O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/71
Sana22.12.2023
Hajmi1,08 Mb.
#127027
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
9.2. Shartsiz o‘tish operatori 
Dasturda ba'zi bir hollarda boshqaruvni to‗g‗ridan-to‗g‗ri biron-bir operatorga 
uzatishga, ya'ni dasturning bajarilish ketma-ketligini buzishga to‗g‗ri keladi. Bu 
jarayon shartsiz o‗tish operatori yordamida bajariladi. Shartsiz o‗tish operatorining 
umumiy ko‗rinishi quyidagicha:
GOTO < operator belgisi>; 
Belgi tavsiflash bo‗limining LABEL bo‗limida albatta tavsiflangan bo‗lishi 
shart. 
Misol Program PP
LABEL L; 
Var A,V : real; 


93 
begin
readln (A,V); 
IF A> B THEN GOTO L 
ELSE A : = A + 1 ; 
L: A : = A + V ; 
writeln (A)
end. 
 
9.3. Shartli o‘tish operatori 
Dasturda boshqaruvni ma'lum shart asosida u yoki bu tarmoqqa uzatish shartli 
o‗tish operatori yordamida amalga oshiriladi. Shartli o‗tish operatori ikki xil 
ko‗rinishda ishlatilishi mumkin: to‗liq va qisqa. 
Shartli o‗tish operatorining to‗liq ko‗rinishi:
IF THEN S1 ELSE S2; 
Bu erda IF (agar), THEN (u holda) va ELSE (aks holda) degan xizmatchi 
so‗zlar, S1 va S2 ixtiyoriy operatorlar. 
Operatordagi mantiqiy ifoda boshqaruvni uzatish shartini belgilaydi. 
Operatorning ishlash tartibi quyidagicha:
Agar keltirilgan mantiqiy ifoda TRUE (rost) qiymatni qabul qilsa, ya'ni 
qo‗yilgan shart bajarilsa, THEN - xizmatchi so‗zidan keyingi operator bajariladi, aks 
holda ELSE xizmatchi so‗zdan keyingi operator bajariladi. 
Mantiqiy ifodalarda munosabat amallari, mantiqiy amallar ishlatilishi mumkin. 
Masalan, 
A>5, A=B, X<1.5 va h.k. 
Shartlar oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin. Agar mantiqiy ifodada bitta 
munosabat amali berilgan bo‗lsa, «oddiy shart» ni ifodalaydi. 
Kattaliklar orasidagi shartlar HAM, YOKI, EMAS (Paskal tilida AND, OR, 
NOT) mantiq amallari belgilari orqali bog‗lanuvchi bir necha munosabatlardan iborat 
bo‗lsa „murakkab shartlar" deb ataladi. 
Masalan, 


94 
Matematik yozilishi Algoritmik tilda yozilishi 
1) 2<=X< 5 (X>=2) AND (X< 5) 
AND amalining natijasi uning ikkala argumenti ham rost bo‗lsa rost bo‗ladi. 
OR amalining natijasi rost bo‗lishi uchun argumentlardan birining rost bo‗lishi 
etarli. 
NOT amalining natijasi argumentning inkor qiymatiga teng, ya'ni argument rost 
bo‗lsa - natija yolg‗on, argument yolg‗on bo‗lsa - natija rost bo‗ladi.
Masalan: 
(4 < 5) AND (5 < 100) - mantiqiy ifoda TRUE (rost), 
(SIN(X) > 1) AND (5 DIV 2=0) ifoda FALSE (yolg‗on) qiymatga teng. 
Shuni ta'kidlab o‗tish kerakki, agar mantiqiy ifodalar, biz yuqorida 
aytganimizdek, mantiqiy amallar yordamida (AND, OR, NOT) murakkab ko‗rinishga 
ega bo‗lsa, ular qavslarga olib yoziladi. 
Shartli o‗tish operatorining ishlatilishini misollarda ko‗rib chiqamiz. 
1) IF x>0 THEN y:=sqrt(x) ELSE z:= sqr(x); 
Operatorning bajarilishi natijasida x>0 bo‗lsa, u holda y:= sqrt(x) operatori, aks 
holda z:= sqr(x) operatori bajariladi. 
Ayrim algoritmlarda ba'zan shunday xol uchrashi mumkinki, bunda hisoblash 
jarayonida ayrim amallar ba'zi bir shartlar bajarilgandagina hisoblanadi, aks holda
hech qanday amal bajarilmaydi. Bu holda shartli o‗tish operatorini qisqa ko‗rinishda 
ifodalash mumkin.
IF  THEN 
Misol: 
IF X<1 THEN Y:=sqr(X); 
Shartli o‗tishda operator o‗rnida, o‗z navbatida, yana shartli o‗tish operatorining 
to‗la va qisqa ko‗rinishlari ishlatilishi mumkin. Masalan: 
1) IF Bl THEN IF B2 THEN A; 
Bu erda B1va B2 - mantiqiy ifoda, A - operator. 


95 
Bu operatorning bajarilishi natijasida B1 mantiqiy ifoda tekshiriladi, agar TRUE 
qiymat qabul qilsa, B2 mantiqiy ifoda tekshiriladi, u ham rost bo‗lsa (TRUE), A 
operator bajariladi. 
Agar B1 yoki B2 mantiqiy ifodalar yolg‗on bo‗lsa (FALSE), shartli o‗tish 
operatoridan keyingi operator bajariladi. 
Agar shartli o‗tish operatorida THEN yoki ELSE dan keyin bir necha operator 
guruhi bajarilsa, ular tarkibiy operator ko‗rinishida yozilishi kerak, ya'ni operatorlar 
qavsi - BEGIN va END lar orasida yoziladi. 

Download 1,08 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish