O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/70
Sana30.11.2023
Hajmi5,56 Mb.
#108177
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 


61 
6.4. Mehmonxona binolarining konsruktiv yechimlari 
Mehmonxonaning turar joy qismi, odatda, turar joy binolariga xos bo„lgan 
konstruktiv tizimlar va parametrlar asosida loyihalashtiriladi; binoning jamoat 
qismini konstruktiv tizimi jamoat binolariga xos konstruktiv parametlardan 
foydalangan holda bajariladi. Turar joy nomerining konstruktiv o„lchamlari, 
odatda, mavjud konstruktiv tizimlardan foydalanishga asoslangan loyihaviy 
yechimga ega mehmonxona sxemasi uchun asosiy modul bo„lib xizmat qiladi.
Mehmonxonalarni 
qurishda 
qo„llaniladigan 
ko„tarib 
turuvchi 
konstruksiyalar yirik panelli, karkasli, monolit betonli, hajmli bloklardan, 
mahalliy qurilish materiallaridan (g„isht, tabiiy tosh va hk.) bajarilishi mumkin. 
Binoning konstruktiv sxemasi ishlatilayotgan qurilish materillarining turiga 
muvofiq bo„lishi zarur. 
Mehmonxonaning g„ishtin binolari, odatda, 9-10 qavat balandlikda qilib 
quriladi. Bunday holatlarda, asosan, 4,8; 5,4; 6,0: 6,3 va undan kattaroq qadamli 
ko‘ndalang ko‘tarib turuvchi devorlar qo„llaniladi. Yirik panelli binolarning 
balandligi 25 qavatgacha bo„lishi mumkin, bunda ko„ndalang devorlar qadami, 
odatda, katta bo„lmaydi, chunki ko„ndalang devorlar qadami katta (6,3 va undan 
katta) bo„lsa, u holda nomerlararo tovush izolyatsiyasini bajarish 
murakkablashadi. Osmon o„par mehmonxona binolari, odatda, monolit 
variantlarda bajarilib, bunda karkasli konstruksiyalardan foydalaniladi.
Bugungi kunda qurilayotgan osmon o„par binolarning aksariyatida 
ventilyatsiya qilinadigan ko„p qatlamli osma fasadlar qo„llaniladi. Binoning 
jamoat qismini qurishda aksariyat hollarda karkasli konstruksiyalar ishlatiladi. 
Karkasli binolarning ko„pchiligi – ko„p qavatli. Karkas kolonnalarining qadami 
4,8 dan 7,2 metrgacha qilib, har 60 sm dan keyingi gradatsiyada qabul qilinadi. 
Hozirgi kunda karkassiz, monolit beton konstruksiyali binolarni qurish keng 
tarqalib, rivojlanib bormoqda. Bu kabi binolar konstruktiv turiga qarab monolit 
va yig‘ma-monolit konstruksiyalarga ajratiladi: yig„ma-monolit konstruksiyalarda 
ichki ko„tarib turuvchi devorlar monolit qilib, tashqi devorlar va orayopmalar 
esa – turli variantlarda bajariladi; monolit konstruksiyalarda barcha devorlar va 
orayopmalar – monolit temir betondan bajariladi. Tashqi devorlar o„rnida yig„ma 
beton panellar, yog„och karkasli asbotsement panellar, vibrog„ishtli panellar yoki 
donali materiallar (g„isht va tabiiy tosh), vitrajlar (po„lat, alyuminiy, yog„och 
yoki boshqa bog„lanishlar bilan) qo„llanishi mumkin.
Monolit imorat bunyod etishning karkassiz tizimlari ko„p qavatli 
mehmonxona binolari qurilishida qo„llaniladi. Bunday tizim murakkab geologik 
sharoitlarda ratsional monoblok binolar qurish imkoniyatini beradi. Me‟moriy-
fazoviy yechimlarning keng imkoniyatlari orayopmalarni qattiqlik yadrolari 


62 
bo„yicha ko„tarishda qo„l keladi va orayopmalarni rejadagi ko„rinishini 
o„zgartirishga, mehmonxona binosining turar joy qismidagi jamoat xonalari 
joylashtirilishi bo„yicha yechimlarni oson hal qilishga yordam beradi. Bunda 
umumiy foydalanishdagi xonalar binoning istalgan qavatida joylashtirilishi 
mumkin bo„lib, bu maqsadda qavatlarning eng maqbullari tanlanadi.
Hajmli bloklardan qurilgan mehmonxonalarning ham variantlari mavjud 
bo„lsada, aksariyat hollarda, turli konstruktiv yechimlarning afzal jihatlarini 
mujassamlashtirgan kombinatsiyalangan loyihalar bo„yicha mehmonxona 
binolarini qurish keng tarqalgani.
Bunda metall va yig„ma temir-beton, monolit va yig„ma monolit, karkasli 
tizim va sxemalar, qattiqlik yadrolari yoki qirralarining yengil bloklar bilan birga, 
soyabonsimon tuzilmalar va orayopmalarning vantali osmalar bilan birga 
qo„llanilishini uchratish mumkin. 

Download 5,56 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish