• Boshqarish operatorlari
  • 8.2. O‘zlashtirish operatori
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/71
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,08 Mb.
    #127027
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
    Bog'liq
    Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

     
    8.1. Paskal tilidagi operatorlar 
    Funktsional vazifalari bo‗yicha Paskal tilidagi operatorlar quyidagi guruhlarga 
    bo‗linadi: o‗zlashtirish, kiritish-chiqarish, boshqarish. 
    O‘zlashtirish operatorlari - dasturda o‗zgaruvchilarga ma'lum qiymatlarni 
    o‗zlashtirish uchun ishlatiladi. 
    Kiritish-chiqarish operatorlari - tezkor xotiraga boshlang‗ich ma'lumotlarni 
    kiritadilar va yozuvga chiqaruvchi qurilmalarga hisoblashlar natijasini chiqaradilar. 
    Boshqarish operatorlari - dastur operatorlarini ketma-ket bajarilishini tashkil 
    etadi. 
    Paskal tilida yozilgan dastur to‗g‗ridan-to‗gri kompyuterga emas, balki biror 
    bajaruvchiga mo‗ljallanganki, unga qanday toifadagi qiymatlar bilan ishlay olishi va 
    qo‗shimcha ko‗rsatmalarsiz qanday amallarni bajara olishi belgilab berilgan bo‗lishi 
    kerak. 
    U yoki bu masalani yechish uchun kattaliklar ustida bajarilishi kerak bo‗lgan 
    amallarni ko‗rsatish uchun algoritmik tilda operator tushunchasi xizmat qiladi. 
    Dasturdagi har bir operator ma'lumotlarga ishlov berishning mustaqil, mantiqan 
    tugallangan bosqichini ifodalaydi. Paskalda operatorlarning 8 ta turi ko‗zda tutilgan. 
    Har qanday masalani yechish aniq qoidalar bo‗yicha, berilgan kattaliklardan boshqa 
    kattaliklarni keltirib chiqarish jarayonidan iboratdir. 
    Ko‗p oddiy algoritmlarni dasturlashtirishda asosan o‗zlashtirish, kiritish-
    chiqarish operatorlaridan foydalaniladi.
    8.2. O‘zlashtirish operatori 
    Masalani yechish jarayoni qator bajariluvchi bosqichlarga bo‗linib ketadi. Bu 
    bosqichlarning har birida ma'lum qiymatlar bo‗yicha yangi qiymatlar hisoblanadi. 


    88 
    Yangi qiymatlarni hisoblash uchun ifoda tushunchasi xizmat qiladi, har bir ifoda 
    bitta qiymatni hisoblash qoidasini belgilaydi. Hisoblangan qiymatni hisoblash 
    jarayonining keyingi bosqichida foydalanish uchun eslab qolish zarur, bunday eslab 
    qolish hisoblangan qiymatni ma'lum o‗zgaruvchiga o‗zlashtirish yo‗li bilan amalga 
    oshiriladi. 
    Bunday amalni bajarish, asosiy operatorlardan biri hisoblanuvchi qiymat berish, 
    ya'ni o‗zlashtirish operatori bilan bajariladi. 
    O‗zlashtirish operatorining bajarilishida «:=» belgisining o‗ng tomonidagi 
    ifodaning qiymati hisoblanib, belgining chap tomonidagi o‗zgaruvchi tomonidan 
    o‗zlashtiriladi. 
    Shunday qilib, o‗zlashtirish operatori mustaqil mantiqiy tugallangan hisoblash 
    jarayonini ifodalaydi: o‗zlashtirish operatori bajarilishi natijasida ma'lum 
    o‗zgaruvchilar keyingi bosqichlarda ishlatilishi mumkin bo‗lgan yangi joriy qiymatni 
    qabul qiladi.
    Masalan: 
    A:=10; T:=2; H:=4.4; 

    Download 1,08 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti

    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish