109
Ikki o‗lchovli jadvallar to‗g‗ri to‗rtburchakli jadvallar deb ham yuritiladi.
Ikki o‗lchovli jadvallarni yozish ham chiziqli jadvallarni yozish kabi bo‗ladi. Faqat
bu holda elementni ifodalash uchun ustun va satr qatnashadi. Bunda birinchi o‗lchov
satrning tartib raqami bo‗lsa, ikkinchi o‗lchov ustunlarniki bo‗ladi. Ana shunday
jadvallardan Paskal va Delphi programmalash tillarida foydalanish uchun
massiv
tushunchasi kiritilgan.
Programmalashda massivning (ya‘ni jadvalning) nomi qaysi turga (butun,
haqiqiy yoki belgili) tegishli bo‗lsa, massivning barcha
elementlari ham shu turga
tegishli bo‗ladi. Programmalash tillarida jadval miqdorlardan foydalanish uchun
jadvalni tavsiflash va kerakli jadval elementini ko‗rsatish kerak bo‗ladi.
Jadvalni tavsiflash deganda jadvalning nomini, jadval elementlarining turini
(tipini), jadvalning o‗lchovini va jadval elementlarining sonini aniqlash tushuniladi.
Jadval elementini ko‗rsatish deganda esa
jadval nomi va elementining
jadvaldagi tartib raqamini aniqlash tushuniladi.
Massiv elementining jadvaldagi o‗rnini ko‗rsatishda unda kesishgan satr va
ustun tartib raqamlaridan foydalaniladi.
Massiv elementining tartib raqamlari uning indeksi deyiladi va ular qavs ichida
ko‗rsatiladi. Satr va ustun tartib paqamlari har doim 0 dan boshlanadi. Masalan,
ikki o‗lchovli E massiv berilgan bo‗lsin:
6
9
8
4
3
5
0
2
1
E
Ko‗rinib turibdiki, bu jadvalda uchta satr va uchta ustun mavjud bo‗lib, uning
elementlari faqat butun sonlardan iborat. Demak, bu E nomli 3x3 elementdan
iborat to‗g‗ri kvadrat jadvalni ifodalaydi. Agar satr
tartib raqamini i va ustun tartib
raqamini
j deb belgilasak, jadvalni quyidagicha tasvirlash ham mumkin:
110
j
i
E
E
E
E
E
E
E
B
E
E
E
33
32
31
23
22
21
13
12
11
bu yerda,
3
,
2
,
1
i
va
3
,
2
,
1
j
.
Endi bu jadvalning elementlarini E(1,1), E(1,2) va hokazo kabi yozish
mumkin. Umumiy holda indeks sifatida o‗zgaruvchi yoki ifoda qo‗llaniladi.
Masalan,
i =1 va
j =2 bo‗lsa, E(
i,
j) = 2 bo‗ladi. Bu birinchi satr va uchinchi ustun
kesishgan joydagi elementdir.
Paskal tilida programma tuzganda massivlarni dastlab programma sarlavhasida
xuddi oddiy o‗zgaruvchilarni tasvirlagandek tasvirlash mumkin.
:Array[o‗lcham] of ;
Masalan:
A,B:Array[1..100] of real;
C,A1,D:Array[1..10,1,,15] of real;
Bu erda A va B massivlari 100tadan elementga ega. C,A1,D1 massivlari esa
10x15=150 tadan elementga ega.
Massivlarni e`lon qilishdan maqsad massiv elementlari uchun kompyuter
xotirasidan joy ajratishdir.
Massiv elementlari qiymatlarini kiritish uchun sikl operatorlaridan
foydalaniladi.
Misol: For i:=1 to 10 do Read(A[i]);
Bu misolda A massivning 10 ta elementi qiymatini ekrandan ketma-ket kiritish
kerak bo‗ladi. Xuddi shunday massiv qiymatlarini ekranga chiqarish ham
mumkin.
Misol: For i:=1 to 10 do Write(A[i]);
Dasturda massiv elementlarini ishlatganda ularning indeksi e`lon qilingan
chegaradan chiqib ketmasligi kerak.