• Savdo, mehmonxona, sport, ishbilarmonlik, tomosha, kredit-moliya kabi turli funksional vazifalar uchun mo„ljallangan jamoat binolari.
  •  Ko„p funksiyali binolar va komplekslar




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/70
    Sana30.11.2023
    Hajmi5,56 Mb.
    #108177
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
    Bog'liq
    Jamoat binolari. Qodirova
    imtiyozlar, 2 5467433092236973909, 1655196537 (1), Cценарий, Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги, amaliy kta, amaliy ish, Арқонда сакраш3, Massalar tasir-WPS Office, Закон-действующих-масс-124093, Документ Microsoft Word, магист Календар режа намуна 2023 3 (4), Bipolyar tranzistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar., Mashina mexdoc
    8. Ko„p funksiyali binolar va komplekslar. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Savdo, mehmonxona, sport, ishbilarmonlik, tomosha, kredit-moliya kabi turli funksional 
    vazifalar uchun mo„ljallangan jamoat binolari. 
     
    1.2. Jamoat binolarining tipologik belgilarini shakllantiruvchi omillar 
    Jamoat bino va inshootlari arxitekturasi ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik, 
    ekologik, sanitariya, funksional, hajmli-rejali, konstruktiv, kompozitsion-badiiy 
    omillarning o„zaro va birgalikdagi ta‟siri ostida shakllanadi. Binolarning turli 
    tiplari uchun muayyan davrning bir qator sharoitlariga bog„liq holda u yoki bu 
    omilning ta‟siri ahamiyatliroq va ustuvor bo„lib qoladi. Ularni izchillik bilan 
    ko„rib chiqamiz. 
     
     



    Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. 
    Sivilizatsiya rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlar binolarni 
    me‟moriy loyihalanishiga qanchalik tez ta‟sir qilishini tarix yaqqol namoyish 
    qilib bergan. Muayyan davr va voqeliklar jamoat binosining u yoki bu turiga 
    bo„lgan ehtiyojni, shuningdek har bir tur ichidagi muayyan tarixiy davr va 
    iqtisodiy tuzilma uchun mos bo„lgan aniq o„ziga xos xususiyatlar yo„nalishini 
    belgilab beradi. Alohida turlar o„rtasidagi aniq chegaralarning yo„qolib borishi, 
    polifunksionallik, universallik, bino turini shakllantiruvchi omillarning o„zaro 
    bog„liqligi va bir biriga qo„shilib ketishi hozirgi kun uchun xos hisoblanadi. 
    Arxitektura va shaharsozlikka menejment metodlarining tatbiq etilishi shahar 
    rivojlanishi manfaatlariga zid kelishi mumkin. Shaharsozlik yo„nalishidagi 
    loyihalash o„z mohiyatiga ko„ra ijtimoiy aksiya bo„lib, jamoaviy birdamlikni 
    ifodalaydi. Shaharsozlik komplekslarini, bir nechta binolardan tarkib topgan ko„p 
    funksional ansambllarning tashkil etilishi o„rniga individual ob‟yektlarni 
    joylashtirish amaliyoti tatbiq etilmoqda. Binolarni loyihalashtirishga bu kabi 
    yondoshish natijasida shakllanib ulgurgan shahar qabul qila olishi mumkin 
    bo„lgan miqdordan ko„proq dominantalar yaratilishiga olib keladi. Bu yerda 
    shaharsozlik boshqaruvida ahamiyatli mavqega ega yirik investorlar va banklar 
    tomonidan “dominanto-polislar” qurishga bo„lgan talab va buyurtmalar hajmi 
    kun sayin ortib borishi kuzatiladi.
    Bu muammoning boshqa jihati sifatida shaharsozlik siyosatida ikki 
    tomonlama yechimga ega funksiyalarning ajratilishini e‟tirof etish mumkin. Bu 
    holatni hayotning real voqeliklarini iqtisodiy konsepsiyalar asosida ajratilishi va 
    turmushning barcha sohalarini qamrab olgan mehnat taqsimotining iqtisodiy 
    toifalanishi natijalari bilan izohlash mumkin. Shaharsozlik nuqtai nazarida bu 
    holat ikki tendensiya sifatida aks ettiriladi: 
    - funksiya kooperatsiyasi va ixtisoslashuvi shaharning jamoat markazida 
    joylashgan ko„p qavatli kompleks bo„lishini talab qiladi; 
    - funksiyaning qismlarga ajratilishi shahar markazidan uzoqda joylashgan 
    kam qavatli jamoat binolari qurilishi taqozo qiladi. 
    Biroq, funksional zonalash nazariyasi erkin va alohida turuvchi, keng 
    hududlar bilan o„ralgan va tegishli energiya yo„qotishlari mavjud bo„lgan binolar 
    qurilishi g„oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariyaning yaqqol va kundalik isboti 
    sifatida tijorat zonalardagi avtoturargohlarni keltirish mumkin – bu inshootlar, 
    xuddi biznes-markazlar singari tunda umuman bo„m-bo„sh bo„ladilar. Xuddi 
    shunday holatni turar-joy zonalarida kunduz soatlarida kuzatish mumkin. Ko„p 
    energiya sarflaydigan va “katta energiya yo„qotishli”, ya‟ni sanoat-tijorat 
    zonalaridagi energiyani behuda sarflaydigan ulkan yuzali yassi tomlar ochiq dam 
    olish joylari sifatida foydalanilmaydi.


    10 
    Muammoning yechimi ekologik loyihalash va ko„p funksiyali universal 
    binolarni qurish, bino fasadlarini yo„nalishga qarab assimetrik joylashtirish, 
    sanoat-tijorat binolarining yassi tomlarida turar-joy xonalarini qurish bilan 
    bog„liq. Bu kabi yondoshuvlar mintaqaviy iqlim sharoitlari, qurilishning mahalliy 
    xususiyatlari, uzoq muddat xizmat qiladigan mahalliy materiallardan foydalanish 
    ko„lamini kengaytirilishiga asoslanadilar. Shunday qilib, yangi mintaqaviy sifat 
    rivojlanishi 
    zarur. 
    Ekologik 
    qurilish, 
    birinchi 
    navbatda, 
    mintaqaviy 
    farqlanishlarga ega va ularni hisobga olgan holdagina bino va umuman 
    shaharning yangi individual turini yaratish mumkin. 

    Download 5,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ko„p funksiyali binolar va komplekslar

    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish