O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent 2022




Download 3,1 Mb.
bet3/4
Sana19.12.2023
Hajmi3,1 Mb.
#123942
1   2   3   4
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYA ASOSLARI
Bektoshjon, Ahtamjonova Mumtozbegim Psixogeniyalar, Moslashish, O’Agrar munosabatlar va ularni bozor tizimidagi xususiyatlari mu
Disk ma'lumotlarini shifrlash tizimi.Ushbu tizimning asosiy maksadi diskdagi ma'lumotlarni himoyalashdir. Bu holda mantikiy va jismoniy boskichlar ajratiladi. Mantikiy boskichda fayl asosiy ob'ekt sifatida bulib, faqatgina ba'zi bir fayllar himoyalanadi. Bunga misol kilib, arxivator dasturlarini keltirish mumkin. Jismoniy boskichda disk tulaligicha himoyalanadi. Bunga misol sifatida Norton Utilities tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni keltirish mumkin.

  • Tarmoq buyicha uzatiladigan ma'lumotlarni shifrlash tizimi.Ushbu tizimda ikki yunalishni ajratish mumkin:

  • kanal buyicha, ya'ni aloka kanallari buyicha junatiladigan barcha ma'lumotlarni shifrlash;

  • abonentlar buyicha, ya'ni aloka kanallari buyicha junatiladigan ma'lumotlarning faqatgina mazmuniy kismi shifrlanib, kolgan xizmatchi ma'lumotlarni ochik koldirish.

    1. E^ktron ma'lumotlarni autentifikatsiyalash tizimi.Ushbu tizimda tarmoq buyicha bajariladigan elektron ma'lumotlar almashuvida hujjatni va uning muallifini autentifikatsiyalash muammosi paydo buladi.

    2. Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari.Ushbu tizimda tayanch

    axborotlar sifatida kompyuter tizimi va tarmogida kullaniladigan barcha kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu holda kalitlarni generatsiyalash, saqlash va taksimlash kabi boshqaruv funktsiyalarini ajratishadi.
    27-mavzu Elektron raqamli imzo tushunchasi Yakuniy nazorat ishi.
    Elektron biznes xaridor va sotuvchi orasidagi aloqani tashkil etish, buyurtmani ifodalash, muxokama qilish, o'zgartirish, tovarlarni va xizmatlarni sotish usullarini hamda to'lovni amalga oshirish jarayonlarini o'zgartirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanadi. Hozirda elektron tijorat va biznesning aksariyat - 49 - muammolari axborot xavfsizligi bilan bog'liq, ya'ni xavfsizlik muammolari elektron tijorat va biznes rivojidagi jiddiy to'siq xisoblanadi. Har qanday tijorat kompaniyasining boshqa kompaniyalar bilan yoki ushbu kompaniyaning bo'limlari orasida aloqa o'rnatilishi zarur. Hozirda global Internet tarmog'i o'zining uzellari o'rtasida ishonchli va arzon axborot almashinuvini ta'minlaydi. Ochiq global Internet tarmog'i kanallaridan faol foydalanuvchi elektron biznesning ishlashi jarayonida ko'pgina xavf-xatarlar paydo bo'ladi. Internetdan foydalanish kanallari kompaniyaning axborot resurslaridan chetdan foydalanishga imkon berishi mumkin. Kommunikatsion, xususan HTTP protokol asosidagi dasturlardan extiyotsizlik bilan foydalanish axborot tizimining ishga layoqatligini buzuvchi va/yoki axborot tizimima'lumotlarini buzuvchi maxsus dastur "Troyan otlarining" kirishiga olib kelishi mumkin. Bu xil dasturlarning ichida viruslar eng tarqalgan. O'ziga xos malakali mutaxassislar korporativ axborot tarmoqlariga bilinmasdan kirish uchun ko'pincha umummaqsad tarmoqlardan foydalanadilar. Elektron qutisining tez-tez ishlatilishi niyati buzuq odamlarga elektron biznes bilan shug'ullanuvchi tashkilot foydalananuvchilari nomlarini obro'sizlantirishga yordam berishi mumkin. Foydalanuvchilar ma'lumotlarini (ismlar, parollar, PIN kodlar va h.) saqlovchi tizimining zaif joylarini qidirishdan tarmoqda keng ishlatiluvchi maxsus dasturlardan foydalanish mumkin. Internet konfidentsial axborotni dunyoning istalgan nuqtasiga yuborishi mumkin, ammo agar u yetarlicha ximoyalanmagan bo'lsa, ushlab qolinishi, nusxalashtirilishi, o'zgartirilishi hamda har qanday chetdagi foydalanuvchilar -niyati buzuq odamlar, raqiblar va oddiy qiziquvchilar tomonidan o'qilishi mumkin. Masalan, yetarlicha himoyalanmagan to'lov topshirig'i yoki kredit kartochka nomerini jo'natayotganda esda tutish lozimki, jo'natish xususiy/shaxsiy tarmoq orqali amalga oshirilmayapti va chetdagi foydalanuvchilar xabaringizni manipulyatsiya qilish imkoniyatiga ega. Undan tashqari xabaringiz almashtirilib qo'yilishi mumkin: xabarlarni xuddi V foydalanuvchidan yuborilganidek A foydalanuvchidan yuborish usullari mavjud. Internet tarmog'i mahsus paket, tamomila qonuniy paketlar,
    sonining xaddan tashqari ko'pilgi uzatishdagi buzilishlar, tarmoq komponentlarining nosozligi tufayli ishga layoqat bo'lmasligi mumkin. Bunday xollar xizmat qilishdan voz kechish|| deb ataladi va elek-tron tijorat uchun eng jiddiy tahdid hisoblanadi. Axborot xavfsizligi elektron biznes tizimining eng muxim elementlaridan biri xisoblanadi va usullar va vositalarning butun bir to'plami yordamida ta'minlanishi shart. Elektron tijorat sohasidagi savdo ko'lami Internet xavfsizligi masalalaridan tashvishlangan xaridorlar, sotuvchilar va moliya insitutlarining boshidan kechiruvchi qo'rquvlari bilan chegaralanadi. Bu qo'rquvlar, hususan, quyidagilarga asoslanadi: - konfidentsiallikka kafolatning yo'qligi-kimdir ma'lumotlaringizni uzatilayotganida ushlab qolishi va qiymatli axborotni (masalan, kredit kartochkangizning nomerini, tovar yetqazib berish sanasi va adres) topishga urinishi mumkin; - amalda ishtirok etuvchilarni tekshirish darajasining yetarli emasligi - tranzaktsiya qatnashchilari tekshirilmaganida tomonlarning biri maskarad|| uyushtirishi mumkinki, uning oqibati ikkinchi tomonga ancha qimmatga tushadi. Masalan, xaridor saytga kirib undagi kompaniyaning haqiqiyligiga shubha qiladi, shunday hol ham ro'y berishi - 50 - mumkinki, xaridor kredit kartochkasining nomerini yetarlicha vakolatga ega bo'lmagan shaxsga beradi; - sotuvchida buyurtma bergan xaridor kredit kartochkasining qonuniy egasi ekanliginining tekshirish imkoni yo'q; - kredit kartochkasining bank - emitenti to'lovni bajarishga talab qo'ygan sotuvchini tekshirishni istab qolishi mumkin; - ma'lumotlar yaxlitligiga kafolat yo'q - xatto ma'lumotlarni jo'natuvchi indentifikatsiyalangan bo'lsada, uchinchi tomon ma'lumotlarni, ular uzatilishi vaqtida, o'zgartirish imkoniyatiga ega. Axborot xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan elektron tijoratning namunaviy qo'llanilishini Internet orqali maxsulotga va xizmatlarga ega bo'lishni ko'raylik. Ushbu jarayon quyidagi bosqichlar orqali ifodalanishi mumkin. 1. Buyurtmachi Web-server orqali maxsulot yoki xizmatni tanlaydi va mos buyurtmani rasmiylashtiradi. 2. Buyurtma magazinning buyurtmalar ma'lumotlari bankiga kiritiladi. 3. Buyurtma berilgan maxsulot yoki xizmatni olish mumkinligini ma'lumotlarning markaziy bazasi orqali tekshiriladi. 4. Agar mahsulotning olinishi mumkin bo'lmasa, buyurmachi u to'g'rida ogohlantiriladi va mahsulot yoki xizmatga ega bo'lish jarayoni to'xtatiladi. Mahsulotga so'rov boshqa skladga (buyurtmachi roziligida) yo'naltirilishi mumkin. 5. Agar maxsulot yoki xizmat mavjud bo'lsa buyurtmachi to'lovni tasdiqlaydi va buyurtma mos ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Elektron magazin mijozga buyurtma tasdig'ini yuboradi. Ko'pgina xollarda (ayniqsa endigina ish boshlagan kompaniyalarda) buyurtmalar, tavarlarning borligini
    tekshirish va h. uchun yagona ma'lumotlar bazasi mavjud. 6. Mijoz onlayn rejimida buyurtma xaqini to'laydi. 7. Tovar buyurtmachiga yetqaziladi. Elektron tijorat bilan shug'ullanadigan kompaniyalar yuqorida keltirilgan bosqichlarda duch keladigan tahdidlar quyidagilar: - elektron magazin Web-saytining sahifasini almashtirib quyish. Bu tahdidni amalga oshirishning asosiy usuli foydalanuvchi so'rovini boshqa serverga yo'llash.
    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI KASBIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI

    Tuzuvchi:

    TAXIATOSH TUMANI KASB-HUNAR MAKTABI


    OROT TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI FANIDA
    BAHOLASH VOSITALARI



    S.Allambergenova
    O'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash
    O'quv moduli davomida o'tkazilgan mavzular bo'yicha o'quvchilar


    tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar ichki nazorat bo'yicha amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og'zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo'lib, ular o'quv elementini o'zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo'yilgan maqsadga hamohang bo'lishi lozim.
    Baholash tizimi:
    Joriy baholash mezonlari
    A'lo bahoga:

    • bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo'lsa;

    • vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;

    • chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to'g'ri bayon qilib bersa;

    • voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to'g'ri tasvirlasa;

    • ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.

    Yaxshi bahoga:

    • bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini tushungan bulsa;

    • vazifani mustaqil bajara olsa;

    • chizgan xaritalarining mazmunshsh tushunsa, to'g'ri bayon qilib bersa;

    • voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to'g'ri tasvirlasa;

    • ishni belgilangan muddatda topshirsa.

    O'rta bahoga:

    • bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo'lsa;

    • vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo'lsa;

    • xaritalarni mazmunan to'g'ri chizgan va tushungan, ammo bayonida qiynalsa;

    • voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;

    • ishda ayrim kamchiliklar bo'lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.

    Qoniqarsiz bahoga:

    • ishni bajarmagan yoki nazariy va amaliy ahamiyatini tushunmagan bo'lsa;

    • vazifani mustaqil bajara olmasa;

    • hisobotni chala va o'z vaqtida topshirmasa yoki umuman topshirmasa.

    Oraliq va yakuniy baholash mezonlari A'lo bahoga:

    • savolga atroflicha aniq va to'g'ri javob yozilgan bo'lsa;

    • orfografik va grammatik xatoliklar uchramasa.

    Yaxshi bahoga:

    • savolga to'g'ri javob yozilgan bo'lsa;

    • ba'zi fikrlarda ayrim kamchiliklar uchrasa.

    O'rta bahoga:

    • savolga javobning uchdan ikki qismi to'g'ri yozilgan bo'lsa;

    • orfografik va grammatik xatoliklar bo'lsa.

    Qoniqarsiz bahoga:

    • savolga javobning uchdan bir qismi to'g'ri yoki umuman yozilmagan bo'lsa;

    • orfografik va grammatik xatoliklar ko'p bo'lsa.

    (2.9-ilova)
    Baholash mezoni Guruhda ishlashni baholash jadvali


    Guru

    Javobning

    Taqdim etilgan

    Guruhning

    Umumiy

    Baho

    h

    aniqligi va

    axborot

    har bir

    ball miqdori

    (5/4)




    toliqligi (2-

    yaqqolligi (2-5

    a'zosi

    (2+3+4)







    5 ball)

    ball)

    faolligi (2-5
















    ball)







    1

    2

    3

    4

    5

    6

    1
















    2


















    Har bir guruh mezonlar bo'yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a'zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a'lo»; 4- «yaxshi»; 3 - «qoniqarli»; 2 ball - «qoniqarsiz».
    Dars yakuni O'qituvchi o'tgan yangi mavzu bo'yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o'quvchilar javobini muhokama qilib, o'quvchilar bilimini baholaydi va darsniyakunlaydi.

    Download 3,1 Mb.
  • 1   2   3   4




    Download 3,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent 2022

    Download 3,1 Mb.