 
qarab sun‟iy yorug„lik manbalari binoning eng chuqur va qorong„i qismlaridan 
boshlab asta-sekin ishga tushirilishi lozim. Bino tuzilmasining energiya 
tejamkorligi nuqtai nazarida asosiy jihatlaridan biri sifatida hisoblangan 
ekotexnik konsepsiyasini atriumli binolar misolida ko„rib chiqamiz.
Atriumli binolarni loyihalashtiruvchilar qulaylik darajasini ham 
kamaytiradigan, ham yaxshilaydigan oranjereya effekti va aerodinamik tortish 
kuchi effekti kabi ikki hodisa bilan to„qnash keladilar. R.Sakson bo„yicha 
oranjereya effektining mohiyati shundan iboratki, quyosh nurining qisqa 
to„lqinli tarkibiy qismi oynadan o„tib, interyerni isitadi. Issiqlikning ichkaridan 
tashqariga nurlanishi to„lqinlari uzunroq bo„lib, oyna tomonidan ushlab 
qolinadi.
Shunday qilib, quyosh issiqligi ichkarida saqlanib qolib qishda samarali 
va yozda, aksincha, salbiy effektni beradi. Bu hodisa atriumli bo„shliqlarni 
ikki yo„nalishda foydalanishni belgilab berdi: binolarni isitishga mo„ljallangan 
atrium va binolarni sovutishga mo„ljallangan atrium. Birinchi yo„nalish qishda 
atrium ichini foydalanilgan havo hisobiga isitishga va yozda tabiiy 
shamollatish yo„li bilan sovutishga asoslangan. Ikkinchi yo„nalish atriumdan 
havo almashinuvini ta‟minlab beruvchi havo rezervuari sifatida foydalanishni 
ko„zda tutadi. Havoning tortish kuchi turli balandliklardagi havo bosimlar 
o„rtasidagi farqlanish orqali hosil bo„ladi, natijada issiq havo atriumning yopiq 
hajmi ichida doim pastdan yuqoriga harakatlanadi. Ana shu tortish kuchini 
ventilyatsiyani ta‟minlash uchun ishlatish mumkin, shu sababdan ham atriumni 
vetliyatsion kanal sifatida ham talqin etadilar. Konstruktiv usullar ham, o„z 
mohiyatiga ko„ra binoning yo„naltirilishi va yon-atrofdagi tabiiy ob‟yektlardan 
chiqqan quyosh nurlarini aks etish kabi shaharsozlik yechimlarini hal qilish 
bilan birga, jamoat binolarining energetik va ekologik samaradorligini 
oshirishga, shuningdek ularning tejamkorligiga yo„naltirilgan usullar sirasiga 
kiradi. “Dinamik adaptatsiya prinsiplaridan foydalanuvchi kinematik usullar ... 
quyosh energiyasini ushlab qolinishi va jamlanishini yaxshilash imkonini 
beruvchi energofaol binolarning Quyosh aylanishini kuzatish rejimida 
aylanishi yoki boshqa sikllik harakatlanishlar; to„siqlarni energofaollik va 
energetik tejamkorlikni oshiruvchi turli ko„rinishlarga o„zgartirilishi; Quyosh 


25 
harakatlanishini kuzatuvchi kollektorning va buriluvchi panelli kollektorlarni 
tatbiq etilishi; buriluvchi qaytarish ekranlarining qo„llanilishi alohida o„rin 
tutadilar”. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish