Takrorlanuvchi jarayonlarini tashkil qilish




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/71
Sana22.12.2023
Hajmi1,08 Mb.
#127027
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
10.1. Takrorlanuvchi jarayonlarini tashkil qilish. 
10.2. Sharti avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni. 
10.3. Sharti keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni. 
10.4. Parametrli takrorlanish jarayoni. 
10.1. Takrorlanuvchi jarayonlarini tashkil qilish 
Amaliyotda murakkab jarayonlarni dasturlashda ma'lum buyruqlar ketma-
ketligini ma'lum shartlar asosida qayta-qayta bajarish zaruriyati tug‗iladi. Ma'lum bir 
o‗zgaruvchining turli qiymatlarida ma'lum buyruqlar tizimining biron-bir 
qonuniyatga asosan qayta-qayta bajarilishi takrorlanuvchi hisoblash jarayoni - sikl 
deb ataladi. 
Takrorlanuvchi hisoblash jarayonining takror-takror hisoblanadigan qismini 
takrorlanishning tanasi (jismi) deb ataladi. 
Takrorlanish ichida qiymatlari o‗zgarib boradigan o‗zgaruvchini takrorlanish 
o‗zgaruvchisi yoki takrorlanishni boshqaruvchi o‗zgaruvchisi (sikl parametri) deb 
yuritiladi. 
Takrorlanuvchi jarayonning algoritmi umumiy holda quyidagilarni o‗z ichiga 
olishi kerak: 
1. Takrorlanishni tayyorlash - takrorlanishni boshlashdan oddin takrorlanishda 
qatnashadigan o‗zgaruvchilarning boshlang‗ich qiymatlari yoki takrorlanish 
o‗zgaruvchisining boshlangich qiymati o‗rnatiladi, takrorlanish o‗zgaruvchisining 
o‗zgarish qadami belgilanadi. 
2. Takrorlanish tanasi - takrorlanish o‗zgaruvchilarining turli qiymatlari uchun 
takror bajariladigan amallar ketma-ketligi ko‗rsatiladi. 
3. Takrorlanish o‗zgaruvchisiga yangi qiymat berish - har bir takrorlanishdan 
avval o‗zgaruvchiga o‗zgarish qadamiga mos ravishda yangi qiymat beriladi. 


100 
4. Takrorlanishni boshqarish - takrorlanishni davom ettirish sharti tekshiriladi, 
takrorlanishning boshiga o‗tish ko‗rsatiladi. 
Paskal algoritmik tilida uch xil ko‗rinishda takrorlanuvchi hisoblash jarayonini 
tashkil qilish mumkin va bu jarayonlarni dasturlash uchun maxsus operatorlar 
belgilangan: 
- sharti avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori 
orqali amalga oshiriladi
- sharti keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni, bu jarayonni maxsus 
REPEAT operatori orqali amalga oshiriladi; 
- parametrli takrorlanish jarayoni, bu jarayon maxsus FOR operatori yordamida 
amalga oshiriladi. 

Download 1,08 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Takrorlanuvchi jarayonlarini tashkil qilish

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish