92
olish, repetitsiya ishidagi alohida bosqichlarni bajarish, maxsus treninglarni
o„tkazish va matn hamda boshqa materiallar bilan ishlash uchun mo„ljallangan.
Xonalardagi artistlar soniga qarab pardozxonalar individual – bitta ijrochi
uchun, 2 tadan 6 tagacha kishidan iborat guruhlar uchunva 6 tadan ko„p artistni
sig„diradigan – umumiy (yoki ommaviy) bo„lishi mumkin. Vazifasi (janri)
turlicha bo„lgan teatr binolari uchun pardozxonalarning uchta asosiy turi
loyihalashtiriladi: dramatik, musiqali drama aktyorlari, musiqali teatr xonandalari
va balet artistlari uchun pardozxonalar. Sahnalashtirish (postanovka)da
qo„llaniladigan anjomlar uchun omborlar sahnada o„rnatish uchun tayyor sahna
bezaklari va anjomlari saqlanadigan –
navbatchi ombor; muayyan teatr
mavsumidagi repertuar uchun mo„ljallangan barcha bezak va anjomlar
saqlanadigan –
joriy mavsum ombori; kam qo„yiladigan yoki repertuardan
olingan spektakllar uchun tayyorlangan va qayta ishlatishga mo„ljallangan bezak
va anjomlar saqlanadigan –
zaxira omborlarga ajratiladi. Alohida saqlash
prinsipiga ko„ra omborxonalar 8 ta asosiy turga bo„linadilar: hajmli va stanok
dekoratsiyalari; mebel, butaforiya va rekvizit; kostyumlar; poyafzal; elektr
apparatura va elektr rekvizit; ovoz texnikasi appraturasi; yumshoq va manzarali
dekoratsiyalar; pariklar va boshqa pastijyor buyumlar saqlanadigan omborlar. S-
1-S-5 sahnalar uchun repetitsiya zallarining o„lchamlari, vazifalari va soni quyida
keltirilgan jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi.