|
-mavzu. Milliy hisoblar tizimi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi
|
bet | 7/20 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 85,04 Kb. | | #124164 |
Bog'liq S tatistika va ekonometrika-hozir.org20-mavzu. Milliy hisoblar tizimi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi
Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi. Xalq xo‘jaligi balansi (XXB) va milliy hisoblar tizimi (MHT) o‘rtasidagi farqlari va o‘xshashliklari. MHTni yuritish zaruriyati. MHT schyotlari tizimi tarkibi, ularni tuzishning umumiy qoidalari. Institutsional sektorlar va MHT. Makroiqtisodiy tahlillarda MHTdan foydalanish.
21-mavzu. Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari
YaIM – mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichi ekanligi. Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasini chegaralash. Ishlab chiqarish hajmini aniqlash printsiplari (qoidalari) va baholash turlari: omil, asosiy, ishlab chiqaruvchi va xaridor baholari. YaIM hajmini hisoblash usullari. YaIM hajmini ishlab chiqarish usulida hisoblash. YaIM hajmini daromadlarni taqsimlash usulida hisoblash.
22-mavzu. Milliy daromad statistikasi
Daromadlar to‘g‘risida umumiy kontseptsiyalar va MHTdagi daromad ko‘rsatkichlari. Dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti. Yangi MHTda Dj Xiksning ta’limotiga kiritilgan aniqliklar. Nominal va real daromad. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi. Yalpi milliy daromad, sof milliy ixtiyordagi daromad, yalpi milliy jamg‘arma, sof milliy jamg‘arma ko‘rsatkichlari statistikasi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro taqqoslash.
23-mavzu. Milliy boylik statistikasi
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy boylik tushunchasi va uni o‘rganishning ijtimoiy -iqtisodiy ahamiyati hamda statistikaning vazifalari. MHT bo‘yicha aktiv va passivlar balansi ko‘rsatkichlari. Gudvill va marketing aktivlari, mineral resurslar energetik foydali qazilmalar. Moliyaviy aktivlar, ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar, aholining mulki.
24-mavzu. Asosiy va aylanma kapital statistikasi
Asosiy kapital tushunchasi, ularni tarkibi va baholash turlari (boshlang‘ich, qoldiq va tiklash qiymatlari bo‘yicha). Asosiy kapitalning eskirishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari. Asosiy fondlarning balanslari. Asosiy fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari. Moddiy aylanma kapital statistikasi, ularning tarkibi, baholash, aylanuvchanlik tezligi va bir marta aylanishning davomiyligi ko‘rsatkichlarini statistik o‘rganish.
|
| |