O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent 2022




Download 3,1 Mb.
bet2/4
Sana19.12.2023
Hajmi3,1 Mb.
#123942
1   2   3   4
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYA ASOSLARI
Bektoshjon, Ahtamjonova Mumtozbegim Psixogeniyalar, Moslashish, O’Agrar munosabatlar va ularni bozor tizimidagi xususiyatlari mu
1-rasm.Shifrlash va deshifrlash blok sxemasi
Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta'minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo'lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo'llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya'ni axborotning yaxlitligini ta'minlash imkoni paydo bo'ladi.
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin:
foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya'ni kompyuter tizimi zahiralariga kirmoqchi bo'lgan foydalanuvchini aniqlash:
tarmoq abonentlari aloqasini o'rnatish jarayonida ularni o'zaro autentnfikatsiyalash.
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo'lgan yo'nalishlardan biri bu elektron to'lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.
Kriptografiya ma'lumotlarni o'zgartirish usullarining to'plami bo'lib, ma'lumotlarni himoyalash bo'yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo'naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik.
Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o'zgartira olmaslik haqida dalolat beradi.

Kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:




2-rasm.Kalit yordamida shifrlash blok sxemasi
Bu erda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali junatiladi (chizmada punktir chiziklar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taalluklidir.
Assimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu holda himoyalangan kanal bo'yicha ochiq kalit jo'natilib, maxfiy kalit jo'natilmaydi.
Yovuz niyatli shaxslar uz maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi.
Kriptotizimning mustaxkamligi uning kaliti bilan aniklanadi va bu
kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Ushbu ta'rifning asosiy ma'nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma'lum tizim hisoblanib, uning o'zgartirilishi ko'p vakt va mablag' talab qiladi, shu bois ham faqatgina kalitni o'zgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi.





3-rasm.Assimmetrik shifrlash algoritmi blok sxemasi

Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning texnik-dasturiy vositalari Ushbu vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin:




4-rasm.Ma'lumotlarni himoyalash texnik-dasturiy vositalar

  1. Foydalanuvchchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimi.Ushbu tizim foydalanuvchidan olingan ma'lumot buyicha uning shaxsini tekshirish, xakikiyligini aniklash va shundan cyng unga tizim bilan ishlashga ruxsat berish lozimligini belgilab beradi.

Bu holda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma'lumotni tanlash muammosi mavjud bulib, uning quyidagi turlari mavjud:

  • foydalanuvchiga ma'lum bo'lgan maxfiy axborot, masalan, parol', maxfiy kalit va boshqalar;

  • shaxsning fiziologik parametrlari, masalan, barmok izlari, kuzning tasviri va boshqalar.

Birinchisi an'anaviy, ikkinchisi esa biometrik identifikatsiyalash tizimi, deyiladi.
1   2   3   4




Download 3,1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent 2022

Download 3,1 Mb.