|
-mavzu. O‘zaro bog‘lanishlar zichligini o‘rganish usullari
|
bet | 5/20 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 85,04 Kb. | | #124164 |
Bog'liq S tatistika va ekonometrika-hozir.org12-mavzu. O‘zaro bog‘lanishlar zichligini o‘rganish usullari
Juft korrelyatsiya va regressiya tenglamasi. To‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli korrelyatsiya va regressiya. Korrelyatsiya koeffitsienti va uni hisoblash. Juft regressiya tenglamasi parametrlarini kichik kvadratlar usulida aniqlash. O‘zaro bog‘lanishlarni statistik o‘rganishning noparametrik usullari. Bir va ko‘p omilli regression modellar. Bog‘liqlik zichligini o‘rganish usulari. Fexner va Spirman korrelyatsiya koeffitsientlari.
13-mavzu. Dinamikani statistik o‘rganish uslubiyati
Dinamika qatorlarini analitik tahlil qilish ko‘rsatkichlari: mutlaq o‘zgarish, o‘zgarish sur’ati, qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati, bir foiz qo‘shimcha o‘zgarishning mutlaq mohiyati, o‘zgarish (foiz) punkti. Dinamika qatorlarida o‘rtachalarning darajasini hisoblash usullari. O‘rtacha xronologik, oddiy va tortilgan o‘rtacha arifmetik. O‘rtacha o‘zgarish va qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati.
14-mavzu. Iqtisodiy indekslar
Iqtisodiy indekslar tushunchasi, mohiyati, ahamiyati. Iqtisodiy indekslarning tasniflanishi (klassifikayasi). Individual va umumiy indekslar. Agregat indekslar va ularni tuzishda vazn tanlash muammosi. Laspeyres va Paashe indekslari. Miqdor va sifat ko‘rsatkichlari indekslari. O‘rtacha arifmetik va o‘rtacha garmonik indekslar. Fisher indeksi.
15-mavzu. Statistika amaliyotida iqtisodiy indekslarini qo‘llash yo‘nalishlari
Hududiy indekslar va ularni tuzishda vazn tanlash masalasi. Bazisli va zanjirli agregat indekslar. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan vaznli agregat indekslar. Hududlararo taqqoslash indekslari va ularni tuzish masalalari. O‘rtacha daraja dinamikasiga omillar ta’sirini indeks tahlili. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli indekslar. Tarkibiy siljishlar ta’sirini baholash. Tarkibiy siljishlar indeksi. “Statistik parodokslar”ni tushuntirishda tarkibiy siljishlar indeksini qo‘llanishi. Ko‘p omilli tarkibiy siljishlar va ularning ta’sirini indeks tahlili. Assortiment siljishlari va ularning ta’sirini indeks usuli yordamida tahlil qilish. Natijaviy ko‘rsatkich mutlaq qo‘shimcha o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar rolini indeks tahlili. Muhim iqtisodiy indekslar va ular orasidagi bog‘lanishlar.
|
| |