O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova
imtiyozlar, 2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar., Mashina mexdoc
3. Umumshahar 
markazi – epizodik 
xizmat 
ko„rsatish – shahar 
miqyosi – uchinchi bosqich. Tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- teatrlar; 
- muzeylar; 
- kinomarkazlar; 
- ko„rgazma zallari; 
- yirik sport inshootlari; 
- yirik savdo markazlari. 
Aholiga xizmat ko„rsatishning bosqichli sxemasiga kasalxona va yirik ilmiy 
markazlar kiritilmaydi, sababi, ularning aksariyat qismi aholi istiqomat qiladigan 
hududlarda emas, balki shaharning landshaft-rekreatsiya zonasida joylashtiriladi. 
Shahar va qishloq hududlaridagi xizmat ko„rsatish muassasalari va korxonlarini 
istiqomat qilish joylari va ishxonalarga yaqinlashtirib joylashtirish va odatda
jamoat markazlarini jamoat yo„lovchi transport tarmog„i bilan bog„lanishini 
ko„zda tutish lozim. Aholiga xizmat ko„rsatish muassasalari va korxonalari soni 
va sig„imlarini hisoblashda belgilangan tartibda amaldagi normativ hujjatlarga 
muvofiq yoki loyihalash topshirig„iga ko„ra ishlab chiqilgan ijtimoiy 
normativlarga rioya qilish. Joylashuv tizimlarining shahar-markazlaridagi xizmat 
ko„rsatish muassasalari va korxonalarining soni, tarkibi va sig„imini belgilashda 
boshqa shahar va qishloq aholi punktlaridan keluvchi aholi ham hisobga olinishi 
zarur. Tarixiy shaharlarda esa, ushbu hududlarga tashrif buyuruvchi turistlar 
oqimi ham inobatga olishinishi kerak. Qishloq aholi punktlaridagi xizmat 
ko„rsatish muassasalari va korxonalarini qishloq aholisini eng zarur xizmatlar 
bilan 30 daqiqapi piyoda yurish radiusida ta‟minlanishini hisobga olgan holda 
joylashtirish zarur. Xizmat ko„rsatishning yuqoriroq darajasi uchun mo„ljallangan 
ob‟yektlar bilan ta‟minlash qishloq aholi punktlarining guruhlari uchun ko„zda 
tutilishi lozim. Xizmat ko„rsatishni tashkil etish uchun statsionar binolardan 
tashqari ko„chma vositalar va mavsumiy foydalaniladigan inshootlar va ular 
uchun alohida maydonchalar ham nazarda tutiladi. Turar-joy imoratlari qurilgan 
hududda joylashtirilgan muassasalar va korxonalar tomonidan aholiga xizmat 


13 
ko„rsatish radiuslari, odatda, quyidagi jadvalda ko„rsatilgan ko„rsatkichlardan 
ko„p bo„lmasliklari kerak: 
Xizmat ko„rsatish muassasalari va korxonalari 
Xizmat ko„rsatish radiusi, m 
Maktabgacha ta‟lim muassalari: 
shaharlarda 
qishloq aholi punktlari va kichik shaharlarda 
300 
500 
Umumta‟lim maktablari 
750 
Jismoni tarbiya-sog„lomlashtirish mashg„ulotlar uchun xonalar 
500 
Turar-joy tumanlarining jismoniy tarbiya-sport markazlari 
1500 
Poliklinikalar va ularning shaharlardagi filiallari 
1000 
Sut oshxonasining tarqatish punktlari 
500 
Shaharlardagi dorixonalar 
500 
Mahalliy ahamiyatga ega savdo, umumiy ovqatlanish va 
maishiy xizmat ko„rsatish korxonalari 
shaharlarda 
qishloq aholi punktlarida 
500-800 
2000 
Aloqa bo„linmalari va omonat bankining filiallari 
500 
Ushbu qisqacha tahlildan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: turar-joy 
imoratlari shaharning asosiy “to„qimasini” tashkil qilib, fon vazifasini bajaradilar, 
jamoat binolari esa mikrotuman, turar-joy tumani, shaharning jamoat markazini 
shakllantirib, o„ziga xos “karkas” vazifasini o„tab, shaharsozlik dominantalarini 
tashkil qiladilar. Shuning uchun ham, ularning chuqur-fazoviy, hajmiy va frontal 
kompozitsiyasiga 
qo„yiladigan estetik talablar ancha yuqori bo„ladi. 
Rekonstruktiv choralar ijtimoiy ahamiyatga ega kundalik va davriy xizmat 
ko„rsatish ob‟yektlarining mikrotuman va turar-joy hududlarida tashkil etilgan 
tarmoqlarini saqlab qolish va to„ldirishga qaratilishi lozim. Kundalik ehtiyojlar 
bo„yicha eng asosiy korxonlar sifatida quyidagilar qayd etilgan: narxlari 
mo„‟tadil bo„lgan universam turidagi universal oziq-ovqat do„koni, umumiy 
ovqatlanish korxonalari – kafe, yemakxonalar, oshxona, dietik oshxonalar
kulinariya do„konlari; maishiy xizmat ko„rsatish korxonalar – kir yuvish va 
kimyoviy tozalash korxonalarining qabul punktlari, o„ziga o„zi xizmat ko„rsatish 
kir yuvish korxonalar, poyafzal, metall buyumlar, charm-galantereya va shu 
kabilarni ta‟mirlash bo„yicha kichik ustaxonalar, kiyim-kechak, bosh kiyim va 
trikotaj mahsulotlarini tikish va ta‟mirlash atelesi, sartaroshxona, fotoatele, 
xizmat ko„rsatish byurosi va h.k. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish