• 4-mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash
  • 5-mavzu. Tasviriy statistika ko‘rsatkichlari
  • -mavzu. Statistik jamlash va guruhlash




    Download 85,04 Kb.
    bet10/20
    Sana19.12.2023
    Hajmi85,04 Kb.
    #124164
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
    Bog'liq
    S tatistika va ekonometrika-hozir.org

    3-mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
    Statistik jamlash - statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichidir. Statistikada jamlash va guruhlashning mohiyati va vazifalari. Statistik guruhlash usuli, uning ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda ahamiyati. Guruhlash turlari: oddiy va murakkab (ko‘p o‘lchovli) guruhlash, tipologik, tuzilmaviy (strukturaviy) va analitik guruhlashlar. Guruhlarni tuzish printsiplari (qoidalari). Guruhlash belgisi. Guruhlar soni va oralig‘i. Guruhlash usuli yordamida echiladigan masalalar. Taqsimot qatorlarining mohiyati, tarkibiy unsurlari va turlari. Atributiv variatsion, diskret va oraliqli qatorlar. Variatsion qatorlarni tuzish masalasi.


    4-mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash
    Statistik jadvallarning mohiyati, ahamiyati. Tuzish qoidalari. Statistik jadval turlari. Oddiy, guruhiy va kombinatsion jadvallar. Statistik jadvallarni o‘qish va tahlil qilish usullari. Statistik grafiklar tushunchasi, turlari, ahamiyati va tuzish qoidalari. Statistik grafiklar to‘g‘risida tushuncha. Grafiklarning tarkibiy unsurlari: masshtab, shkala va koordinatalar tizimi. Sifat belgiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Ustunli grafik, doiraviy diagramma, Pareto diagrammasi. Miqdor belgiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Nuqtali grafik, band va barg grafigi, gistogramma. O‘zaro bog‘lanishlarni grafikda aks ettirish. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning turlari: poligon, gistogramma, kumulyata, ogiva. Tasviriy statistikada haqiqatning buzib ko‘rsatilishi.


    5-mavzu. Tasviriy statistika ko‘rsatkichlari
    Statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati. Statistik ko‘rsatkichlarning atributlari: sifat tomonga egaligi, miqdor tomonga egaligi, makon va zamonda uzil-kesil chegaralanganligi. Statistik ko‘rsatkichlar tasniflari va turlari. Mutlaq, nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar. Hajm va sifat ko‘rsatkichlari. Momentli va intervalli ko‘rsatkichlar. Statistik ko‘rsatkichlarning ifodalanish shakllari. Nisbiy miqdorlarning turlari: reja (shartnoma) topshirig‘i, reja bajarilishi, dinamika; tuzilmaviy, koordinatsiya, taqqoslash va intensivlik nisbiy miqdorlari. Nisbiy ko‘rsatkichlar turlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o‘rganishda mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni birgalikda (kompleks) qo‘llash zarurligi.



    Download 85,04 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Download 85,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Statistik jamlash va guruhlash

    Download 85,04 Kb.