• 12.5. Standart protsedura va funksiyalarga misollar
  •  Protsedura va funksiya qism dasturlarining parametrlari




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/71
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,08 Mb.
    #127027
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
    Bog'liq
    Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

     
    12.4. Protsedura va funksiya qism dasturlarining parametrlari 
     
    Protsedura va funksiya qism dasturlari aniqlanayotganda ularning formal 
    parametrlar ro‗yxatida parametrlarning to‗rt xil ko‗rinishi ko‗rsatilishi mumkin: 
    1) parametr- qiymatlar; 
    2) parametr- o‗zgaruvchilar; 
    3) parametr- protseduralar; 
    4) parametr- funksiyalar. 
    Formal va aniq parametrlar protsedura va funksiya qism dasturlarida bir xil 
    qayta ishlanadi. 
    Har bir parametr turi ko‗rsatilgan holda ro‗yxatga kiritiladi. 
    Masalan: 
    PROCEDURE SUMMA(X,Y,Z: REAL); 


    121 
    PROCEDURE SUMMA1(A,B: REAL; N: INTEGER); 
    PROCEDURE TH(VAR A,R: REAL); 
    FUNCTION SS1(B: REAL; I,J: INTEGER): REAL; 
    Agar ikkita yoki undan ko‗p formal parametrlar ro‗yxatda bir xil turda bo‗lsa, u 
    holda ularni bitta tasvirlashga kiritish mumkin. Formal parametrlarni ro‗yxatda 
    ixtiyoriy tartibda ko‗rsatish mumkin. Protsedura va funksiya qism dasturlariga 
    murojaat qilinayotganda formal parametrlar qanday tartibda kelsa, aniq parametrlar 
    ham shu tartibda kelishi kerak. 
    Protsedura va funksiya qism dasturlarini o‗z ichiga olgan asosiy dasturda nom 
    tanlanayotganda lokal va global parametrlarning bir xil bo‗lmagani maqul.
    Parametr-qiymatlar parametrlari berilganlarni qism dasturlar (protsedura va 
    funksiya) ga uzatish uchun ishlatiladi. 
    Bunda yuqorida aytilganidek, ular formal parametrlar ro‗yxatida turlari 
    ko‗rsatilgan holda, bir-birlaridan vergul bilan ajratilgan holda sanab o‗tiladi.
    12.5. Standart protsedura va funksiyalarga misollar 
     
    Paskal tilida bir qancha maxsus protsedura va funksiyalar mavjud bo‗lib, ular 
    quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
    qatorni qayta ishlash; 
    fayllar bilan ishlash; 
    dinamik o‗zgaruvchilar uchun xotirani boshqarish; 
    arifmetik funksiyalar; 
    ekran bilan ishlash. 
    Ularning ayrimlarini ko‗rib chiqamiz:
    Halt- dasturni bajarishdan to‗xtatish; 
    Odd(i)- I-toq bo‗lsa ―True‖ aks holda ―False‖ qiymat oladi; 
    Edit- bajarilayotgan blokdan chiqish; 
    Random- 0 dan 1 gacha bo‗lgan sonni tasoddifan olish; 
    GotoXY(x,y)- kursorni ko‗rsatilgan joyga qo‗yish; 


    122 
    ClrScr- ekranni tozalab, kursorni ekran boshiga qo‗yish; 
    Trunc- argumentning butun qismi: 
    Str(I;Var S:String)- raqamni simvolga o‗tkazish (I-ifoda yoki o‗zgaruvchi); 
    Val(S:String; Var P;ko:Integer)- simvolni raqamga o‗tkazish (P-o‗zgaruvchi); 
    Length (S:String)- qator uzunligini aniqlash. 
    Pos(st1,st) - qatordagi qator qismi holatini aniqlash. 
    Misol: st:=‘Toshkent‘; st1:=‘kent‘; p:=pos(st1,st); Javob: p=4. Agar 
    izlanayotgan qator qism qatorda yo‗q bo‗lsa qiymat nulga teng bo‗ladi.
    Copy(st,m,n) - qatordan fragment kesib oladi. 
    Misol: st:=‘Toshkent‘; p:=Copy(st,4,4); Javob: p=‘kent‘. 
    Delete(st,m,n) - qatordan fragment kesib olib tashlaydi. 
    Misol: st:=‘Toshkent‘; p:=Delete(st,4,4); Javob: p=‘Tosh‘. 

    Download 1,08 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Protsedura va funksiya qism dasturlarining parametrlari

    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish