103
Bunday takrorlanish jarayonini dasturlashda maxsus REPEAT operatoridan
foydalaniladi.
Ushbu operatorning umumiy ko‗rinishi quyidagicha:
REPEAT M UNTIL L;
bu erda
REPEAT - takrorlamoq, UNTIL - «gacha» ma'nosini
anglatuvchi xizmatchi
so‗zlar;
M - takrorlanish tanasi, uning tarkibida bitta operator
yoki operatorlar guruhi
bo‗lishi mumkin. Operatorlar guruhini Begin va End orasiga olish shart emas.
Operator quyidagi tartibda bajariladi:
- takrorlanish tanasiga kirgan operatorlar birin-ketin bajariladi. So‗ng L mantiqiy
ifodaning qiymati topiladi, ya'ni shart tekshiriladi. Agar bu shart bajarilsa (L ning
qiymati TRUE (rost) bo‗lsa) boshqaruv
takrorlashdan tashqariga, UNTIL so‗zidan
keyingi operatorga uzatiladi. Aks holda takrorlanish davom etadi.
Takrorlanish jarayonining bunday ko‗rinishi yuqorida keltirilgan takrorlanishdan
shu
bilan farq qiladiki, bunda takrorlanish tanasi hech bo‗lmaganda bir marta
bajariladi.
Misol.
1) S=1+1/2 +1/3+…+1/ n yig‗indini hisoblash dasturi tuzilsin.
program prep(input,output);
var i,n : integer; s: real;
begin
read(n);
s:=0;I:=1;
Repeat
S:=S+1/ I;
Write (s);
I:=I+1;
Until I>n
End.