Paskal tilida protsedura konstruksiyasi




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/71
Sana22.12.2023
Hajmi1,08 Mb.
#127027
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
12.1. Paskal tilida protsedura konstruksiyasi 
 
Dasturlash jarayonida murakkab dasturlarning bir necha joyida bir xil vazifani 
bajaruvchi operatorlar guruhini qo‗llashga to‗g‗ri keladi va dasturda bir-biriga aynan 
o‗xshash bir necha qismlar vujudga keladi. 
Kompyuter xotirasini va dastur tuzuvchining vaqtini tejash maqsadida ushbu 
qismdagi o‗xshash operatorlar bir marta asosiy dasturdan ajratib yoziladi va unga 
asosiy dastur bajarilishi jarayonida murojaat qilinadi. 
Dasturning ixtiyoriy qismidan murojaat qilib, bir necha bor ishlatish mumkin 
bo‗lgan bunday operatorlar guruhiga qism dastur deb ataladi va u asosiy dastur bilan 
bir butunni tashkil etadi. 
Qism dasturlarni ishlatish dasturning hajmini kichraytiradi va uning ko‗rinishini, 
o‗qilishini hamda xatolar sonining kamayishiga olib keladi. 
Turbo Paskal tilida qism dasturlar protsedura va funksiya qism dasturi 
ko‗rinishida bo‗ladi. 
Protsedura qism dasturi qism dasturda bir necha natija hosil qilish kerak bo‗lgan 
hollarda ishlatiladi va u asosiy dasturda struktura bo‗yicha qism dastur bo‗limida, 
ya'ni o‗zgaruvchilar va operatorlar bloki bo‗limlari orasida tasvirlanadi.
Har bir protsedurani tasvirlash sarlavhadan boshlanadi. Bunda protseduraning 
nomi va parametrlarning ro‗yxatlari ularning turlari bilan birga beriladi. 
Protsedura parametrsiz ham bo‗lishi mumkin. Bu holda protsedura sarlavhasida 
faqat uning nomi ko‗rsatiladi. Parametrlar yordamida belgilarni protseduraga berish 


117 
hamda hosil bo‗lgan natijani protsedurani chaqirayotgan dasturga berish global 
parametrlar yordamida amalga oshiriladi. 
Protsedura sarlavhasining umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi: 
PROCEDURE < nom > ( < formal parametrlar ro‗yxati > ); 
bu erda PROCEDURE - xizmatchi so‗z; - protseduraning nomi; parametrlar ro‗yxati>- turlari ko‗rsatilgan berilganlarni va natijalarni ifodalaydigan 
nomlar turlari bilan sanab o‗giladigan qator. 
Formal parametrlar ro‗yxatida parametr-qiymat, parametr-o‗zgaruvchilar 
(bularning oldida VAR xizmatchi so‗zi turishi kerak), parametr-protseduralar 
(bularning oldida PROCEDURE xizmatchi so‗zi turishi kerak) va parametr-
funksiyalar (bularning oldida FUNCTION xizmatchi so‗zi turishi kerak) bo‗lishi 
mumkin. 
Protsedura sarlavhasidan keyin keladigan bo‗limlar asosiy dasturda qanday 
tartibda kelsa, protsedurada ham shu tartibda keladi. 
Protsedura bloki nuqta vergul (; ) bilan tugaydi. 

Download 1,08 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Paskal tilida protsedura konstruksiyasi

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish