90
anglatadi (bunda sonning butun va kasr qismini ajratuvchi vergul (nuqta) ham
hisobga olinishi zarur).
Butun sonlarni chiqarishda kasr qismi formati ko‗rsatilmaydi.
Aytaylik, N=111 butun sonli qiymatni chiqarish kerak bo‗lsin. Chiqarish
operatori buning uchun quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin:
WRITE ('N=', N:3)
Paskal tilida boshqa chiqarish operatorlari ham ishlatiladi.
2) Parametrlarsiz chiqarish operatori
WRITELN - displey ekranida yangi satrga o‗tishni ta'minlaydi.
3) WRITELN(al,a2,...,an);
- chiqarish operatori oldin al,a2,...,an larning qiymatlarini chiqaradi, so‗ng yangi
qatorga o‗tishni ta'minlaydi. Shunday qilib, bu ham quyidagi ikki operatorga
ekvivalent:
WRITE( al,a2,...,an); WRITELN;
Quyida oddiy masalalarni dasturlash namunalari ko‗rsatilgan.