120
aniq parametrlar orasida to‗liq moslik bo‗lishi shart, ya'ni sohta va aniq parametrlar
soni bir xil bo‗lishi, kelish tartiblari mos tushishlari va ularning turlari bir xil bo‗lishi
kerak.
Protsedura chaqirilganda formal parametrlar o‗rniga aniq parametrlar mos
qo‗yiladi.
Bunda parametr-qiymatlar o‗rniga kiritiladigan malumotlar beriladi. Natija esa
parametr-o‗zgaruvchilarda hosil bo‗ladi.
Protsedura chaqirilganda sarlavhada ko‗rsatilgan formal parametrlar aniq
parametrlar bilan ularning kelishi tartibida almashtiriladi, ya'ni birinchi formal
parametrga birinchi aniq parametr, ikkinchi formal parametrga ikkinchi aniq parametr
va h.k. mos qo‗yiladi.
Funksiya qism dasturiga murojaat uning nomi orqali amalga oshiriladi.
Funksiyaga murojaat qilinadigan joyda funksiyaning nomi yoziladi va undan keyin
qavs ichida aniq parametrlar yoziladi.
Agar funksiya qism dasturi parametrsiz ko‗rinishda bo‗lsa, u holda faqat uning
nomi yoziladi.