91
Write('o‗zgaruvchilarni kiriting‗);
Read(k0,E,R,T);
K:= k0* exp(-E/R*T);
Write ('K=',K)
End.
Tayanch iboralar
Pascal
dasturlash tili, o‗zlashtirish operatorlari,
kiritish operatori, chiqarish
operatori,
boshqarish operatori,
o‗zgaruvchi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Paskal tilida qanday operatorlardan foydalanadi?
2. Paskal tilida o‗zlashtirish operatoridan qanday foydalanadi?
3. Paskal tilida qanday tartibda ma‘lumotlarni
kiritish operatoridan
foydalanadi?
4. Paskal tilida qanday tartibda ma‘lumotlarni chiqarish operatoridan
foydalanadi?
5. Nima uchun read o`qish protsedurasining parametrlari
sifatida sonlar va
ifodalar (masalan, k + 1) emas, faqat o`zgaruvchilar bo`lishi kerak ?
92
9-bob. TARMOQLANGAN HISOBLASH JARAYONLARNI DASTURLASH
9.1. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash.
9.2. Shartsiz o‘tish operatori.
9.3. Shartli o‘tish operatori.
9.4. Tanlash operatori.
9.1. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash
Ko‗pgina masalalarni yechishda ba'zi bir jarayonlar ma'lum shart yoki
shartlarning qo‗yilishiga nisbatan bajariladi. Bunday
jarayonlar tarmoqlanuvchi
jarayonlar deb yuritiladi.
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin. Bu
esa jarayondagi tarmoqlar soniga bog‗liq. Ma'lum bir tarmoqlanuvchi jarayon
tarkibida yana tarmoqlanishlar bo‗lishi mumkin. Bunday tarmoqlanishlari bor bo‗lgan
hisoblash jarayonlari murakkab tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari deb ataladi.
Paskal tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun shartsiz, shartli o‗tish
va tanlash operatorlaridan foydalaniladi.