O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

64 
 
Lyuksemburgdagi bank binosi, arxit. R.Meyer, 1989-1993. 
Bank binosi jamoat binosining alohida turi sifatida XIX asrning ikkinchi 
yarmida shakllandi. Bu davrga kelib bank binosining asosiy funksional bloklari 
aniqlandi : 
- operatsiyalar bloki; 
- hisob-kitob-kassa bloki; 
- qimmatbaho buyumlar va pul saqlash bloki; 
- qo„riqlash bloki; 
- kontora xonalari bloki. 
Shuningdek, bank binosining tipologik alomati, ya‟ni uning ochiq va yopiq 
bir butun ikki funksiyasi ham belgilandi. Ta‟kidlash lozimki, mana shu xususiyat, 
odatda, bank binosining hajmiy-rejali yechimida alohida ahamiyat kasb etadi. Bir 
tomondan, bank binosi o„zining tashqi ko„rinishi bilan imkon qadar ko„p 
mijozlarni jalb qila bilishi kerak bo„lsa, ikkinchi tomondan esa, qimmatbaho 


65 
buyumlar va pul saqlanadigan muassasa sifatida juda mustahkam va ishonchli
begonalar kirishiga yo„l qo„ymaydigan binoga ega bo„lishi lozim.
Funksional bloklarning har biri aniq tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarga 
bog„liq ravishda rivojlangan va takomillashib borgan. Bank binolari qurilishining 
quyidagi asosiy bosqichlari XX asr uchun xosdir: 
- Birinchi Jahon urushidan so„ng G„arbiy Yevropa mamlakatlarida bank 
binolariga bo„lgan talab sezilarli darajada ortishi; 
- 1930-yillarda, iqtisodiy inqirozdan keyin, AQSh va Kanadada bank 
binolariga bo„lgan talabning kuchayishi; 
- Ikkinchi Jahon urushidan keyin xalq demokratiyasi mamlakatlarida bank 
binolariga bo„lgan ehtiyojning ortishi; 
- 1960-yillarda kolonializm tizimning tugatilishi G„arbiy Yevropada bank 
binolariga bo„lgan talabning o„zgarishi; 
- 1980-yillarning oxiri va 1990-yillar boshida mamlakatda ro„y bergan 
ijtimoiy va iqtisodiy o„zgarishlar natijasida bank binolariga bo„lgan ehtiyojning 
keskin ortishi. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish